Leksikografiya asoslari



Yüklə 234,64 Kb.
səhifə2/35
tarix03.09.2023
ölçüsü234,64 Kb.
#128821
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
3-kurs.sirtqi.Ma\'ruza

Alp er Toqa oldimu,
Esiz azun qaldimu,
Oblak ocin aldimu,
Emdi yurak yirtilur. -
Alp Er To‘nga (Afrasiyob) o‘ldimi?
Esiz dunyo qoldimi?
Dunyo undan o‘chini oldimi?
Endi yurak uning uchun qayg‘u chekmoqda” (MK.I.77).
Yana misollar:
"og - aql va ziyraklik. Shuning uchun yoshi ulug‘ va aqllilarga oga laqabi beriladi. Bu so‘z o‘rta yoshga yetib ulg‘aygan har bir hayvonga nisbatan ham ishlatiladi; shuningdek, to‘rt yoshdan oshgan otlarga og at deydilar” (MK.I.82).
"qus - qush. Jamlikni bildiradigan turdosh ot. Keyin bularni bir-biridan farqlashda ayrim so‘zlar qo‘shiladi: oruq qus - oq lochin; qara qus - burgut; teway qus - tuyaqush; yun qus - tovus; el qus - ilqush, qirg‘iy.
So‘ngra Mushtariy yulduziga ham qaraqus deyiladi. Qaraqus tugdi - Mushtariy yulduzi chiqdi, demakdir; u tong chog‘ida chiqadi. O‘g‘uzlar tuya oyoqlarining uchiga ham qaraqus deydilar; qiz qus - tukining rangi abi barakis rangiga o‘xshash bo‘lgan bir qush, ya’ni qizil to‘sh qush” (MK.I.319).
"temur- temir: kok temur keru turmas- ko‘k temir bekor turmaydi, yetgan joyini yaralaydi. Buning boshqa bir ma’nosi ham bor. Qirg‘iz, yabaqu, qipchoq va boshqalar biror kishiga qasam ichirganda yoki undan biror narsaga va’da olganda, qilichni uning oldiga ko‘ndalang qo‘yib: kokkirsun, qizil ciqsun deydilar, ya’ni "va’da buzilsa, bu ko‘k kirsin, qizil chiqsin, ya’ni qonga belanib chiqsin. Bu ahd buzilsa, temir seni o‘ldirsin, o‘ch olsin” demakdir. Chunki ular temirni hurmat qiladilar” (MK.I.342).
Mahmud Koshg‘ariy o‘z davridagi dialektlarning leksik xususiyatlarini ham to‘liq ko‘rsatib bergan. Muallif so‘zlarni izohlar ekan, o‘rni bilan ularning qaysi bir dialektga mansub ekanligi, dialektlardagi o‘ziga xos ma’no xususiyatlari va boshqa muhim tomonlari haqida ham to‘xtalib o‘tadi. Bu esa ana shu so‘zning dialektal xarakterini ochib beradi. Shu o‘rinda Mahmud Koshg‘ariy tomonidan ma’lum bir dialektga mansub deb izohlangan so‘zlardan keltiramiz:
O‘g‘uzlar qo‘llaydigan so‘zlar: asaq "tuban, quyi” (I.97), aliq "qush tumshug‘i” (I.98), ekin "ekin; ekin ekiladigan yer” (I.107), uyaz "kichik chivin” (1.112), arsu "har bir jo‘n narsa” (I.148), jar (car?) "vaqt” (I.312), cer "ro‘para” (I.312), endak "sath” (I.130), orkan "qayish” (I.132), eyla "shunday” (I.137), etrak "rangi sariq odam” (I.127), pamuq "momiq, paxta” (I.360), tolak "tinch va og‘ir kishi” (I.368), sindu "qaychi” (I.395), qarincaq "chumoli” (I.460), seca "chumchuq” (III.238) va b.
Chigillar qo‘llaydigan so‘zlar: ud“sigir” (I.80), azun “dunyo” (I.106), uzi “ikki tog‘ orasidagi keng yo‘l” (I.116), aybaq “kal” (I.139), otki “evaz, badal” (I.149), cekak “chechak kasalligi” (I.369), saman “somon” (I.392), qucgundi “piyoz” (I.454).
Qarluqcha so‘zlar: ulicim “o‘g‘ilcham, qarog‘im” (I.86), sugut “suzma” (I.337), 'it kerdi “it vovulladi” (II.15).
Qipchoqcha so‘zlar: okil “ko‘p” (I.103), aba “ayig‘” (I.113), sulaq “qora jigar” (I.390), ajan “ikki yelkanli kema” (I.144).
Arg‘ucha so‘zlar: (arg‘ular ikki tilda so‘zlashuvchilar deb ko‘rsatiladi I.65): ubluq “og‘il, molxona” (I.124), ibrik ( “qattiq narsa” (I.128), ogla “yosh yigit” (I.149), qiz kisi “baxil odam” (I.315), buk “burchak” (I.321), cigit “paxta urug‘i, chigit” (I.337), kobaj “ko‘za” (I.341), qabiq “yog‘och idish” (I.363), tudric “go‘ng” (i.422), bastar “o‘roq” (I.424), bitrik“pista” (i.441).
Yag‘mocha so‘zlar: carun “chipor daraxti” (I.392), cigna “surgi” (I.408).
Bulg‘orcha so‘zlar: awus “mum” (I.91).
Barsag‘ancha so‘zlar: arig “chodir pardasi” (I.94), tunak “zindon” (I.387), sokti “kepak” (I.394), aci “keksa xotin” (I.114).
Qashqarcha so‘zlar: sibut “kashnich” (I.337), butiq “kichik mesh” (I.358).
Turkmancha so‘zlar: qarit “o‘g‘irlash, talash” (I.338), taquq “tovuq” (II.330).
Kanjakcha so‘zlar: kenba “bir o‘simlik” (I.393), korka “yog‘och kosa” (I.405).
Devonda bir guruh so‘zlar bir qancha dialektlar uchun umumiy bo‘lgan deb ko‘rsatiladi. Jumladan, quyidagi so‘zlar o‘g‘uz va qipchoqlarda qo‘llanilishi ta’kidlangan: alig “har narsaning qaytarilishi” (I.95), ariq “oriq, zaif’ (I.97), cufga (cuwga?) “yo‘l boshlovchi, rahbar” (I.400). Yoki yana misollarni kuzating: ebmak “non” (yag‘mo, tuxsi va ba’zi o‘g‘uz va qipchoqlar so‘zi) (I.126), urga “katta daraxt” (o‘g‘uz va arg‘ucha) (I.148), benak “urug‘” (arg‘u va ba’zi dialektlarda) (I.367).
Ayrim so‘zlar bir dialektda ma’lum bir shaklda bo‘lsa, ikkinchi dialektda uning o‘rnida boshqa so‘z qo‘llanilgan. Bu narsa Mahmud Koshg‘ariy tomonidan ham alohida qayd etilgan: Masalan, boshqa turklar idish, kosa, piyolani ayaq desalar, o‘g‘uzlar uning o‘rnida janaq (canaq?) so‘zini qo‘llaganlar (I.112), turklar abin (boshqa, bo‘lak) desalar, o‘g‘uzlar abruq deganlar (I.124), boshqalar kamar, to‘qa va egarning boshiga o‘rnatish uchun oltin-kumushdan ishlangan ziynatni ustam, o‘g‘uzlar esa saxt deganlar (I.131), turklar almila (ya’ni olma) desalar, o‘g‘uzlar alma so‘zini qo‘llaganlar (I.150), boshqa turklar har bir oq rangni drug, o‘g‘uzlar aq // a:q deganlar (I.153), boshqalar sharob, musallas, mayni sucik, Ila vodiysida yashovchilar (yag‘mo, tuxsi va chigillar) mayni qizil sucik deb ataganlar (I.387). Ko‘pchilik turklar ciqti desalar, yag‘mo, tuxsi, yaboqu, qipchoq va ba’zi turkman urug‘lari xuddi shu ma’noda tasiqti so‘zini qo‘llaganlar: er ewdin tasiqti “odam uydan tashqari chiqdi” (II. 131).
Leksik qatlam orasida bir dialektda ma’lum ma’noda, boshqasida ikkinchi ma’noda qo‘llanuvchi so‘zlar ham bo‘lgan: Chigil turklarida ulus “qishloq” ma’nosida qo‘llanilgan bo‘lsa, Balasag‘un va ularning yuqori yonidagi arg‘ular tilida “shahar” ma’nosini anglatgan (I.94), boshqa turklarda iqak so‘zi “sigir” ma’nosida qo‘llanilgan bo‘lsa, o‘g‘uzlar toshbaqaning urg‘ochisini shu so‘z bilan ataganlar (I.135), boshqalar oshxonani asliq, o‘g‘uzlar bug‘doyni asliq deganlar (I.137), boshqa turklar burgutni va Mushtariy yulduzini qara qus deb atagan bo‘lsalar, o‘g‘uzlar tuya oyoqlarini uchiga ham shu so‘zni qo‘llaganlar (I.319). “Kend - o‘g‘uzlar va ular bilan yaqin turuvchilar tilida qishloq. Ko‘pchilik turklar nazdida viloyatdir” (I.330), boshqa turklar qurt (hasharot)ni qurt deganlar, faqat o‘g‘uzlar bo‘rini shunday deb atagan (I.328), boshqalar odamlar orasidagi shodlik va kulgini babram, o‘g‘uzlar hayit kunini bayram deydilar (I.447). Turklar sen so‘zini kichiklarga, xizmatchilarga hamda so‘zlovchidan daraja, martaba, yoshda quyi bo‘lgan kishilarga nisbatan qo‘llaganlar. O‘zlaridan yuqori hurmatli kishilarni siz deganlar. O‘g‘uzlar esa, aksincha, kattalarga sen, kichiklarga siz deb qo‘llaydilar. Ko‘plikda ham shuni ishlatganlar (I.326). Ko‘pchilik turklarda capildi so‘zi “suvaldi, chapildi” ma’nolarini anglatgan bo‘lsa, uyg‘urlarda bu so‘z “bo‘yniga urmoq” ma’nosidadir (II.135).
Polisemantik so‘zlarning ba’zi bir ma’nolari ayrim dialektlardagina amal qilgan. Chunonchi, o‘g‘uzlarda caqdi so‘zining “eshittirdi, aytdi” ma’nosi ham qo‘llanilgan: ol sozug an'iq qulaqqa caqdi “u so‘zni uning qulog‘iga eshittirdi” (II.24). Soqdi (maydaladi; cho‘qidi; chaqdi) so‘zining “chaqmoq” ma’nosi o‘g‘uzlarga xosdir: any'ilan soqdi “uni ilon chaqdi” (II.26).
Bir guruh so‘zlar dialektlarda stilistik jihatdan ham chegaralangan edi. Jumladan, qildi salbiy ma’noda ham qo‘llanilgani sababli, o‘g‘uzlar undan qochib, uning o‘rnida etti so‘zini qo‘llaydilar: eryukunc etti “odam namoz o‘qidi”. Turklar esa qildi so‘zini qo‘llaganlar (II.33). Yoki turklardagi tekindi - “erishdi, muyassar bo‘ldi” ma’nosidagi so‘zini, devon muallifining yozishicha, o‘g‘uzlar “yoqtirmaydilar” (II.166).
O‘zlashgan so‘zlarning miqdori bo‘yicha ham dialektlar orasida farq bo‘lgan. Buni Mahmud Koshg‘ariyning quyidagi ma’lumotida ham ko‘ramiz: “O‘g‘uzlar forslar bilan aralashgach, ba’zi so‘zlarni unutdilar va ularning o‘rniga forscha so‘zlar qo‘llay boshladilar: qumgan o‘rnida aftaba; baqan o‘rnida qal'ida (bo‘yin tumor)”



Yüklə 234,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin