Amaliy tilshunoslik. Tilshunoslikning lingvistik masalalarni (mas., mashina tarjimasini) hal etishni hisobga olgan holda amaliy yo‘l bilan o‘rganuvchi sohalari (eksperimental fonetika, leksikografiya, lingvostatistika kabi).
Elektron lug'atlar - odatdagi lug'atlar asosida leksikografiya sohasiga kompyuter texnologiyalarining tatbiq etilishi natijasida yaratilgan, multimedia vositalari bilan boyitilgan dastur.
Ikki tillilik- ikki tilda bemalol fikrlay olish; ikki tilni bir xilda egallaganlik; zullisonaynlik.
Ikki tilli lug‘at - bir tilning lug‘aviy birliklarini boshqa tilga tarjima qilib beriladigan lug‘at. Mac., ruscha-o‘zbekcha lug‘at, o‘zbekcha-ruscha lug‘at.
Izohli lug‘at- lug‘aviy birlik ma'nolari keng izohlanadigan, grammatik, uslubiy va bошқа belgilari ham qayd etiladigan lug‘at. Mac., 2006-2008 yillarda nashr etilgan besh jildli «O‘zbek tilining izohli lug‘ati».
Kompyuter leksikografiyasi (elektron lug'atlar tuzish) - muayyan til leksikonida-gi so'zlarning ma’lurnotlar bazasi va maxsus programmalashtirish tillari yordamida ishlash tizimiga ega bo'lgan dasturlar (kompyuter lug'atlari) yaratish bilan shug'ullanuvchi soha.
Online lug'atlar- ochiq turdagi Internet tizimida ishlaydigan lug'atlar. Bu lug'atlarning aktivlashishi uchun albatta internetga ulanish lozim. Ularning afzalligi shundaki, foydalanuvchilar ushbu lug'atlar bazasini to'ldirib borish, boyitish imkonini beradi.
Qomusiy lug‘at - turli ijtimoiy sohalarga oid muhim ma’lumot beradigan, voqelikni (kishi nomlarini, muhim voqea-hodisalarni va b. haqida) batafsil izohlaydigan lug‘at.
Tezaurus (yun. lhesauros “xazina”) - tilga oid leksik tarkibni to‘la hajmda aks ettiruvchi lug‘at.
Termin (lot. terminus - “ chek”, “chegara”, “chegara belgisi”) - fan, texnika va boshqa sohaga oid tushunchani aniq ifodalaydigan, ishlatilish doirasi shu sohalar bilan chegaralangan so‘z yoki so‘z birikmasi. Terminlar bir ma'noli bo‘lishi, ekspressivlik va emotsionallikka ega bo‘lmasligi bilan ham umumiste'moldagi so‘zlardan farqlanadi. Mac., lingvistik terminlar: bo'g'in, urg'u, ega, kesim...; geometriyaga oid terminlar: yuza, lo'r/burchak...: fizikaga oid terminlar: harakat,tezlanish, maydon; kimyoga oid terminlar: kumush, ishqor, tuz, rux va b.