Kirish o`quvchilarni tarbiyalashda diktantning roli va ahamiyati. Diktant yozishga tayyorlash. Diktant va uning turlari. Xatolarni hisobga olish va ular ustida ishlash



Yüklə 73,41 Kb.
səhifə7/16
tarix15.02.2023
ölçüsü73,41 Kb.
#123394
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Diktont






1-sinf



2-sinf



3-sinf



4-sinf



Nazorat diktant

O’quv yilining

I yarmida




25-30



40-45



55-70




O’quv yilining

II yarmida




15-20



35-40



45-50



75-80



Bayon






45-60



70-80



100-110




DIKTANT HAQIDA DASTLABKI TUSHUNCHALAR.
Maktab jamiyatning kelgusi avlodlarini tarbiyalab yetishtiradi, uni tomomlagan o`quvchi ijtimoiy hayotdan o`rin oladi. Bunda unga ayniqsa, ona tilidan (o`zbek tilidan) bilganlari, to`g`ri yozish va o`qish malakalari, mazmunli va chiroyli so`zlash san`ati, ish qog`ozlari bilan muomala qila olish o`quvi qo`l keladi. Ona tilini (o`zbek tilini) yaxshi o`zlashtirish, ko`p o`qish va yozishga ham bog`liqdir. O`qituvchining bayonini tinglash yoki taxtaga yozilganlarini ko`rish bilangina ona tilini mustahkam o`zlashtirib bo`lmaydi. So`z va gaplarni to`g`ri qo`llay olish o`quvchidan katta aqliy faoliyat va kuch talab qiladi. O`quvchining butun diqqati tovushlar, harflar, so`z va uning shakllari, so`z birikmalari, gaplar va ularning tinish belgilarida bo`lmog`i zarur. To`g`ri yozishga o`rgatishda yozma mashqlar bilan og`zaki mashqlarning mutonosibligiga erishish lozim. Umuman olganda, o`quvchilarning yozma va og`zaki nutqini o`stirishda diktantning ahamiyati katta. O`quvchi diktant yozayotganda xato qilmaslik uchun orfografik va punktuatsion qoidalarni eslashga, ularni ko`z oldiga keltirishga harakat qiladi. Ba`zi metodik qo`llanmalarda diktant ta`limiy va tekshiruv diktantlariga ajratiladi. Bunday ajratish shartli, albatta. Mana shu yuzasidan biz uning ayrim namunalarini keltirib o`tamiz. Diktant – eshitib idrok qilingan so’z, gap, matnni yozishdir. O’quvchilarning og’zaki, yozma nutqini o’stirishda, savodxonligini oshirishda diktantning ahamiyati katta. O’quvchi diktant yozish jarayonida xato qilmaslikka harakat qiladi . Xato qilmaslik ularning fonetik, leksik va grammatik bilimlarni qay darajada o’zlashtirganliklariga bog’liq bo’ladi. Imlo qoidalari grammatik hodisalar bilan bog’liq bo’ladi. Demak, savodli diktant yozish uchun o’z navbatida grammatik qoidalarni ham o’zl ashtirishi lozim. Boshlang’ich sinflarda diktant uchun matn tanlashda bir qancha tamoyillarga roiya qilish lozim. Ular quyidagilar: 1. Matnning monologik nutq shaklida bo’lishi. Unda ko’chirma gaplar, undalmali, kirish so’zli, ajratilgan bo’lakli gaplar, qo’shma gap bo’lmasligi lozim. Chunki yuqoridagi birliklar boshlang’ich sinf o’quvchisi uchun ancha murakkablik tug’diradi. 2. Matn hajmi asoslangan bo’lishi kerak. 3. boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’qish sur’atiga Matn mazmuni bolalar hayoti, ularning turmush bo’lishi kerak. 4.tarzi bilan bog’liq Diktant mazmuni o’quvchilarga maqsadli bilim bera olishi kerak. 5. Tanlangan matn g’oyaviybadiiy jihatdanyuksak bo’lishi, bolalar hissiyotiga, ularning fikrlash doirasiga mos kelishi, ular hissiyotiga ta’sir eta olishi kerak. 6. 7. Matn tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lishi kerak. Matnda o’rganilayotgan hodisa kamida 5 Buyuk bobomiz, t6 marta uchrashi kerak. urkiy tillar asoschisi Alisher Navoiy o’zining “Hayrat ulabror” asarida ta`kidlaganidek: “Xatni to‘g‘ri yozadigan kishilar haqiqiy sog‘lom kishilardir 1 ”. Darhaqiqat, har bir ta`lim insonga yoshlik chog‘idan berila boshlaydi. Bolalar boshlang‘ich sinfga bo rishdan avval maktabgacha ta`limning o’zidayoq o’qish va yozishni o’rganishni boshlaydilar. Albatta, bu ta`lim boshlang’ich ta`lim uchun asos vazifasini bajaradi. Bejiz bobolarimiz, yoshlikda olingan bilim toshga o’yilgan naqsh kabidir deb aytmaganlar. Ham ma bilimlarning poydevori boshlang’ich sinfdan boshlab o’rganiladi. Mana shu davrda o’quvchilarning imloviy savodxonligini shakllantirish o’qituvchining vazifasidir. Buning uchun, albatta, diktant turlari o’qituvchiga yordam beradi. Diktant, nafaqat, imlov iy savodxonlikni oshirishda, balki boshlang’ich sinf o’quvchilarining yozuv malakalarini shakllantirishda eng kerakli manbaa bo’lib xizmat qiladi. Odatda, diktantdan o’quvchilarning imloviy savodxonligini tekshirish maqsadida foydalaniladi. Masalan, yozma mustahkamlash qismida. ishlarda, nazorat ishlarida, darsning O’quvchilarning savodxonlik darajasini oshirishda diktantning roli kattadir. Diktant so’zining lug’aviy ma`nosiga e`tibor beradigan bo’lsak, diktant lotincha ib bermoq”, “aytib turmoq”, “so’zlamoq, “diсto” so’zidan olingan bo’lib, “ayt gapirmoq” degan ma`nolarni anglatadi. Diktant o’quvchilarga imlo va tinish belgilariga doir qoidalarni o’rgatishda hamda bu qoidalar yuzasidan hosil qilingan malakani tekshirishda qo’llaniladigan yozma ishdir. Diktan tning samaradorligi mavzu va uning mazmuni, maqsadning aniqligi hamda metodning izchilligiga ko’ra belgilanadi. Diktant hozirgi o’zbek adabiy tili me`yorlari talablariga javob berishi, uning mazmuni muayyan sinf o’quvchilari uchun tushunarli bo’lishi va bo g’lanishli matn asosida tuzilishi zarur. Umumiy qilib aytganda, diktant o’zbek tilining asosiy imlo qoidalariga rioya etilgan holda tuzilishi lozim. Diktantning hajmi esa har bir o’quvchining yosh xususiyatlariga qarab tanlanishi kerak. Diktant uchun tanla ngan mavzu va so’zlar ham uning yoshiga, fikrlash doirasiga mos bo’lishi kerak. Bu holat, ayniqsa, boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun muhim ahamiyatga egadir. Diktant eshitib idrok qilingan so’z, gap, matnni yozishdir. O’quvchilarning og’zaki va yozma n utqni o’stirishda, savodxonligini oshirishda diktantning ahamiyati katta. O’quvchi diktant yozish jarayonida xato qilmaslikka harakat qiladi. Xato ilmaslik ularning fonetik, leksik va Grammatik bilimlarni qay darajada o’zlashtirganliklariga bog’liq bo’ladi . Demak, savodli diktant yozish uchuno’z navbatida grammatik qoidalarini ham bilish zarur. Diktantning ta’limiy va nazorat (tekshiruv) turlari mavjud. Ta’limiy diktantlar Tekshiruv diktantlar bilim berishga yo’naltirilgan diktantlar.o’quvchilarning b nazorat qilishga qaratilgan diktantlar. ilim, ko’nikma va malakalarini Ta’limiy diktantlar qanday o’tkazilishiga qarab: ogohlantiruvchi, izohli, tushuntiriluvchi diktantlarga bo’linadi. Ogohlantiriladigan diktantlarda imlo va tinish belgilari matn yozishd an oldin, izohli diktantlarda esa matnni yozish jarayonida, tushuntiriladigan diktanlarda notanish so’zlar matnni o’quvchilar yozib bo’lguniga qadar, imloviy belgilar esa matn yozib bo’lgunicha tushuntiriladi. Nazorat diktanti o’quvchilar bilimini tekshirishga xizmat qilib, katta ta’limiy ahamiyatga ega, chunki bunda o’quvchilar mavjud bilim va ko’nikmalarni ishga soladilar. Nazorat diktantida o’quvchilar ona tili fanidan olgan bilimlarini nazorat qiladilar. Nazorat diktantida o’quvchilarning savodx onliklari ham baholanadi. Ta’limiy diktantlarni o’tkazish vaqtini, o’rnini, turini o’qituvchining o’zi belgilaydi. Ta’limiy diktantlar uchun 45 daqiqali darsning 510 daqiqasi ajratiladi, ba’zi hollarda esa 1 ta dars soati ham ajratilishi mumkin. O’quvchil arning savodxonligini oshirish va olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida bu diktant turidan foydalaniladi.Diktantni teztez o'tkazish o'rganilgan grammatik shakllardan, imlo va tinish belgilariga oid qoidalardan amaliy foydalanishga, boshqalarning nutq ini aynan yoki o'zlashtirib qo'llashga o'rgatadi. Shu bilan birga, eshituv sezgilarining taraqqiy etishiga, ijodkorlik faoliyatlarining o'sishiga yordam beradi.



Yüklə 73,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin