Kurs ishiga qo‘yilgan talablar va baholash mezoni


I.BOB.PIRIMQUL QODIROVNING HAYOTI VA IJODIY MEROSI



Yüklə 152 Kb.
səhifə2/5
tarix14.12.2023
ölçüsü152 Kb.
#140844
1   2   3   4   5
Hamida Maqsudova Kurs ishi (2)

I.BOB.PIRIMQUL QODIROVNING HAYOTI VA IJODIY MEROSI
Yozuvchi, tarjimon, publitsist, adabiyotshunos olim, oʻzbek nasrining yirik namoyandalaridan biri Pirimqul Qodirov Turkiston tizma togʻining etaklaridagi Kengkoʻl degan qishloqda 1928-yilning 25-oktyabrida tugʻilgan. U asli oʻzbekning barlos qavmidan; urushdan keyingi yillarda jamoa xoʻjaligida, yoʻl qurilishi, soʻng Bekobod metallurgiya zavodida ishladi.
1951 yili Oʻrta Osiyo Davlat universitetining Sharqshunoslik fakultetini tugatib, Moskvadagi M. Gorkiy nomidagi Adabiyot institutining aspiranturasiga oʻqishga kirdi. “Abdulla Qahhorning urushdan keyingi ijodi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1954–1963-yillarda u sobiq ittifoq Yozuvchilar uyushmasi qoshida oʻzbek adabiyoti boʻyicha maslahatchi, OʻzRFA til va adabiyot institutida katta ilmiy xodim (1963–1983),Oʻzbekiston Respublikasi Adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi Davlat mukofotlari qoʻmitasi raisi (1989–1994) boʻlib ishladi.
Betakror asarlari bilan millionlab adabiyot ixlosmandlari qalbini zabt etgan atoqli adib, O’zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovdan katta ma’naviy meros qoldi. Adibning “Studentlar” degan birinchi kitobi 1950 yilda nashr etilganidayoq Abdulla Qahhor, Oybek, Zulfiya kabi ustozlari e’tiborini qozongandi. Adib ijodining debochasi ‒ “Studentlar” (1951) hikoyasi talabalik yillarida eʼlon qilinib, tolibi ilmlar hayotini, ularning ichki olamini yoritadi. Shundan keyin “Jon shirin”, “Kayf”, “Olov” hikoyalari, “Qadrim” (1961), “Erk” (1968), “Meros” (1974) qissalari, “Najot”, “Baxillar va botirlar” afsona qissalari (1980), “Akramning sarguzashtlari” (1974), “Yayra institutga kirmoqchi” (1970) nomli qissa va hikoyalar toʻplamlari birin-ketin chop qilindi.Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida adibning uch jildlik tanlangan asarlari (1977–1978) nashr qilingan.
Pirimqul Qodirov adabiyotshunos olim sifatida “Til va el” (1972), “Xalq tili va realistik proza” (1973), “Til va dil” (2005) risolalarini yaratdi. Ikki jildli “Adabiyot nazariyasi” uchun “Adabiy asarning tili”, “Adabiy jarayon” boblarini yozdi.Zangori olov zahmatkashlari haqidagi “Qadrim” qissasi asosida “Sening izlaring” badiiy filmi (rejissyor R. Botirov), “Yulduzli tunlar” romani, “Jon shirin” hikoyasi asosida koʻp seriyali videofilmlar suratga olingan. “Bobur” pyesasi (rejissyor B. Yoʻldoshev) uzoq yillar mobaynida hozirgi Oʻzbek milliy akademik drama teatrida, “Insof” pyesasi esa viloyatlar drama teatrlari sahnalarida qoʻyilgan.
Yurtimiz mustaqilligi millatparvar adibga tuganmas ilhom baxsh etganini uning so’nggi yillarda yaratilgan asarlari, istiqlolni dildan tarannum etuvchi o’nlab maqolalari misolida ko’rish mumkin. 2001-yilda “Ma’naviyat” nashriyotida chop etilgan “Qalb ko’zlari” to’plamidan o’rin olgan badialar, o’ylar va maqolalarida yurt istiqloli qanchalik bebaho ne’mat ekanligi, uni ko’z qorachig’idek asrash har birimizning muqaddas burchimiz bo’lmog’i lozimligi haqida kuyunchaklik bilan so’z yuritilgan.
Olim va adibning “Til va el” (2005) va “Amir Temur siymosi” (2006) deb nomlangan salmoqli ilmiy badialari ayniqsa ziyolilarda juda katta qiziqish uyg’otdi. Adib kitobxonlarga “Ona lochin nidosi” degan tarixiy romanini (1997) taqdim etdi. 2001 yilda esa uning “Qalb koʻzlari” nomli (badealar, oʻylar, esdaliklar) kitobi chop etildi. “Amir Temur siymosi” (2007) tadqiqoti tariximizni xolis oʻrganish borasida muhim oʻrin egalladi.
P. Qodirov tarjimon sifatida L. Tolstoyning “Kazaklar”, K. Fedinning “Dastlabki quvonchlar”, P. Tolisning “Iz”, X. Deryaevning “Qismat” qissasi va romanlarini ona tilimizga oʻgirgan. Uning asarlari rus, ukrain, hind, urdu, turk, uygʻur, qozoq, qirgʻiz, turkman tillarida nashr etilgan.
Pirimqul Qodirov mukofotlari “Yulduzli tunlar” romani uchun Pirimqul Qodirov 1981 yili Respublika Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan. U Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati (1997–2000), Respublika Oliy Majlisi fan, madaniyat va taʼlim qoʻmitasi raisi (1991–1995) boʻlgan.
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov “Shuhrat” medali (1994), “El-yurt hurmati” (1998), “Buyuk xizmatlari uchun” (2006) ordenlari bilan mukofotlangan.
Ustozning ma’naviy merosini batafsilroq o’rganish maqsadida nabiralari Xurshid Qodirov bilan xonadonlariga bordik. Ustozning qizlari Yaxshigul opa rahmatli ota-onalarining chiroqlarini yoqib o’tiribdi…
Uzoq yillar ulug’ adibning zahmatli mehnatlariga shohid bo’lgan ish stoli, mo»jazgina kutubxonasiga razm solib ko’nglim allanechuk bo’lib ketdi.Xonaning bir burchidagi shkafda buyuk yozuvchining taxlam-taxlam qo’lyozmalari, katta sumkada son-sanoqsiz “Yon daftar”lari qalashib yotibdi. Qo’lyozmalarni varaqlab ko’rdim. Aksariyati adib hayotligi chog’ida gazeta-jurnallarda, kitoblarida yoritilgan.
Xalqimizning sevimli yozuvchisi Pirimqul Qodirovning salmoqli romanlari, bir-biridan shirali qissa va hikoyalari kitobxonlarning sevimli asarlariga aylangani shubhasizdir. Ayniqsa, yoshlarga bag‘ishlangan “Uch ildiz” asariga ustoz Abdulla Qahhor yuksak baho bergan bo‘lsa, ruscha tarjimasini o‘qigan buyuk qozoq adibi Muxtor Avezov Moskvada bo‘lib o‘tgan “O‘zbek adabiyoti va san’ati kunlari”da ushbu asarni noto‘g‘ri talqin qilgan va unga o‘rinsiz ayb qo‘ygan Anna Karavaevaning ta’riflari xato ekanini ishonarli dalillar bilan isbotlab berganligi yozuvchining keyingi asarlarining yozilishiga turtki bo‘lgan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.2
Adib shundan keyin “Qadrim”, “Erk”, “Meros”, “Botirlar va baxillar” qissalarini, “Qora ko‘zlar”, «Yulduzli tunlar» romanini yaratdi. Bu asarlarda o‘z davrining yosh qahramonlari qanday shakllanganligi haqida hikoya qilib, ular hayotining ibratli jihatlarini haqqoniy tasvirlab bergan.
Pirimqul Qodirovning so‘nggi o‘n yil ichida yozgan “Ona lochin vidosi” romanida Amir Temurning suyukli o‘g‘li Shohruh va kelini Gavharshodbegim bilan bog‘liq voqealar qalamga olingan. Asardagi Ulug‘bek Mirzo, Husayn Boyqaro va Alisher Navoiylarning yoshlik davridagi jasorat va matonati ham o‘quvchida yorqin taassurot qoldiradi.3

Yüklə 152 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin