Kurs ishiga qo‘yilgan talablar va baholash mezoni


II BOB. PIRIMQUL QODIROV ASARLARIDA TARIXIY DAVR RUHIYATINING AKS ETISH VA OBRAZLAR HAQIDA



Yüklə 152 Kb.
səhifə3/5
tarix14.12.2023
ölçüsü152 Kb.
#140844
1   2   3   4   5
Hamida Maqsudova Kurs ishi (2)

II BOB. PIRIMQUL QODIROV ASARLARIDA TARIXIY DAVR RUHIYATINING AKS ETISH VA OBRAZLAR HAQIDA
Pirimqul Qodirov hikoya va qissachilik emas, balki ayni milliy hikoya va Qissachilik rivojiga katta hissa qo`shgan yozuvchidir. Uning “Studentlar” ( 1950 – yil, birinchi hikoyasi, bu kitob chiqqanda u hali ToshDU sharqshunoslik fakultening studenti edi). Yana uning “Jon shirin” 1968-yilda yozilgan.Adib qahramonlarini chuqur o`ylar girdobida, ikkilanish, iztroblar jarayonida va ijtimoiy dardlar to`qnashgan nuqtada tasvirlashga intiladi.Shunday asarlardan biri “ Jon shirin “ hikoyasidir.Hikoyada paxta yakka hokimligi davrida hukm surgan ayrim dahshatlar qahramonlarning achchiq taqdiri orqali ro`yirost ko`rsatib berilgan.Paxtaga sepilgan doridan yosh bola halok bo`ladi. Atrofdagilar zaharlanadi. Bu mohiyat e`tibori bilan mallatning, irsiyatning paxta zug`umi ostida zaharlanib borayotganiga, himoya qilinishi lozim bo`lgan haq – huquqining tili qisqaligiga ishora edi. Aybdorlar esa elni mutelikka slogan markazdagilarigina emas, uni shu holatda tutib turgan o`zimizdagilar, brigadir u rais, firqa kitobi–yu undan yuqoridagilar. Bir vaqtlar mashhur“ Nazir otaning g`azabi “da tosh yog`sa ham paxtani terishga da`vat etil gan edi. Bu asar esa paxtaga sepilgan dorilar odamni o`ldirib yubirsa ham rejani bajarish kerak, deyilgan siyisatning insonlar taqdiridagi badiiy ko`rinishi edi.Yozuvchi hikoyada muteki, qaramlikni keskin fosh etdi. Sodir bo`lgan dahshatni ochish, aybdorlarni jazolash o`rniga, hamma amaldorlar ishni bosdi bosdi qilish tarafdori. Chunki bu ishda hammasining aybi bor, egatlarni zaharlab bo`lsada, yuqoriroq hosil olish va mansab martabani qo`ldan chiqarmaslik hikoyadagi mansabdorlarning maqsadi shu. Sepilayotgan dorini, doridagi zaharni bilishmaydimi? Bilishadi. Bolaga, uning otasiga achinishni ham unutishmaydi. Lekin jinoyatni oshkor qilishmaydi.Mutelik, qullik davom etversin, bolalar nest–nobud bo`lsa bo`laversin.Unga qarshi chiqish uchun esa jon shirinlik qilyapti, lekin tokaygacha demoqchi bo`ladi yozuvchi.Hikoya asosida 1997 – yilda yaratilgan videofilm ham muvaffaqiyatli chiqdi. Badiiy asar markazida, asosan, inson turadi. Uni o`yga, hayajonga slogan muammolar aks ettiriladi.
Pirimqul Qodirovning «Qadrim» qissasida zamonaviy mavzu yoritilgan. Unda o‘zbek adabiyoti uchun yangi mavzu-gazchilar hayoti va mehnati Iskandar, Zulayho, Davron, Ashur kabi jonli obrazlar orqali badiiy gavdalantirilgan. Qahramonlar xarakterining murakkabligi va to ‘laligi jihatidan, xususan, Iskandar va Zulayho obrazlari ajralib turadi. Asarda yosh ishchi Iskandar dunyoqarashining shakllanishi, uning o ‘z qadrqimmatini tushuna borishi, hayotdan 0‘rnini topib olishi jarayonini tasvirlashga e ’tibor berilgan va bu masala muvaffaqiyatli ravishda yoritilgan. Qissada voqealarning bosh qahramon Iskandar tilidan, uning boshidan o ‘tkazgan kechinmalar sifatida hikoya qilinishi yozuvchiga obrazlarning ruhiyatini chuqur tahlil qilish va tasvirlash imkoniyatini bergan.
Pirimqul Qodirovning “Qadrim“, “Erk“, “Meros“ qissalari markazida inson shaxsiga ehtirom, shaxs tabiatining mehvari sanalmish erk, o`zlik, qadriyat muammolari qo`yilgan. “Qadrim” qissasi - Iskandar kim nima desa xop deydigan itoatkor, mutelikni, hatto, ma`lum darajada, oddiy bir hayotiy haqiqat sifatida qabul qiladigan yigit. U zarur bo`lganda mustaqil fikrni, xohishini, raddiyasini ham ma`lum qilishga qimtinadi. Sevgilisi Zulayho esa, aksincha, o`zgalarga qaramlikka ko`nika olmaydi. Uning vujudida qo`rquvga, hadika, o`zgalarga qaramlikka qarshi bir tug`yon bor. U birov ning turtgisi bilangina harakatga kelishni yoqtirmaydi. Mustaqil mushohada yuritmay, o`zganing ta`sirida fikrlay boshlovchi kishidan orlanadi. Mana shunday xislatli Iskandarni kezi kelganda siltab tashlashgacha boradi. Hayotga endi kirib kelayotgan yigit qiyofasida tasvirlangan bu qaramlikka qarshi isyo, qadr qimmat, o`zlikni, g`ururni himoya qilish va mustaqil fikrlashga da`vat deganda adib kichik bir shaxsiy, xususiy maqsadgina nazarda tutgani yo`q. Uning zamirida chuqur ijtioiy ma`no: tutqun g`oyalarga qaramlik va bo`ysunishdan qutilishga chorliv maqsadlarini ham ifodalashga urindi.4
Bu haqda asar yozilgandan keyin yigirma yildan so`ng yozuvchining o`zi bunday deydi: “ Totalitar imperiya bizni qaram ahvolga solib, qadr – qimmatimizni yerga urishini ich ichimizdan sezib, ruhan behad qiynalardik.Lekin buni ochiq aytolmay, “Qadrim”, “Erk” kabi qissalarda ichki erkini yo`qotgan, mutelik dardiga giriftor bo`lgan qahramonlar hayotini hamdardlik bilan ko`rsatish orqali ozodlik va mustaqillikka bo`lgan tashnalikni qondirishga intilardim “. Bu fikrni tiniq tushunish muhim. Sho`ro tuzumi, g`oyasi tomonidan qadr – qimmat oyoqosti qilinishi haqida gap borar ekan, sababini Moskvadan tashqari, ma`lum ma`noda, o`zimizdan ham qidirish kerak. To`g`ri, tizgin markaz qo`lida edi. Lekin tizginni ishga soluvchilar, amalgam oshiruvchilar o`z ichimizda, qatorimizda oz emas. Ular o`z yurt- doshlarimiz, ayniqsa, turli toifadagi amaldor va firqaviylar esi. Qadr – qimmatimiz, erkimiz, o`zligimiz o`z qatorimizda yura turib, o`z vatandoshimiz bo`la turib, ana shundaylar tomonidan ham oyoqosti qilingani, chin erkimiz, ozodligimiz bo`g`ib turilgani sir emas. Yozuvchi qadr – qimmat, erk uchun kurash, o`zgaga mute va qaram bo`lmaslik g`oya;arini ilgari surar ekan, bunga to`sqinlik qilhan yurtdoshlarimizni ko`rsatish orqali, ular timsolida tuzumni va uning tizginini olisdan
boshqarib turganlarni nazarda tutgandek bo`ladi. Yozuvchi “Erk” qissasi markaziga ham erk va qadr qimmat masalasini qo`ydi. Buni asosan, muhabbat va oila orqali yoritdi. Sattor ota –ona qistovi bilan muhabbatsiz uylandi, farzandli bo`ldi. Uni rafiqasi Oysha qanchalik sevmasin, ko`ngli isimaydi. Oyshani mutlaq tushunmaydi emas, tushunadi, farzandini ham o`ylaydi. Lekin o`z ko`ngliga, vijdoniga, qalb amriga qarshi borolmaydi. Munoeiqlik qilib yashashni esa xohlamaydi. Sattor inistitutda o`qib yurganida haqiqiy muhabbatini Roziyada topadi. Shu bilan qissa tugashi mumkin edi. Lekin yozuvchining bosh muddaosi bunda emas. Barcha qahramonlar vujududagi tug`yon, ko`nglidagi iztrob iskanjasida, yurak qo`ygan savollarga javob izlash qiynoqlarida ko`rsatilar ekan, bu izlanishlar erk va qadr qimmat mohiyatini uqishga bo`ysundirilar. Rostda Oysha – baxtsiz, farzand – yetim, Roziya sevilibman deb, Sattorning o`zi esa, aylanay, yangi muhabbat degancha ketavermaydi–ku! Bu insonlar yuragida qanchadan talotumlar yotibdi, axir. Atrofdagilar ham Ularning tutumini turlicha baholaydilar. Bahs – munozaralarning keti ko`rinmaydi.Yozuvchi bu ichki tug`yon sabablarini, ildizlarini izlaydi, badiiy tahlil etadi va bizga ko`rsatgandek bo`ladi. Xo`sh, Sattor va Oyshaning bu ahvolga tushish sababi nimada? Erksizlikda, erk degan muqaddas tushunchani e`zozlay bilmaslikda, deb javob beradi yozuvchi badiiyati. Xastaman, uylanganinigni ko`rib qolay, deb ota o`qishga ketayotgan o`g`lini o`z ra`yiga ko`ndirgan. Qaytib kelguningcha Oyshaxonni birov ilib ketadi, deb onasi ham o`g`lini uylanishga qistalang qilgan. Boshqa tarafdan, Oysha ham Sattor o`zini sevish sevmasligini aniq bilmay, o`zining ham Sattorga ko`ngli bor yo`qligini chuqur his etmay tegavergan. Muhabbat degan xilqat talablariga Sattor tuyg`ulari bilan javob beradimi yo`qmi, o`ylab o`tirmagan. Oyshadagi itaotkorlik, g`urur sustligi uning erkiga g`ov bo`ladi. Demak, ikkala qahramon ham o`z erki qadriga yetmagan, ikkovi ham erksizlik qurboni. Qissa oxirida Sattor Oyshaga yordam qo`lini uzatadi, Oysha ko`nglida o`zini anglash, g`urur hislari uyg`onadi. O`z qalblarini o`zlari tahlil etish natijasida qahramonlar asar nihoyasida erk tug`yusining muqaddasligini anglash yo`liga o`tadilar. Sattor ming mulohazalardan so`ng Oysha tomonda qolish burchi ekanini hisetadi. Lekin yozuvchi, ayni vaqtda, Sattor, Oysha, Roziyalar taqdirini ochiq qoldiradi. Buni o`zidan ko`ra kitobxonlar hal qilishiga moyillik bildiradi. “Meros” qissasida yozuvchi el–yurtni doimo to`lqinlantirib yurganmuammo paxtachilik mashaqqatlarini qalamga oladi. Unda butun umrini paykalda o`tkazyotgan, hirmat azzat u azob uqubatini shu mehnatdan topayotgan paxtakorlarning halol, jozibali qiyofalari aks ettiriladi. Bu mehnat bizga otameros, dala ilmi, paxtachilik qonimizga singib ketgan, degan g`oyani ham ko`rmaslik mumkin emas.
Yozuvchi Yolqin Otajonov timsolida paxtachilik mashaqqatlarini butun tafsilotlari bilan haqqoniy tasvirlaydi. Ammo bu tinib tinchimaslik meh nat farog`ti sifatidagina taqdim etilmagan. Yozuvchi bu mehnatni doim mustaqil mushohadasiz, itoatkorona qabul qilingan jarayon sifatida bermaydi. Paxtakor xalqining bu masalaga nolavor munosabatini adib Tursun qiyofasida umumlashtirishga harakat qiladi. Tursun ba`zan paxta mehnatidagi zo`riqishdan, e`tiborsizlikdan, adolatsizlikdan ochiqdan ochiq noliydi. Bu erk iroda, qadr qimmat va umidini bukib tashlayotganlarga ishora edi. Biroq, afsuski, bu qarash asar mehvariga ko`tarilmaydi. Yolqin Otajonov kabi yetkchi qahramonlar faoliyati va dunyo qarashida ko`rinmaydi.
“Meros” yozilgan o`tgan asrning 70 – yillarida bu fikrlarini ilgari surish qiyin edi. Sho`ro siyosati va mafkurasi bunga yo`l qo`ymasdi. Bulardan qat`iy nazar, qissadagi Yolqin Otajonov obrazi yozuvchining mahorat bilan yaratgan jonli, intiluvchan, jozibali qahramonlari qatorida turadi. Adib mahorati romanlarida yangi bosqichga ko`tarildi.
Pirimqul Qodirov o`zbek adabiyotini barkamol romanlar bilan boyitdi. Bu romanlar davrning, zamonnig muhim ijtimoiy, insoniy muammolarini haqqoniy ko`rsatish, qahramonlar hayoti va jonli xarakterlar pishiq va terin ishlanishi jihatidan o`ziga xos.
Pirimqul Qodirov Abdulla Qahhorning shogirdi. Uning ijodini ilmiy jihatdan ham chuqur o`rgangan. Ustozning shogirdiga ham inson, ham yozuvchi sifatida ta`siri kuchli. Shu ma`noda P. Qodirov birorta asarida hayot haqiqatiga zid ish tutmadi, mafkurabozlikka berilmadi, shaxsiy manfaatlar yo`lida asarini kimlarningdir manfaatiga moslamadi. Aksincha, u romanlarida dolzarb va murakkab masalalarni birinchidan bo`lib yoritdi. Yozuvchi romanlarida qahramonlar harakatidagi kenglik va miqyosni ko`rsatishdan ko`ra, ular ruhiyatidagi nozik nuqtalargacha kirib borishga intiladi. So`z sehri bilan tuyg`ularni tilga kiritadi. Hayot manzaralari, davr muammolari voqealar, hodisalarni mustaqil tadqiq etishni u, ko`proq, shularning qalblarda to`yinfan hissiy jarayonlarini aks ettirish orqali amalga oshiradi. Uning “ Uch ildiz “, “ Qora ko`zlar “, “ Olmos kamar “singari zamonaviy romanlari bu masalada tarixiy salmoq bilan nafas olganidek, “ Yulduzli tunlar “, “ Avlodlar dovoni “Ona lochin vidosi “ singari tarixiy romanlaridan shunga xizmat qiluvchi“ zamonaviy ruh va falsafiy tafakkur “ ueurib turadi. Zamonaviy yoki tarixiy mavzuda bo`lishidan qat`iy nazar, bu romanlarning barchasini birlashtirib turadigan fazilat bor. Bu ularning qahramonlari timsolida millatimizga mansub go`zal va noyob ma`naviy xislatlarning yorqin aks etishidir.
“ Uch ildiz “ (1955 –1958) romanida shaxsga sig`inish oqibatlari keskin fosh etildi. Asar markaziga oliy o`quv yurtidagi hayot, xususan,talabalar Mahkam va Gavhar muhabbati qo`yiladi. Biroq ular va ularga kelib bog`lanuvchi boshqa ko`plab qahramonlar taqdirida davrning dolzarb muammolari ochila boradi. Bular: odamlarni qo`rqitib, tuhmat qilib, titroqda ushlab turishga o`rgangan fakultet dekani Hakimov; ana shunday razillik tufayli nohaq qamalib ketgan tarixchi olim Toshev; ilg`or, xolis, millatparvar fikrlari, chor hukumati zamonidagi Andijon qo`zg`oloni haqida ijobiy fikr aytgani uchun salkam sinfiy dushmanga chiqarib qo`yilgan Akbarov va boshqalardir. Bular mafkura iskanjasida bo`lgan zamon dahshatlaridan ayrim ko`rinishlar edi. Qadr – qimmat mezoni insiniy fe`l – atvor,imon, vijdon emas, balki mafkuraviy “ sadoqat “ bo`lib qolgan edi.Stalin vafotidan so`ng o`tgan asrning 50 – yillari o`rtalarida jamiyatda Jiddiy yangilanishlar paydo bo`ldi. Yangi dunyoqarashli yoshlar yetishib chiqdi. Ular tuhmat, ig`vorlarga qarshi dadil va mardona kurash boshladilar. Shular tufayligina Akbarov va Toshev singarilarning hayoti omon qoldi. Gavhar, Mahkam, Ochil singari yangi dunyoqarashli, imonli, vijdonli yoshlarning sa`y harakati bilan Hakimov hamda uning hamtovoq shogirdi Eshonboyevlar tegishli jazolarini oldilar.Yozuvchi Akbarov timsolida mustaqil fikrlash masalasini ham ko`tarib chiqdi. Bu qahramon qiyofasida, ma`lum darajada, adibning o`zini ham aks etadi.“Uch ildiz “romanida hayotdagi mafkurabozlikka barham berilgani, adolatsizlikka chek qo`yilgani aks ettirilibdida, deb tushunmaslik lozim. Adib avvalgi yillarga nisbatan jamoyatda paydo bo`lgan yangi qarashlarni, yangi shaxslarni real ko`rsatish qatorida, ularga o`z ideallarini ham singdiradi.
Yozuvchi talqinicha, insonning insoniyligini mafkura emas, balki ma`naviy ma`rifiy asos belgilaydi. Roman nomiga ham inson taqdiri va qiyofasini muhabbat, el yurtga fidoyili va bilibdan iborat uch ma`naviy – ma`rifiy ildiz belgilaydi, degan g`oya singdirilgan. Deyarli yarim asar avval yaratilgan “ Uch ildiz “ romani istiqlol davrimiz g`oyalariga k`op jihatlaribiln hamohangdir.
Yozuvchi “ Qora ko`zlar “ (1963 – 1966) romanida oila, burch, hallollik, e`tiqod, to`g`rilik kabi ma`naviy muammolarning yangi – yangi qir ralarini yoritdi.
Ma`lumki, asar yozilgan zamonda sho`rolar mamlakatida qishloq bo`ladimi, shahar bo`ladimi – hamma yoqda hayot farovon, degan soxta, yolg`on g`oya hukmron edi. Adib esa, O`zbekistonning olis Oyko`lqishlog`idagi kishilar ma`naviyatini, yashash tarzini aks ettirish orqali hayotning asl, haqqoniy manzaralarini ko`rsatdi.Xo`jalik raisi Davlatbekov – manfaatparast va mansabparast. “ Nima bizga Amerika “ qabilida ish tutib, xo`jalikdagi chorva tuyog`iga qiron keltirishga bir bahya qolgan.“ Davlatbekovchilik“masalasida Ortiq undan ham ustasi farang. Kattalarga yaltoqlanish uning suygan oshi. Uning nazarida vijdon degan ikkinchi, uchinchi darajali matoh. Xuddi shu – vijdonga munosabat aka – uka Ortiq va Avazni bir biridan keskin ajratib turadi.Romanda Hulkar, Jannatoy, Cho`lponoy singari ayollar obrazi chuqur mehr bilan tasvirlangan. Ularning og`ir, mashaqqatli mehnati, olia, muhabbat, qadr – qimmat borasidagi erksizligi, “ hurmatli “ o`zgalar inon – ixti yoridan chiqa olmaslogi kuyinchak ehtiros va haqqoniylik bilan yoritilgan. Alloh odamga ulug` yosh bersa, zakovatni, diyonatni ham qo`shib bersinekan. Romandagi Ismat bobo esa bunday emas – teskarisi.“ Qora ko`zlar “ romanida qishloq hayoti tasvirlangan bo`sa, “ Olmos kamarda “ (1977) yozuvchi shaharliklar hayotiga murojaat etdi. Asar qayta ishlandi.
“ Yulduzli tunlar romani “ – asar nainki adib ijodi, balki, XX asr o`z- bek adabiyoti tarixida muhim o`rin tutadi. Sho`rolar bunday asarlar xalqning ko`zini ochdi, isyonkor ruhni charxlaydi, ulug` ota – bobolar orqali buyuk o`tmishga, ma`naviy qudrat an`analariga intilish va sadoqatni kuchaytiradi, deb qo`rqdilar va yanglishmadilar. Bu asar ham shunday asar.1978 –yil bosilib chiqdi, hatto O`zbekiston Davlat mukofotiga sazovor bo`ldi (1981). Lekin ko`p o`tmay asar va yozuvchi boshiga ko`p og`ir kunlar tushdi. Roman matbuotda feodalizmni tar`gib qiluvchi asar sifatida qoralandi. Muallifga millatchi, burjua yozuvchisi deb tuhmat qilindi. Yangi zamon, mustaqillik adibni ham, romanni ham xalqqa qaytardi. Bu asar shoh sarkarda, shoir – benazir inson Z. M. Boburning yorqin siymosi mahorat bilan aks ettirilgan to`laqonli va sermiqyoa badiiy asardir. Roman Bobur siymosini tarixiy haqiqatga mos, badiiy jihatdan jozibali tasvirlashi bilan e`tiborli. Humoyun og`ir betob bo`lib yotganida Bobur farzandiga shunday deydi:“Sening betoqatligingga men toqat keltiray! Sening shu og`ir dardingni xudo sendan olib menda bersin….
….. Bobur umumiy jimlikda Humoyunning boshidan uch marta aylandi – yu:- E parvardigor! – deb iltijo qildi. – Menki, Boburmen, agar jonberish mumkin bo`lsa, umr – u jonimni Humoyunga qurbon qildim! Azroyil mening jonimni olsin u, xudo Humoyunga shifo bersin!”Humoyun ko`p o`tmay tuzaladi. Bobur qazosi shu voqealarga to`g`ri keladi. Bobur Hindistonda saltanatni boshqarganda podsho bo`lishning shon shavkati bilab bir qatorda, adadsiz pushaymonlarni, iztiroblarni, yuzi qarolig`larni boshidan kechirgan. Vatan sog`inchi bilan o`rtangan. Shu ma`noda
romanda Bobur ruhi, ichki dunyosi, orzu – armonlarining yuksak mahorati bilan tasvirlanganini ta`kidlash zarur. Onasi Qutlug` Nigorxonim bilan Boburning nafas olishdayoq bir – birlarini tushunishlari, inining Xonzodabegimni nainki so`z, balki yuark bilan anglay bilishi, shoirning havo emas ilhom bilan nafas olayotgan betakror sohir holatlaridagi his hayojonlar tasviri Pirimqul Qodirovning ruhiyat manzaralarini ko`rsatishdagi ustaligidan dalolat beradi. Qahramon o`z o`zini ichdan tahlil etadi, qiynayotgan savollarga shu yo`sinda javob izlaydi va topadi. Zaharlangan Bobur ruhiyatishunday chiziladi: “Boshidan o`tgan o`lim dahshati hamon xayolidan nari ketmasdi. Shu qil uzilsa, o`lim deb ataladigan zulmat qa`riga qulab tushishini 2 kun davomida muttassil his qilish unda yashash istagini behad kuchaytirib yuborgan edi. Hayotning bir lahzasi uchquni dunyoning barcha boyliklari yu, toj –u taxtlaridan ham aziz ekanligi unga astoydil sezildi”.Qahramon ruhiyatini teran, jonli, samimiy ochish o`z o`zidan bo`ladi gan ish emas. Buning uchun yozuvchu bunday his tuyg`ularni o`z qalbidan o`tkaza olishi kerak. Mustaqillik davriga kelib, “ Yulduzli tunlar“dek tarixiy asarning qadr – qimmati, ahamiyati yanada oshdi. Roman Vatan, millat, ulug` ota – bobolarimizga mehr – muhabbatni yanada e`zozlashga undaydi.
Pirimqul Qodirov ijodida roman janri salmoqli o ‘rin egallaydi. Adib o ‘zbek rom anchiligining oltita yaxshi nam unasini yaratgan. Uning 1958-yilda yozilgan birinchi romani «Uch ildiz» 50-yillar o ‘zbek nasrida muhim voqea bo‘ldi. Ustoz adib Abdulla Qahhor bu romanga yuksak baho berib: «Ancha vaqtdan beri men o ‘zbek adabiyotida m om oqaldiroq guldurosini eshitmay yurgan edim. Nazarimda, mana shu asar adabiyotimizga momoqaldiroqday gulduros solib, chaqmoqday yaltillab kirib kelayapti»5
“Yulduzli tunlar”, “Avlodlar dovoni”, “Amir Temur siymosi”, “Til va el” asarlarida kitobxon yetuk san’atkor, teran faylasuf, qoyaday yuksak, mustahkam muallif shaxsi-ni ko‘radi. P. Qodirovning san’atkor, mutafakkir daraja-siga ko‘tarilishi qanday kechgan? Adib hikoyalari, qissala-ri, ilk romanlari shuni ko‘rsatadiki, P. Qodirov, birinchidan, zamon ruhini, uning istiqbolini ko‘rishga intilgan. Bu hol “Uch ildiz” va “Olmos kamar”da aniq ko‘rinadi. XX asrning o‘rtalarida ro‘y bergan muhim siyosiy-ijtimoiy o‘zgarishlardan kishilar lolu hayron bo‘lib qoldilar, shoi-ru adiblar mavjud sxematizm inersiyasidan chiqib keta olmadilar. Pirimqul Qodirov yosh, shijoatli, istiqbolga intilgan, ijodning katta yo‘li boshida turgan adib sifatida o‘ta qaltis mavzuga qo‘l urdi “Uch ildiz”ni yozishga kirishdi. Hardamxayol yozuvchilar uzil-kesil to‘xtamga kelmaslaridan, Pirimqul Qodirov shijoat bilan yaigicha ijtimoiy-siyosiy ruhni badiiy tahlil qildi, o‘ta dolzarb mavzuda roman yaratdi. Pirimqul Qodirov yosh, jo‘shqin edi. U Mahkam, Ochil, Zamira, Gavhar, Sergey, Anna singari yoshlar xarakteri orqali yasharayotgan zamonni, kishilar ruhini egallab borayotgan ishonch, e’tiqod, jo‘shqinlikni aks ettirdi. Romanning yosh, sururiy qahramonlari Toshkentni yangicha ko‘z bilan ko‘rdilar. Navoiy nomidagi teatriing me’-moriy o‘ziga xosligi, shu teatr maydonidagi g‘o‘za chanog‘i shaklidagi favvora, tunlarni kunduzday yoritib turgan rang-barang elektr chiroklar, tep-tekis asfalt ko‘chalar, tramvay, trolleybuslar yosh qahramonlar diqqatidan chetda qol-maydi. Skver maydonidagi yagona universitet binosiga Mahkam, Gavharlar g‘urur bilan boqadilar. Yozuvchi yoshlar ruhi, shahar ko‘rinishini tasvirlagach, universitetdagi murakkab munosabatlar mohiyatini yoritadi. Universitetda Abdurahmon Toshev, Temir Akbarov, Akim Zadorin, Sulaymon Ziynatullayev singari haqiqiy olimlar, yoshlar rahnomalari ish-laydilar. Ular universitet minbaridan yoshlarga chin haqiqatni, ilmiy yangiliklarni aytishga odatlanganlar. Bun-day olimlar hamisha to‘g‘ri so‘zliklari, ilmiy-tarixiy haqiqatga xiyonat qilmasliklari bilan tanilganlar. Zufar Hakimovich, Muhammadjon Eshonboyev, Nazarov singari o‘qituvchi-amaldorlar stalinizm davri ruhini xarakterla-riga singdirib yuborganlar. Ular olimlikka da’vo qilolmaydilar, ammo partiya, davlat yo‘l-yo‘rig‘ini ko‘r-ko‘rona universitet hayotiga tatbiq etadilar. “Uch ildiz”da har xil majlis, yig‘ilishlarning ko‘payib ketganligi ko‘rsatiladi. Ularda ko‘pincha shaxsiy masalalar ko‘rilar, kishilarning auditoriyada, koridorda, kafedrada aytib yuborgan gap-so‘zla-ri muhokama qilinardi. Shaxsga sajda qilish yillarida majlisbozlik dushman topishning sinalgan usuli edi. Haki-mov, Eshonboyev, Tursun singarilar majlis qilib — suvni loyqalatib dushman izlar, “baliq” tutardilar.
Pirimqul. Qodirovning “Uch ildiz” romanidagi umumiy ruh, kayfiyat orqali ham g‘oya yoritiladi. “Uch ildiz”da uzoq da-vom etgan bemorlikdan so‘ng o‘ziga kela boshlagan bemor — ijtimoiy muhitning ruhi ishonarli tasvirlangan. Romanda Obid Karamatov, Sulaymon Ziynatullayev singari yangi zamonning kishilari xarakteri yaratilgan. Obid Karamatov universitet firqa qo‘mitasi yetakchisi. U o‘zida KPSSning XX syezdi g‘oyalarini aks ettirgan. Lekin, baribir, Kara-matov ham kommunistik firqa yetakchisi edi... “Uch ildiz”ida demokratik tamoyillar, insonni sevish, e’zozlash ruhi aniq ko‘rinadi.6


Yüklə 152 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin