Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#119254
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
144
Ot-ulovlarga barg ham topilmay qolgandan keyin daraxtlarning qurigan yog‘ochlarini 
randalab beradigan bo‘lishgan. 
Bobur otxona hovlisida yog‘och randalayotgan Tohirni ko‘rdi. Saripulda bu yigit 
Boburning xos navkarlari orasida edi, daryodan o‘tishda ham, keyin ham jonbozlik 
ko‘rsatgan edi. Bobur yaqinda uning uylanish tarixini eshitdi. Shuncha azoblar bilan 
qayta topib olgan xotini ocharchilikda nobud bo‘lib ketmasin deb, Robiyani onasi Qutlug‘ 
Nigor xonimga kaniz qilib qo‘ydi. 
Tohir mayda qilib randalagan yog‘ochni sarg‘ish mo‘ylovli Mamat suvga ivitib 
yumshatmoqda edi. Shunday qilinmasa uni ot yeyolmas edi. 
Saripul jangiga Mamat ham navkar bo‘lib qatnashgan edi. O‘sha qirg‘indan eson-omon 
qaytgan bu yigit o‘tgan hafta qo‘rg‘on tashqarisiga meva o‘g‘irlashga chiqib, bir 
qulog‘idan ajralib qaytdi. 
Qo‘rg‘on devoridan bo‘y cho‘zib, tashqariga qaragan ochlar tashqi bog‘larda pishib, 
shoxlarda tiralib turgan, yerlarga to‘kilib yotgan olmalar, noklar, shaftolilarni ko‘rib 
chidab turolmas edi. Kechasi el uxlaganda Mamat uch-to‘rtta eski kosib oshnalari bilan 
qal’a devori tagidagi obmo‘ridan tashqariga chiqadi. Chohdan ham bir amallab o‘tib 
pishgan mevalardan to‘yganicha yeyishadi. Keyin qo‘llaridagi xalta va xurjunlarni ham 
mevaga to‘ldirishadi, ammo qo‘rg‘onga tomon qaytayotganlarida shafqatsiz 
Ko‘pakbiyning yigitlari ularni tutib olishadi. Mamat ham o‘zini kosib deb tanitdi. Agar 
«Boburning navkariman» desa tirik qolmas edi. Ko‘pakbiy «meva o‘g‘irlagisi kelganlarga 
ibrat bo‘lsin», deb tutilganlardan uchtasining burnini, ikkitasini qulog‘ini kestiradi-yu, 
qo‘yib yuboradi. Bir siqim meva uchun qilingan bu vahshiylik tufayli Mamat endi yozda 
ham telpagini kesik qulog‘idan pastgacha bostirib kiyadigan bo‘lgan. Ba’zida u o‘ziga-o‘zi 
tasalli beradi: 
— Qo‘loqni-ku, jashirsa bo‘ladi, burnim kesilsa nima qilar edim? 
Bobur ko‘chadan o‘tayotib goho burni kesilgan bechoralarni ham ko‘rib qoladi. 
U bir vaqtlar o‘zi Samarqandni yetti oy qamal qilib yotganda odamlarning boshiga 
qanchalik og‘ir kulfatlar tushganini mana endi chinakam bilyapti. O‘sha ocharchilikda 
sahhoflik rastasiga borganlarida o‘g‘li kunjara yeb shishib o‘lgan, o‘zi jinni bo‘lib qolgan 
bir kampir xudoni qarg‘ab, «Ilohim o‘zi ham shu ko‘yga tushsin!» — deganini Bobur endi 
qasoskor taqdirning hukmidek eslaydi... 
Kambag‘allar kulbasidan boshlangan ochlik asta-sekin navkarlar, beklar qarorgohiga 
ham, podshoh saroyiga ham o‘rmalab keldi. Mana, o‘n kundirki, Bobur non yuzini 
ko‘rmaydi. Un allaqachon tugagan, unga oltin-kumush idishlarda ertalab bir siqim mayiz 
bilan choy, kechqurun tuya go‘shtidan pishirilgan bir kosa sho‘rva yoki uch-to‘rt tuyur 
kabob beradilar. Bobur oltinlari yaltiragan shohona idish-tovoqlarga termilib qaraydi-yu, 
hozir shularning hammasidan bir parcha nonni afzal ko‘radi. Lekin non oltinga ham 
topilmaydi. 
Oyisha begimning olti oylik emizikli qizchasi big‘illab yig‘laydi. Chunki ozib, madordan 
ketib qolgan Oyisha begimning siynasidan sut kelmaydi. Yaqinda bola ko‘rgan boshqa bir 
onani topib, Faxrinisoni besh-o‘n kun emizdirgan edilar, falokat yuz berdi, u ona vaboga 
uchragan xonadondan ekan. Dahshatli kasallik Faxrinisoga yuqdi-yu, ikki kun ichida bola 
mumday erib jon berdi. 
Bobur kafanga o‘ralgan go‘dakni yangi qazilgan qabr oldigacha ko‘tarib borar ekan, 
uning burishgan yuzchasiga yuzini bosib yig‘lab yubordi: «Mayli, shu vabo menga ham 
yuqsinu bu azoblardan birato‘la xalos bo‘lay!» — degan alamli o‘y bilan go‘dakning 
sovuq lablaridan o‘pdi. 
G‘alaba kunlari dunyoga kelib Faxriniso nomini olgan qizchani qabrga qo‘yib, ustiga 
tuproq tortganlarida Bobur bir lahza o‘zini uning o‘rnida ko‘rdi, hali tirik bo‘lsa ham 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin