Kulochokli val ishlab chiqarish sifati quyidagi parametrlari;
1.Tayanch bo‘yinlari 6-kvalitet Ra – 0,63-0, 32 mkm. Val konussimonligi – 0,01 mm, bo‘yinlar urilishi 0,015-0,02mm;
2.Tugal tayanch yuzaning tayanch yuzaga nisbatan pependikulyariga 0,02 - 0,03mm, Ra 1,25-0,8 mkm.
3.Kulakochlar ish yuzasi g‘adir budirligi Ra 0,63 – 0,32 mkm.
4.Kulachoklar simmetriya o‘qining yetaklovchi shestriyaga nisbatan og‘ishi K (30-K)030), qulachok profili og‘ishi K (1 K20) .
Kulakochlar ish yuzasiga ishlov berishda bazalar: radial yo'nalishda - markaziy teshiklar; o’qda ~ kulachoklardan birining uchi(torets) yoki flansning uchi(torets); burchakli joylashihda – oxirgi kulachokning profili yoki flansning torsdagi shtift osti teshik. Kam seriyali va ommaviy ishlab chiqarishda tugal yuzalarga, markazlash teshiklariga, tayanch bo‘yinlarga ishlov berish yarim va to‘liq avtomatlashgan dastgoxlarda amalga oshiriladi. Kulachoklarga esa kopirlovchi tokar va kopirlovchi silliqlash dastgoxlari yordamida termik ishlov berishdan oldin ishlov beriladi. Termik ishlovdan keyin kulachoklar silliqlanadi va zarur bo‘lganida pardozlanadi(polirovka). Quyma vallarning kulachoklari termik ishlov oldidan ikki marta silliqlanadi va pardozlanadi(polirovka). Pardozlashda pripusk 6-8 mkm, aylanish tezligi 10-15 m/min bo‘ladi.
Gaz taqsimlash valni qayta ishlash usuli
Gaz taqsivlash vallarning texnologik jarayoni sxemasi ishlab chiqarish hajmi (ishlab chiqarish turi) va berilgan zagotovkani ko’rinishi bilan aniqlanadi.
- GT valini ishlab chiqarishning yirik va ommaviy turlari uchun shtamplangan zagotovkaga mexanik ishlov berish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
- markaziy teshiklarni parmalash va zagotovka chekkasiga(tors)ishlov berish.
- markaziy teshikni parmalash (agar mavjud bo'lsa);
- tayanch va oraliq bo'yinlarni, bo'yinlarning uchlari(torsalari) va kulachoklarning uchlarini(toreslarini) kesish bilan homaki jilvirlash;
-kulachok profilini homaki jilvirlash yoki frezalash;
- flantsa uchidagi(torsasidagi)shtift ostki teshiklarni parmalash, razvertkalash; - kulachok profilini va ishchi (tayanch) bo'yinlarini, flans uchlarini (torslarini) homaki silliqlash; - radial teshikni parmalash (agar mavjud bo'lsa);
- kulachoklar profilini TYCH( yuqori chastotali tok ) toblash. - kulachoklar profili va ishchi bo'yinlariga toza silliqlab ishlov berish;
- Gaz taqsivlash valini sifatini nazorat qilish.
2-rasm. Silliqlash dastgoxIda kulachok profilini homaki jilvirlash .
3- rasm. kulachok profilini va ishchi (tayanch) bo'yinlarini homaki silliqlash
3-rasm. kulachoklar profili va ishchi bo'yinlariga toza silliqlab ishlov berish
4-rasm. Gaz taqsivlash valini sifatini nazorat qilish. Uzun po'latdan yasalgan vallarga mexanik ishlov berishda asosiy qiyinchilik ularning qattiqli pastgidir. Kesish kuchlari ta'sirida detall deformatsiyalanadi, bu esa alohida sirtlarning o’qdoshmasligiga (bieniga) , valning "burilishi" ga va kulachok profili o'qlarining bazaviy teshikka hamda bir-biriga nisbatan burchak siljishiga olib keladi.Katta hajmdagi ishlab chiqarishda uchlari(toreslar), Markaziy teshiklar, tayanch bo'yinlar, kulochok uchlar(torslar) va bo'yinlarga ishlov berish maxsus stanoklarda amalga oshiriladi. Kulachok profillari bir vaqtning o'zida maxsus tokarli - nusxa ko'chirish yarim avtomatlarida ishlov beriladi. Uzun vallar uchun old va orqa babkalarning uzatmalari sinxronli bulgan dostgohlar ishlatiladi.Dumaloq frezali mashinalarida vallarning tashqi yuzasini tashqi frezalash (ЧПУ tizimi dostgohlar bilan yoki "qattiq" dasturga muvofiq) bilan ishlov berish juda istiqbolli usuldir. Detal bir marta o'rnatilganda, xamma bo'yinlar, uchlar (torslar) va kulochok profillari to'g'ri chiziqli yoki hatto qiyshiq konturga xam ishlov berilishi mumkin.Profilli frezalardan foydalanib, kontur bilan bir vaqtning o'zida kulachoklardagi faskalarga ham ishlov berish mumkin.Bu ishlov berishning texnologik jarayonini sezilarli darajada soddalashtirish, ishlab chiqarish mexnat hajmini kamaytiradi va liniyadagi uskunalar miqdorini kamaytirish imkonini beradi.Kulachoklar profilini silliqlash qattiq nusxa ko'chirish dostgohi bilan ishlaydigan yoki SDB(ЧПУ) tizimi bilan jihozlangan maxsus nusxa ko'chirish silliqlash dostgohlarida amalga oshiriladi. Valning konstruksiyasini va chiqish hajmlariga qarab, dostgohlar kulachoklar profilga, bitta abraziv g'ildirak yoki ikkita abraziv g'ildirak bilan ishlov berish mumkin. Toblangandan keyin silliqlash kulachok yuzasida kuyishlar va yoriqlar paydo bo'lishi mumkin. Bunday hodisalarning oldini olish, ishlov berishda sovutish bilan amalga oshiriladi.Yuza silliqligini kerakli talabda bajarish uchun kulachoklar va tayanch bo’yinlarining ishchi yuzalari polirovka qilinadi.Sirtlarga ishlov berganda sirtga bosilgan cheksiz lenta shaklida abraziv qumli materialga ega bo'lgan maxsus polirovkalash dostgohlarda amalga oshiriladi.Polirovkalashda sirtdan 3 ... 8 mkm quyim olib tashlanadi. Kichik seriyali ishlab chiqarishda bu sirtlarni polirovkalash kichik donador quli qog'ozda tokarli dastgohida hamda qo'lda amalga oshiriladi.Taqsimlash valdagi markaziy teshik chuqur teshik hisoblanadi . Parmalash uzunligining diametrga nisbati (17/1) ayrim konstruksiyalarda 40 ga etadi. Bunday teshiklarga ishlov berish juda qiyin, chunki kerakli farqni ta'minlash uchun, ya'ni val teshik o'qining nazariy o'qidan "chiqib ketishini" kamaytirish uchun maxsus choralarni ko'rish kerak, shu jumladan:
- chuqur parmalash uchun maxsus dostgohlardan foydalanish, unda aylanish kesish asbobiga emas, balki ishlov beriladigan detalga beriladi;
- maxsus konstruksiyadagi parmalardan foydalaniladi;
- Kesish zonasiga yuqori bosim I ... 2 MPa ostida sovutish suvi etkazib berish;
- torsni kesish va teshikni parmalashni nayorlash uchun parmalash yo'nalishini homaki tayyorlash.
Parmalarning konstruksiyasini asosan kesish samaradorligini va ishlov beriladigan teshikning sifatini aniqlaydi.
Ko'pgina konstuksiyalarda sovutish suvini kesish zonasiga etkazib berish parma boshidagi ichki teshik orqali amalga oshiriladi va strujkani tashqi diametrdagi teshik orqali olib tashlash amalga oshiriladi.Parmani kesish burchaklarining ishlov berish rejimlari va parma elementlari maydalangan strujkalarning hosil bo'lishini ta'minlashi kerak.Kulachoklarning profili va joylashuvi tekshirilayotgan detalni mos etalon vali bilan taqqoslash orqali maxsus qurilmalar (taqqoslagichlar) yordamida boshqariladi.
Dostları ilə paylaş: |