Faksimil aloqa (facsimile communication) — qo’zg’almas tasvir va matnlarni masofadan turib uzatish jarayonidir; uning asosiy vazifasi hujjatlarni jo’natuvchining qog’ozli varaqlaridan oluvchining qog’ozli varaqlariga uzatishdan iboratdir; bunday hujjatlar sifatida matnlar, chizmalar, rasmlar, sxemalar, fotoso’ratlar va sh.o’. bo’lishi mumkin. Aslini olganda, axborotni faksimil uzatish usuli hujjatlarni masofadan turib nusxasini ko’chirishdir.
Faksimil aloqani oldin fototelegraf aloqa deyilar edi, lekin TTXMK ning tavsiyalari bo’yicha «fototelegraf aloqa» atamasini faqat yarim ochiq rangli tasvirlarni uzatish tizimi uchungina qo’llash kerak; yanada umumiyrog’i «faksimil aloqa» atamasidir, u ham yarim ochiq, rangli, ham shtrixlangan hujjatlarni uzatish tizimlariga xosdir.
Faksimil aloqa asosiga elektr signallarni vaqt oralig’dagi ketma-ketliklarini uzatish usuli quyilgan bo’lib, bu signallar uzatilayotgan hujjatning ayrim elementlarini yorqinligini harakterlaydi. Uzatilayotgan tasvirni elementlarga yoyib chiqishni yoyish,bu elementlarni ko’rib chiqish va uqishni esa skanerlash deyiladi. Faksimil aloqaning muxim afzalligi uzatishning to’liq avtomatlashganligi bo’lib, bunga qog’ozli hujjat-manbadan ma’lumotni o’qish va qog’ozli hujjat-qabul qiluvchida ma’lumotni qayd qilish kiradi.
Faksimil aloqani tashkil etish uchun faksimil apparatlar (telefakslar) va aloqa kanallari ishlatiladi: hammadan ko’proq telefon kanallardan, kamroq integral servisli (ISDN) raqamli kanallari va aloqa radiokanallardan foydalaniladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Skott Myuller «Модернизация и ремонт ПК» Izd-vo «Piter», 2001.
A.Jarov, «Железо» IBM 2000 Moskva: «MikroArt»
Borzenko A. «IBM PC устройство, ремонт и модернизация» M. 1995.
Web - server jurnal Komp`yuterra h
ttp://www.computerra.ru
A.Myachev «Периферийные устройства ЭВМ» Zaochniuy institut CP VNTO priborostroeniya . Moskva 1988.