Taqdimotchi: 2-sirtqi ta’lim, mmt 77-2 guruh talabasi Muratov Sardor Alijon o’g’li elastiklik nazariyasini amaliyotda qo’llanilishi



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə2/7
tarix13.12.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#140544
1   2   3   4   5   6   7
Muratov Sardor Alijon o\'g\'li 3

de la théorie des richesses“ asarida boylik nazariyasining matematik elementlar asosida vujudga kelishi haqida soʻz yuritadi, „Revue Sommaire Des Doctrines Economiques“ asarida esa talab va taklif qonunlarini tanqid qiladi. Aynan Cournotning asarlari tufayli matematik iqtisodiyotda katta burilish paydo boʻlib, iqtisodchilarning keyingi ilmiy ishlarini mukammallashtirishda, iqtisodiy kibernetika, ekonometrika fanlarining paydo boʻlishida asos boʻldi. Elastiklik atamasi birinchi marta ingliz iqtisodchisi Alfred Marshall tomonidan „Principles of Economics“ kitobida keltirilgan. Kitobning „General Relations of Demand, Supply, and Value“ nomli 5-boʻlimida iqtisodchi talab va taklifning oʻzgarishiga taʼsir etuvchi omillar, ularning taʼsirchanligi haqida soʻz yuritiladi. Aynan Cournot va marjinalizm ilmiy maktabi asarlaridan foydalangan holda u oʻzining „Marshall xochi“ grafigini yaratadi.

1.1-rasm. Absolyut elastik talab.

Elastiklik oʻzgarishi oqibatida ishlab chiqaruvchilar daromadida oʻzgarish sodir boʻladi. Elastiklik juda yuqori yoki juda past boʻlganida daromad (Revenue) past boʻladi, elastiklik 1 ga teng boʻlganida esa daromad eng yuqori boʻladi. Lekin daromad bu foyda emas, shu sababli bu nuqta foydani maksimallashtirmaydi.

Ishlab chiqaruvchi firmalar tovarni bozordagi elastiklik darajasini aniqlaganlaridan soʻng, oʻz narx siyosatini yuritadilar. Noelastik boʻlgan tovarlarning narxining keskin oshishi (masalan, tuzning 2000 soʻmdan 3000 soʻmga, yaʼni, 50 foizga oshishi), unga boʻlgan talabni kamaytirmaydi yoki juda kichik miqdorda kamaytiradi. Shu sababli, umumiy ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishi va noelastik tovarlardan keluvchi daromad oshirilishi, ishlab chiqaruvchiga kafolatlangan foydani olib keladi. Lekin elastik tovar bozorida vaziyat murakkab va koʻp axborotga tayanish kerak. Yaʼni narx 30 foizga kamaygani tufayli sotuv hajmining 90 foizga oshishi, har doim ham ishlab chiqaruvchi foyda olishini bildirmaydi. Chunki sotuv hajmi oshishi qoʻshimcha ishlab chiqarish xarajatlariga olib keladi (chekli naflilikning kamayish qonuni sababli, agar firmaning mehnat boʻyicha chekli xarajatlari manfiy qiymatni qabul qilsa, firma zarar koʻrishi mumkin).


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin