Kurs ishi mavzu: Fors tilida otlarning grammatik kategoriyalari. Bajardi


Yarimaffikslar bilan yasalgan otlar



Yüklə 53,05 Kb.
səhifə3/5
tarix05.05.2023
ölçüsü53,05 Kb.
#126375
1   2   3   4   5
ot

Yarimaffikslar bilan yasalgan otlar
Yarimaffikslar deb, o‘zi mustaqil ishlatilmaydigan so‘z yasovchi morfemalarga aytiladi.
Bunday so‘z yasovchi morfema ilmiy manbalarda “poluaffikslar”, “so‘z morfema”, “yarimaffikslar” terminlari bilan yuritiladi. Fors tilida yarim affikslar turkumiga quyidagilarni kiritish mumkin:
کده- [-kade] – “joy”, “biror narsa saqlanadigan idish”. Fe’ldan yasalgan otlarga qo‘shilib joy, makon ma’nosini beruvchi yangi so‘zlar yasaydi.
دانشکده [doneškade] – “institut”, “fakultet”;
آتشکده [ātaškade] – “otashparastlar ibodatxonasi”;
هنرکده [honarkade] – “san’at kolleji”.
گاه- [-gāh] – “joy”. Otlarga qo‘shilib joy, makon ma’nosidagi yangi otlarni yasaydi.
دانشگاه [dānešgāh] – “universitet”;
زايشگاه [zāyešgāh] – “tug‘ruqxona”.
باشی- [-bāši] – “bosh”, “katta”. Bu yarimaffiks turkiy tillardan o‘zlashgan bo‘lib otlarga qo‘shish natijasida yangi so‘z yasaydi.
باغبانباشی [bāγbānbāši] – “bosh bog‘bon”;
آشپزباشی [āšpazbāši] – “bosh oshpaz”.
مآب- [-maāb] – “o‘xshash”, “monand”. Arab tilidan o‘zlashgan bu yarimaffiks nafaqat arabiy so‘zlarga, forsiy so‘zlarga ham qo‘shilib yangi otlar yasaydi.
فرنگی مآب [farangimaāb] – “chet elliklarga taqlid qiluvchi odam”;
انگليسی مآب [englisimaāb] – “Angliya va inglizlarga xos barcha narsani yoqlovchi odam”.
کاری- [-kāri] – “mashg‘ulot”. Otlarga qo‘shilib biror ishni ko‘rsatuvchi yangi so‘z yasaydi.
پنهانکاری [penhānkāri] – “pinhona qilinadigan ish”;
سوارکاری [savarkāri] – “ot minish”;
کتک کاری [kotakkāri] – “mushtlashish”.

واژگان

ochmoq, ta’sis etmoq (korxona, shirkat)

[dāyer kardan]

دايرکردن

aka

[dādāš]

داداش

faxrlanmoq

[be čizi eftexār kardan]

به چيزی افتخار کردن

o‘zini katta tutmoq

[poz zadan]

پز زدن

to‘qnash kelmoq

[bar xordan]

بر خوردن

u yoq bu yoqdan gaplashmoq

[az in dar va ān dar goftan]

از اين در و آن در گفتن

tamaddi qilmoq

[sadde jou’ kardan]

سد جوع کردن

to‘g‘ridan-to‘g‘ri

[yek rāst]

يک راست

bu yerda: qo‘qqisdan paydo bo‘lmoq

[sabz šodan]

سبز شدن

och bo‘lmoq

[gošne budan]

گشنه بودن

yurak va buyrak

[del o γolve]

دل و قلوه

masalliq (oshning masallig‘i)

[moxallafāt]

مخلفات

ikra

[xāviyār]

خاويار

berilib ketmoq, mashhur bo‘lmoq

[tu-ye čizi foru raftan]

توی چيزی فرو رفتن

notanish

[γarib]

غريب

mulozamat qilmoq, taklif qilmoq

[taārof kardan]

تعارف کردن

qon bo‘lib ketdim, siqilib ketdim

[man delam mesle sir-o serke mijušid]

من دلم مثل سير و سرکه ميجوشيد

betamiz, ahmoq

[bišo’ur]

بيشعور

tilni tiymoq, jim turmoq

[jelov-e zabān-rā negah dāštan]

جلوی زبان را نگه داشتن

sekin-asta, maydalab

[yavāš-yavāš]

يواش يواش

xijolatda qoldirmoq, o‘sal qilmoq

[šarmande kardan]

شرمنده کردن

banan

[mouz]

موز

og‘zaki: nima bo‘ldi? nima qildi?

[če-te]

چه ته

muammoni hal qilmoq

[γaziye rā dorost kardan]

قضيه را درست کردن

ishlar chatoq

[ouzā xarāb ast]

اوضاع خراب است

tavakkal qilmoq

[del be daryā zadan]

د ل به دريا زدن

ish boshqaruvchi, mutasaddi

[motasaddi]

متصدی

endi boshlamoqchi edim

[tā āmadan]

تا آمدن...

mendan ilgariroq boshladi

[jelovam david]

جلويم دويد

o‘zicha to‘ng‘illamoq

[zir-e lab zamzame kardan]

زيرلب زمزمه کردن

xotirjam bo‘ldim

[delam xonok šod]

دلم خنک شد

1. برخوردن [bar xordan] – “duch kelmoq” (kutilmaganda) fe’lining sinonimi برخورد کردن bo‘lib, uning ot qismi برخورد – “to‘qnashuv”, “duch kelish” ma’nosini bildiradi.


2. سراغ [sorāγ] – a) “qidiruv”, “izlash”; b) “ma’lumot”, “xabar” ma’nolarida ishlatilib, bir necha qo‘shma fe’llarning ot qismi bo‘lib keladi: سراغ داشتن در باره کسی (چيزی) [sorāγ dāštan] – “kimdir yoki nimadir haqida ma’lumotga ega bo‘lmoq”
سراغ گرفتن کسی را [sorāγ gereftan] – “kimnidir, nimanidir qidirmoq, izlamoq”;
به سراغ کسی آمدن [be sorāγ-e kasi āmadan] – “kimnidir izlamoq”, “kimnidir yo‘qlab kelmoq”.
3. چه ته [če-te] og‘zaki nutqda ishlatilib, “senga nima bo‘ldi?” degan ma’noni beradi. چه ات هست؟ so‘roq gapning og‘zaki varianti.
4. Og‘zaki nutqda poytaxt aholisi ko‘p xonali sonlarni uch yoki to‘rt, hatto olti barobar qisqartirib ishlatadilar. Masalan: 100.000 tuman o‘rniga 100 tuman, yetti million tuman o‘rniga yetti tuman deb ishlatadilar. Yuqoridagi matnda ham keltirilgan pul qiymati ming marotabaga qisqartirilgan.
Otlar bilan ifodalangan ravishlar
a) Birlik shaklda vaqt ma’nosini ifodalaydigan, hech qanday shakliy o‘zgarishsiz ishlatiladigan otlar. Masalan: روز – “kunduzi”, صبح – “ertalab”, شام – “kechqurun”, تابستان – “yozda”.
صبح من منزل بود م – “Ertalab men uyda edim”.
b) Ko‘plik shaklida o‘zi mustaqil yoki ko‘proq این – “bu”, همین – “mana shu”, همه – “hamma”, “butun” kabi olmoshlar bilan birikma shaklida ishlatiladigan otlar. Masalan: بارها – “ko‘p marta”, “qayta-qayta”, روزها – “kunduzlari”, “kunlar”, شبها – “tunlari”, “kechqurunlari”, این روزها – “shu kunlarda”, “yaqinda”, همه جا – “hamma yerda”, “hamma yerga”, همه روزه – “kundalik”, “har kuni” va h.k.
شبها به سینما می رفتیم – “Kechqurunlari kinoga borardik”.
این روز ها خیلی گرفتار است – “Shu kunlarda u juda band”.
همه روزه این را می بینم – “Men buni har kuni ko‘raman”.
c) Ot va sifatlarning birikmasi ham holat ravishini hosil qiladi:
Old ko‘makchi + ot
بدون “... siz”+ شک “shubha” =بدون شک – “shubhasiz”;
برای “uchun” + فردا “ertaga” = برای فردا – “ertangi kunga”;
با “bilan” + موفقیت “muvaffaqiyat” =با موفقیت – “muvaffaqiyatli”.
Old ko‘makchi + ot + sifat
به “ga” (da) + زبان “til” + روسی “rus”= به زبان روسی – “rus tiliga”, “ruschaga”, “rus tilida”, “ruschada.
Olmosh + ot
هر “har” + جا “joy” = هر جا – “hamma yoqda”, “har joyda”.
Ot + old ko‘makchi + ot
روز “kun” + به “ga” +روز = روز به روز – “kundan-kunga”, “kunma-kun”;
سال “yil” + به + سال “yil” = سال به سال – “yilma-yil”, “har yili”;
کلمه “so‘z” + به + کلمه “so‘z” = کلمه به کلمه – “so‘zma-so‘z”, “batafsil”;
سر “bosh” + به + سر “bosh” = سر به سر – “butunligicha”.
Son + ot + old ko‘makchi
سه “uch” + روز “kun” + قبل yoki پیش“oldin”= سه روز قبل yoki سه روز پیش – “uch kun oldin (ilgari)”
Sifatlar bilan ifodalangan ravishlar
a) Birlik shakldagi sifatlar hech qanday shakl o‘zgartirmasdan ravish vazifasida kela oladilar. Masalan: زود – “yaqinda”, “barvaqt”, “vaqtli”; دیر – “kech”; خوب – “yaxshi”.
b) Old ko‘makchi + طور “usul”, “tarz” + old ko‘makchi bilan birikib kelgan sifatlar.
به + طور “tarz” + کامل “to‘liq, to‘la”= به طور کامل – “butunlay”, “to‘liq”;
به + طور “tarz”+ دقیق “aniq” = به طور دقیق – “aniq”, “batafsil”.
Olmoshlar bilan ifodalangan ravishlar
چندان [čandān] va دیگر [digar] olmoshlari ham ravish vazifasida kelishlari mumkin.
چندان خوب نیست – “Unchalik yaxshi emas”.
دیگر میل ندارم – “Boshqa xohlamayman”.


O‘zlashma ravishlar.
Fors tilida arab tilidan kirib kelgan, birinchi o‘rinda اً [-an] qo‘shimchasi bilan tugaydigan ravishlar soni ko‘pdir. Masalan: سابقاً – “ilgari”, “o‘tmishda”, معمولاً – “odatda”, “odatan”, تقریباً – “taxminan” va b.

Otlarda son kategoriyasi. Fors tilida otlar ikki son shakliga ega: 1) birlik shakli; 2) ko‘plik shakli. Otlaming ko‘plik shakli ulaming birlik shakliga qo‘shimchalarini qo‘shish orqali yasaladi. Qo‘shimchasi odatda jonsiz predmetlami bildiruvchi otlarga esa jonli predmetlami bildiruvchi otlarga qo‘shiladi.
Otlar bilan ifodalangan ravishlar. a) Birlik shaklda vaqt ma’nosini ifodalaydigan, hech qanday shakliy o‘zgarishsiz ishlatiladigan otlar. Masalan: روز – “kunduzi”, صبح – “ertalab”, شام – “kechqurun”, تابستان – “yozda”.
صبح من منزل بود م – “Ertalab men uyda edim”.
b) Ko‘plik shaklida o‘zi mustaqil yoki ko‘proq این – “bu”, همین – “mana shu”, همه – “hamma”, “butun” kabi olmoshlar bilan birikma shaklida ishlatiladigan otlar. Masalan: بارها – “ko‘p marta”, “qayta-qayta”, روزها – “kunduzlari”, “kunlar”, شبها – “tunlari”, “kechqurunlari”, این روزها – “shu kunlarda”, “yaqinda”, همه جا – “hamma yerda”, “hamma yerga”, همه روزه – “kundalik”, “har kuni” va h.k.
شبها به سینما می رفتیم – “Kechqurunlari kinoga borardik”.
این روز ها خیلی گرفتار است – “Shu kunlarda u juda band”.
همه روزه این را می بینم – “Men buni har kuni ko‘raman”.
c) Ot va sifatlarning birikmasi ham holat ravishini hosil qiladi:
Old ko‘makchi + ot:
بدون “... siz”+ شک “shubha” =بدون شک – “shubhasiz”;
برای “uchun” + فردا “ertaga” = برای فردا – “ertangi kunga”;
با “bilan” + موفقیت “muvaffaqiyat” =با موفقیت – “muvaffaqiyatli”.
Old ko‘makchi + ot + sifat:
به “ga” (da) + زبان “til” + روسی “rus”= به زبان روسی – “rus tiliga”, “ruschaga”, “rus tilida”, “ruschada.
Olmosh + ot:
هر “har” + جا “joy” =هر جا – “hamma yoqda”, “har joyda”.
Ot + old ko‘makchi + ot:
روز “kun” + به “ga” +روز = روز به روز – “kundan-kunga”, “kunma-kun”;
سال “yil” + به + سال “yil” = سال به سال – “yilma-yil”, “har yili”;
کلمه “so‘z” + به + کلمه “so‘z” = کلمه به کلمه – “so‘zma-so‘z”, “batafsil”;
سر “bosh” + به + سر “bosh” = سر به سر – “butunligicha”.
Son + ot + old ko‘makchi:
سه “uch” + روز “kun” + قبل yoki پیش“oldin”= سه روز قبل yoki سه روز پیش – “uch kun oldin (ilgari)”.1



Yüklə 53,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin