Kurs ishi mavzu: Singapurning milliy rivojlanish strategiyasi va uning asosiy yo’nalishlari


ASEAN mamlakatlarining 2019-yilda iqtisodiy o’sishi bo’yicha ko’rsatkichlari11



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə8/13
tarix03.06.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#116559
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
SINGAPUR

ASEAN mamlakatlarining 2019-yilda iqtisodiy o’sishi bo’yicha ko’rsatkichlari11

O‘tgan yillar ichida ASEAN davlatlari yuqori iqtisodiy rivojlanish darajasiga erishib kelmoqda. Ularning YaIMning o‘sish sur’ati dunyoning ko‘pgina mamlakatlari YaIM o‘sish darajasidan ikki barobar ko‘pdir. ASEAN izchil rivojlanib borayotgan mintaqadan biriga aylandi. ASEAN asoschilari mustaqillikka erishgach, hozirgi kunga kelib Yangi industrial mamlakatlarga aylandi. Bular ASEAN davlatlarining ijtimoiy–siyosiy barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. ASEAN ichki birlikni qo‘llab–quvvatlovchi, mintaqa ichra va dunyo hamjamiyatida siyosiy, iqtisodiy, xavfsizlik masalalarida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan tashkilot maqomiga erishdi.


ASEANning shungacha bo’lgan yilik faoliyatini o‘rganib, quyidagilarni aytish mumkin:
1. ASEAN tashkil qilingandan buyon, uning siyosati va yo‘nalishi takomillashib bordi. Bu ASEANni a’zo davlatlararo turli sohalarda – siyosat, iqtisodiyot, savdo, xavfsizlik, madaniyat, fan va texnika masalalari yuzasidan samarali hamkorlik qilish imkoniyatini berdi.
2. ASEANning siyosiy va xavfsizlik sohalarda hamkorlik qilishi “sovuq urush” davrida iqtisodiy hamkorlikdan ko‘ra muhimroq va samaraliroq bo‘ldi. Ammo hozirga kelib iqtisodiy hamkorlik ASEAN davlatlari uchun birinchilik statusiga aylandi.
3. Mintaqaviy va xalqaro masalalarda ASEAN davlatlari birdamlikni qo‘llab–quvvatlab kelmoqda. Vetnam Prezidenti Xo Shi Min “Birdamlik, birdamlik, birdamlik. Muvafaqiyat, muvaffaqiyat, ulkan muvaffaqiyat” – deb ta’kilagan. Kambodja davlati inqirozga uchraganda, ASEAN davlatlari Kambojaning bu inqirozdan chiqishi uchun birgalikda faoliyat olib borganligi birdamlikning yaqqol namunasidir. 12
4. Mintaqa davlatlari o‘rtasidagi kelishmovchilik va ixtiloflar yuzaga kelganda, ASEAN bu muammolarni kuch ishlatmasdan tinch yo‘l bilan hal qiladi. ASEANning bunday yondashuv, ko‘pgina mintaqaviy va xalqaro muammolar (“kapuch masalasi”, ASEAN davlatlari orasidagi tortishuvlar)ni hal qilishda o‘z samara va muvaffaqiyatini ko‘rsatdi.
5. O‘tgan yillar ichida ASEAN asoschilari bu muddat ichida yuqori iqtisodiy sur’at bilan rivojlanib industrializatsiya va modernizatsiya yo‘lidan bordi. Hozirgi kunga kelib, bu davlatlar Yangi industrial mamlakatlar safiga kirdi. 6. ASEANga asoschi davlatlarning tez sur’atlar bilan rivojlanishiga sabab quyidagilar: mamlakat lider va boshliqlari to‘g‘ri siyosiy–iqtisodiy rivojlanish yo‘lini olib borishi; bu davlatlarda urush bo‘lmaganligi va tinch sharoitda rivojlanganligi; ASEAN davlatlari jahonning qulay sharoitlardan to‘la foydalanganligi, ya’ni rivojlangan davlatlar tomonidan ulkan xorijiy investisiyalar kirib kelganligi; jamg‘arma normasi yuqoriligi. Ma’lumki, agar davlatning jamg‘armasi YaIMning 20% ga yetsa, davlat mustaqil rivojlanish darajasiga yetadi. 1960 yillarda YaID va ASEAN asoschi–davlatlari orasidan faqat Tayvangina ega edi. 1982 yilga kelib yuqorida keltirilgan davlatlardan Indoneziyadan boshqa hammasi jamg‘arma darajasi 20% dan oshdi. Shaxsiy jamg‘arma va xorijdan qo‘shimcha moliyalashtirish natijasida ular ommaviy investitsiya qilish imkoniyatini berdi. 13
7. Shunday bo‘lsada, XX asr oxirida yo‘l quyilgan xato va kamchiliklari natijasida ASEAN davlatlari ijtimoy–iqtisodiy inqirozga uchradi va ASEAN davlatlarining kamchilik va zaif tomonlarini ko‘rsatib berdi. Bu inqiroz ASEAN davlatlarini ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanish strategiyasini qayta ko‘rib chiqishga, faoliyatining shakl va uslubini qayta tashkil qilishga undadi.

Rasm. Marina Bay Sands mehmonxonasi, minoralar, ulkan teras




Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin