Laboratoriya ishi №13



Yüklə 1,89 Mb.
səhifə2/2
tarix01.01.2022
ölçüsü1,89 Mb.
#107331
1   2
LABORATORIYA ISHI 000

Topshiriqlar:

1. CorelDraw dasturining10 ta uskunalari va ularning vazifalarini yoritib bering.

t/r

Instrument tasviri

Instrumentning inglizcha nomi

Instrumentning ruscha nomi

Aktivlashti-ruvchi tugmalar majmui

Instrumentning vazifasi(o’zbek tilida)

11



Cut

Вырезать

Ctrl+X

Belgilangan sohani qirqib olish

22



Copy

Копировать

Ctrl+C

Belgilangan sohaning nusxasini olish

33



Paste

Вставит

Ctrl+V

Xotiraga olingan sohani qo’yish

44



Undo

Отменить

Ctrl+Z

Oxirgi amalni bekor qilish

55



Bold

Жирный

Ctrl+B

Matnnni qalin holatga o’tkazish

16



Zoom tool

Масштаб

Z

Tasvirning masshtabini belgilash

77



New

Новый

Ctrl+N

Yangi hujjat hosil qilish


88



Open

Открыть

Ctrl+O

Xotiradagi mavjud hujjadni ochish

99



Save

Сохранить

Ctrl+S

Tayyorlangan hujjatni xotiraga saqlash

110



Print

Печать

Ctrl+P

Tayyor bo’lgan tasvirni qog’ozga chop etish


2. Corel Draw dasturida egri chiziqlar yordamida tasvirlar xosil qiling.

3. Forma (Shape) buyrug‘i yordamida obyektning shaklini o‘zgartiring.





XULOSA

COREL DRAW- vektorli grafikaning WINDOWS operatsion sistemasida ishlaydigan yangi grafiklar yaratish va taHrir qiluvchi dasturidir.Uning yordamida turli grafik ko`rinishlarni loyiHalash, fotomatn,tasvirlar ustida ishlash, ayniqsa badiiy ko`rinishdagi kompazitsiyalarni taHrir qilish bilan boғliq amallarni bajarish mumkin.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. С.В.Симонович и др. Специальная информатика: Учебное пособие-Москва, 2000.

2. www.arxiv.uz


3. www.aim.uz
















LABORATORIYA ISHI № 14



Laboratoriya jihozlari: Adobe Photoshop dasturi.

Mavzu: Adobe Photoshop dasturi interfeysini sozlash.

I. Ishning maqsadi:Adobe photoshop dasturi, uning interfeysi, uskunalari va menyulari tarkibi hamda funktsiyalari bilan tanishish.

II. Nazariy qism:

Adobe Photoshop tasvir tahrir qiluvchisi yordamida fotosuratlar-ga qo'shimchalar kiritish, fotosuratdagi dog'larni o'chirish, eski rasm-larni qayta ishlash va tiklash, rasmlarga matn kiritish, qo'shimcha maxsus effektlar bilan boyitish, bir fotosuratdagi elementlarni ikkinchi fotosuratga olib o'tish, suratdagi ranglami o'zgartirish, almashtirish mumkin. Adobe Photoshop imkoniyatlari keng qamrovli bo'lib, u gazeta va jurnallarni turli-tuman rasmlar bilan boyitishda juda katta qulayliklar yaratadi.

Adobe Photoshop, ayniqsa. jumalistlar, rassomlarga o'zlarining ijodiy imkoniyatlarini to'la amalga oshirishlarida yordam beradi. Juma-listika va bevosita matbuot yoki nashriyot sohasiga aloqador bo'lgan shaxslarning mazkur dastur bilan ishlashni bilishi ular uchun qo'shim­cha imkoniyatlarni yaratib beradi.

Adobe Photoshop juda murakkab dasturdir. Foydalanuvchilar uning asosiy imkoniyatlaridangina foydalanadilar, xolos.

Adobe Photoshop dasturi quyidagicha ishga tushiriladi:

1.Пуск — Программы — Photoshop buyrug'i orqali.

2. Программы bo'limida mavjud Adobe Photoshop uchun maxsus belgida «sichqoncha»ning chap tugmasi ikki marta bosiladi.

Adobe Photoshop dasturidan chiqish uchun quyidagi usullarning biridan foydalanish mumkin:

AIt+F4 tugmalarini bosish.

«Файл menyusining Выход buyrug'ini tanlash. -Ekranning yuqori qismi o'ng burchagida joylashgan x belgisini

bosish yoki Закрыть buyrug'ini bajarish.

Adobe Photoshop dasturi ishga tushirilgandan so'ng ekranda Adobe Photoshop tasvir tahrir qiluvchi darcha hosil bo'ladi.




III. Topshiriqlar:

1. Adobe Photoshop dasturi uskunalaridan 10 ta uskuna xaqida to’liq axborot bering.





Asbob nomi

Tasviri

Asbobning vazifasi (o’zbekcha)

Tugmalar majmuasi

O’zbekcha

Ruscha

1

Tomizgich

Пипетка



Kerakli rangni belgilash uchun ishlatiladi

I

2

Mo’yqalam

Кисть



Tasvirga chizish uchun xizmat qiladi

B

3

Muhr

Штамп



Tasvirga shtamp bosish uchun xizmat qiladi

S

4

Matn

Текст



Tasvirga matn joylash

T

5

O’chirg’ich

Ластик



Ortiqcha joylarni o’chirish uchun ishlatiladi

E

6

Ko’chirish

Перемещения



Belgilangan sohani ko’chirish uchun xizmat qiladi

V

7

To’rtburchak hudud

Прямоуголная область



To’rtburchak sohani belgilash

М

8

Lasso

Лассо



Kerakli ob’yektni egri chiziqlar bo’ylab belgilash

L

9

Tezkor belgilash

Быстрое выделение



Kerakli sohani tezkor belgilash

W

10

Ramka

Рамка



Tasvirning kerakli joyini belgilab qolgan joylarini o’chirib yuborish

C

2. Adobe Photoshop dasturida har bir menyudan bittadan amalni yoritib bering.





Menyu nomi

Amal nomi

Vazifasi (o’zb)

Tugmalar majmuasi

1

Файл

Сохранить как

Hujjatni boshqa nom bilan saqlash

Ctrl+Shift+S

2

Редактирвание

Вырезить

Belgilangan sohani qirqib olish

Ctrl+X

3

Изображение

900 по часовой

Tasvirni 90 gradus soat mili bo’ylab burish




4

Слои

Слой…

Yangi qatlam hosil qilish

Ctrl+Shift+N

5


Выделение

Все

Hammasini belgilash

Ctrl+A

6

Просмотр

Увеличить

Tasvirni kattalshtirib ko’rish

Ctrl++

7

Окно

Анимация

Animatsiya hosil qilish oynasini ochish




8

Справка

Обоновления

Dasturni yangi versiyasini ko’rish va o’rnatish






XULOSA

Adobe Photoshop — Adobe Inc. firmasi tomonidan ishlab chiqilgan va tarqatilyotgan koʻpfunksiyali grafik redaktor. Asosan rastrli tasvirlar bilan ishlashga moʻljallangan, biroq bir nechta vektorli vositalariga ega. Dastur Adobe firmasi mahsuloti sifatida mashhur va rastrli tasvirlarni tahrirlashda dunyoda eng oldi brendi hisoblanadi. Hozirda Photoshop macOS, Windows platformalariga, iOSWindows Phone va Android mobil tizimlariga moslashtirilgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1. M.T.Azimjonovna, M.Fozilova “Informatika va axborot texnologiyalari, o’quv qo’llanma” Toshkent 2013

2. M.Aripov, A.Madrahimov “Informatika, information texnologiyalar” Toshkent 2004

3. www.ziyonet.uz



LABORATORIYA ISHI № 15



Laboratoriya jihozlari: Adobe Photoshop dasturi.

Mavzu: Adobe Photoshop dasturida turli uskunalar bilan tasvirlar yaratish.

Ishning maqsadi:Adobe Photoshop dasturida turli uskunalarning vazifalari imkoniyatlari bilan tanishish.

Nazariy qism:

Adobe Photoshop asboblar panelida turli xil ishni bajariadigan oynalar joylashgan. Har biri Adobe Photoshop dasturining biror-bir buyrug’ini anglatadi. Agar asboblar panelida biron-bir oyna bo’lmasa, menyu satring Okno punktida Vkl. Panel buyrug’ini tanlang.

Adobe Photoshop dasturida jami 46 ta asboblar mavjud bo’lib, ulardan 20 tasi bevosita dastur ishga tushirilganda oynada ko’zga tashlanib turadi. +olganlarini qo’shimcha buyruqlarni bajarish orqali ishga tushirish mumkin. Agar asboblar panelida joylashgan oynaning ostki qism o’ng burchagida kichik uchburchak shakli tasvirlangan bo’lsa, bu tasvir ushbu oyna tarkibida o’xshash buyruqni bajaruvchi asboblar yashiringanligidan darak beradi.

Yashiringan asbobni aktivlashtirish uchun kursorni maxsus belgili oyna ustida «sichqoncha» ning chap tugmasini bosgan holda asboblar panelidan tashqariga olib chiqariladi va kerakli oyna ustida kursorni qoldirib «sichqoncha» ning chap tugmasi qo’yib yuboriladi.

Har bir oynaga kursor yaqinlashtirilsa, kursor belgisi ostidagi asbobning kanday vazifani bajarishi xaqidagi axborot paydo bo’ladi.




Topshiriqlar:

1. Adobe Photoshop dasturida “Ufq” (Градиент) uskunasi yordamida fon hosil qiling.



2. Adobe Photoshop dasturida “Matn” (Текст) uskunasi yordamida familiya va ismingizni yozing.

Текст uskunasidan foydalanib hujjatga ism va familiyamizni kiritamiz:


3. Kiritilgan matn uchun turli ranglarni qo’llang.

Kiritgan matnimizga turli rang va effektlar beramiz:

XULOSA


Adobe Photoshop juda keng imkoniyatlarga ega. Bu dasturdan fotograflar rasmlar ustida ishlashda keng foydalanishadi. Ranglar uyg`unligini kuchaytirishda keng qo`llanishadi.Bu dasturda instrumentlar paneli juda yaxshi va mukammal o`ylab topilgan va kiritilgan. Bu ayniqsa dizaynerlarga juda qo`l keladi va ular bu dasturdan foydalanishmoqda. Adobe Photoshop dasturi o`zida butun ranglar spektrini jamlab olganligi bois fotorasmlarni ranglarini uyg`unlashtirishda juda asqotadi. Xullas , bu dastur rassomlar va dizaynerlar keng qo`llaniladigan dasturdir.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. E.I.Ruziеv. Grafik dizayn – T 1993 6. E.I.Ro`ziеv. «Grafika» Intеgrativ kursining variativ dasturlari.T 1997

2. E.I.Ro`ziеv. Tехnik grafika va dizayn asоslari. T 1995

3. www.ziyonet.uz







LABORATORIYA ISHI № 16



Laboratoriya jihozlari: 3DS MAX dasturi.
Mavzu: 3DS MAX dasturida ob’ektlar ustida bajariladigan operatsiyalar.
Ishning maqsadi:3DS MAX dasturida ob’ektlar ustida bajariladigan operatsiyalarni o’rganish.
Nazariy qism:
3D Studio MAX uch o‘lchovli modellashtirish va ko‘rgazmali namoyish qilishning (vizualizasiya) yangicha bosqichi hisoblanadi. Bu dastur yordamida yuqori sifatli animasiya va uch o‘lchovli modellarni professional darajada yaratish mumkin. Bunda siz ikki o‘lchovli va uch o‘lchovli ob‘yektlarni qo‘llashingiz mumkin. Bu dastur yordamida yuqori sifatli multiplikasion filmlar, ma‘lum fanlar bo‘yicha ko‘rgazmali dasturlar tuzish mumkin.

3D Studio MAX da ob‘yektlarni qurish maydoni (viewport)da yaratasiz. Buning uchun siz kerakli asbobni tanlab, kursorni qurish maydoniga keltirganingizda kursor shakli o‘zgaradi. Sichqoncha yordamida ob‘yektning o‘lchovlarini berasiz. Yaratilgan ob‘yektlarda kino effektlar yaratish uchun maxsus kamera va yoritgich asboblarini qo‘llashingiz mumkin. Ob‘yekt sirti uchun turli material tanlashingiz mumkin, ya‘ni unga masalan shaffof yoki g‘adir-budir sirt berishingiz mumkin bo‘ladi.

Qurish maydonida yaratilgan ob‘yektlarni harakatlantirib, kichik animasiya hosil qilish mumkin. Buning uchun {Animasiya} tugmasini bosib, kadrlarni o‘zgartirgan holda ob‘yektni harakatlantirish bilan oxirgi kadrga kelinadi. So‘ngra animasiya panelidan {Play} tugmasi bosiladi. Natijada kadrlar almashinib, animasiya hosil bo‘ladi. Bu yaratilgan animasiyani fayl ko‘rinishida komp‘yuter xotirasida saqlash va istalgan video tasvirlarni o‘qiy oladigan dastur yordamida o‘qishimiz mumkin. Fayl *.avi kengaytmali formatda saqlanadi.




T opshiriqlar:

1. 3 DS Max dasturi interfeysi bilan tanishish.

1.

2. 3D MAX dasturining qo’shimcha imkoniyatlari, Primitivlar tushunchasi.

Uch o'lchovli primitivlar ko'plab kompyuter grafikasi dasturiy ta'minot paketlarining asosini tashkil etadi va turli xil oddiy shakllarni yaratish qobiliyatini ta'minlaydi. Uch o'lchovli ibtidoiylar ko'pincha kerakli modelni yaratish uchun birlashtirilishi yoki o'zgartirilishi kerak.

3D Studio Max-da ikkita kutubxona ibtidoiy to'plami mavjud:

1. Standart ibtidoiy narsalar - quti, sfera, geosfera, konus, silindr, quvur, Torus, piramida, choynak, prizma.

2. Kengaytirilgan primitivlar - Hedra, Torus tuguni, paxta qutisi, paxta tsilindri, moy tanki, kapsula, mil, L ekstruziyasi, C ekstruziyasi, Gengon.


Topshiriqlarni bajarilishi:

Bu yerda bajarilgan topshiriq natijalarini yozing va tayyorlangan topshiriq natijalarini (fayllarni) ilova qiling.


XULOSA

3D Studio MAX uch o’lchovli modellashtirish va ko’rgazmali namoyish qilishning (vizualizasiya) yangicha bosqichi hisoblanadi. Bu dastur yordamida yuqori sifatli animasiya va uch o’lchovli modellarni professional darajada yaratish mumkin. Bunda siz ikki o’lchovli va uch o’lchovli ob’yektlarni qo’llashingiz mumkin. Bu dastur yordamida yuqori sifatli multiplikasion filmlar, ma’lum fanlar bo’yicha ko’rgazmali dasturlar tuzish mumkin.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. E.I.Ruziеv. Grafik dizayn – T 1993 6. E.I.Ro`ziеv. «Grafika» Intеgrativ kursining variativ dasturlari.T 1997



2. E.I.Ro`ziеv. Tехnik grafika va dizayn asоslari. T 1995

3. www.ziyonet.uz
Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin