Kiston respublikasi raqamli texnologiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi


Hududlar bo’yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning sanoatdagi



Yüklə 4,05 Mb.
səhifə6/18
tarix25.11.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#134727
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
soliq oga

Hududlar bo’yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning sanoatdagi


ulushi (foizda)






yillar

2000-2016 yillarda ozgarish(+;-)

2000y.

2005 y.

2010y.

2016 y.

Yuqori darajada

Toshkent shahri

31,0

32,0

39,5

71,0

40,0

Namangan viloyati

15,6

18,8

42,6

69,4

53,8

Samarqand viloyati

19,1

24,8

45,9

60,1

41,0

O’rta darajada

Jizzax viloyati

19,7

31,9

42,3

59,1

39,4

Andijon viloyati

8,9

4,1

15,5

50,4

41,5

Xorazm viloyati

24,0

10,0

38,8

47,7

23,7

Sirdaryo viloyati

10,1

8,8

26,9

46,5

36,4

Buxoro viloyati

10,6

10,7

28,5

46,0

35,4

Farg‘ona viloyati

5,6

6,0

22,5

45,4

39,8

Surxondaryo viloyati

23,1

10,1

25,4

45,2

22,1

Past darajada

Toshkent viloyati

8,1

8,1

21,5

34,0

25,9

Qashqadaryo viloyati

6,8

4,2

29,1

27,0

20,2

Qoraqalpog‘iston
Respublikasi

19,8

12,6

29,5

26,6

6,8

Navoiy viloyati

2,9

1,3

8,7

20,8

17,9

Qishloq xo`jaligi. Qishloq xo`jaligi iqtisodiyotimizning muhim tarmoqlaridan biri bo`lib, aholini oziq-ovqat mahsulotlariga, sanoatni esa xom-ashyoga bo`lgan talabini qondiradi. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida qishloq xo`jaligida chuqur tarkibiy islohotlar o`tkazilib, sohada bozor munosabatlarini shakllantirish, mulkchilikning nodavlat shakliga o`tish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, dehqon va fermer xo`jaliklari faoliyatini yo`lga qo`yish kabi muhim masalalarni hal etishga katta e`tibor berildi. Bugungi kunda fermerlik farakati jadal rivojlanib, dehqonchilikda: g`allachilik, paxtachilik, sholikorlik, meva-savzavotchilik hamda chorvachilikda: qoramolchilik, qo`ychilik, qorako`lchilik, parrandachilik, asalarichilik, baliqchilik yo`nalishlarida hamda mahsulotlarni qayta ishlash sohalarida faoliyat ko`rsatayotgan ko`p tarmoqli fermer xo`jaliklari rivojlanib bormoqda.
Respublikamizda fermer xo`jaliklarining yuqori sur`atlarda rivojlanishi natijasida 2000-2016 yillarda qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 73,6 foizdan 98,2 foizga oshgan (1.1.4-rasm).

1.1.4-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning qishloq xo‘jaligidagi ulushi14
Qurilish. Qishloq joylarda namunaviy uylar qurish bo`yicha Hukumat dasturlarining qabul qilinishi kichik biznes sub`ektlari tomonidan respublikamizda, shu jumladan qishloq joylarda qurilish ishlari hajmining barqaror o`sishi ta`minladi. Turar joylarning qurilishi bilan birga, ijtimoiy infratuzilma ob`ektlari, qishloq vrachlik punktlari, umumta`lim muassasalari, xizmat ko`rsatish va servis sohalaridagi ob`ektlarning qurilishi kichik biznes sub`ektlari tomonidan amalga oshirilmoqda.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining qurilish sohasidagi ulushi 2000 yilda 38,4 foizni tashkil etgan bo`lsa, 2016 yilda 67,8 foizga yetib, 29,4 foiz birlikka sezilarli darajada oshgan (1.1.5-rasm).
1.1.5-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning qurilishdagi ulushi15 2016 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan 20488,5
mlrd.so`mlik qurilish ishlari bajarilgan (jami qurilish ishlari hajmining 67,8 foizi) yoki 2015 yilga nisbatan 11,9 foizga o`sgan. Shu jumladan kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 10197,1 mlrd.so`mlik qurilish ishlari bajarilgan (jami qurilish ishlari hajmining 33,7 foizi) yoki 2015 yilga nisbatan 15,0 foizga o`sgan. Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar
tomonidan 10291,4 mlrd.so`mlik qurilish ishlari bajarilgan (jami qurilish ishlari hajmining 34,1 foizi) yoki 2015 yilga nisbatan 8,8 foizga o`sgan.
2016 yilda hududlar bo‘yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning qurilish tarmog‘idagi ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar Namangan (95,1 foiz), Samarqand (94,9 foiz), Andijon (93,7 foiz), Jizzax (92,6 foiz), Sirdaryo (90,3 foiz) va Farg‘ona (90,1 foiz) viloyatlariga tegishli.
Xorazm, Surxondaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 80,3- 88,9 foiz oralig‘ida o‘rta darajada qayd etilgan.
Navoiy viloyatida bu ko‘rsatkich 74,9 foizni, Toshkent viloyatida 73,8 foizni, Qashqadaryo viloyatida 73,3 foizni, Toshkent shahrida 70,2 foizni tashkil etib, eng past ko‘rsatkich 66,4 foizni Buxoro viloyati qayd etilgan (1.1.6-rasm).
1.1.6-rasm. Qurilish tarmog'ida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi (2016 yil, foizda)16.
Savdo. Chakana savdo tovar aylanmasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining ulushi 2000 yildagi 74,1 foizdan 2016 yilda 89,6 foizga yetib, 15,5 foiz birlikka oshganini ko‘rishimiz mumkin (1.1.7-rasm).

1.1.7-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning chakana savdo aylanmasi hajmidagi ulushi17.
2016 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining chakana savdo aylanmasi hajmi 78867,4 mlrd.so`mni tashkil etgan (jami chakana savdo aylanmasi hajmining 89,6 foizi). Shu jumladan 17754,0 mlrd.so`mlik chakana savdo hajmi (jami chakana savdo aylanmasi hajmining 20,2 foizi) kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga hamda 61113,3 mlrd.so`mlik chakana savdo hajmi (jami chakana savdo aylanmasi hajmining 69,4 foizi) yakka tartibdagi tadbirkorlar hissasiga to`g`ri keladi.

    1. Yüklə 4,05 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin