Leksikografiya asoslari


Muhammad Shayboniyning turkiy til grammatikasiga bag‘ishlangan asari



Yüklə 234,64 Kb.
səhifə8/35
tarix03.09.2023
ölçüsü234,64 Kb.
#128821
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35
3-kurs.sirtqi.Ma\'ruza

Muhammad Shayboniyning turkiy til grammatikasiga bag‘ishlangan asari
Hasanxoja Nisoriy o‘zining “Muzakkiri ahbob” tazkirasida Muhammad Shayboniyxon haqida ma’lumot bera turib, yozadi: “Deydilarki, xon Hazora qal’asi fathiga otlanganda bir g‘azal bitib, Hiri shayxu-l-islomi va Qozi Ixtiyorga yuboribdi. ... Qozi Ixtiyor turkiy tilni bilmas ekan, uning uchun turkiy til qonun-qoidalari kitobini bitib yuboribdi” (MA.21). Ushbu ma’lumotlarga qaraganda, Shayboniyxonning she’riy devonidan tashqari, turkiy tilga bag‘ishlangan grammatik asari ham bo‘lgan, mazkur asar forsiyda bitilgan. Biroq u kunimizga qadar saqlangan emas.
Badoyi-al-lug‘at”
Alisher Navoiy asarlari bo‘yicha tuzilgan birinchi lug‘atdir. Uni taxminan 1500 yili Husayn Boyqaro farmoniga ko‘ra Tole Imoniy Hiraviy tuzgan. Husayn Boyqaro ushbu lug‘atni tuzishni boshqa birovga emas, aynan shu olimga topshirganligi bejiz emas. Bu uning iqtidoridan, kuchli olim, bu sohani o‘ta darajada yaxshi bilganidan dalolatdir. Navoiy “Majolisu-n-nafois”ning birinchi majlisida Tole Imoniy Hiraviyni o‘ziga zamondosh, to‘g‘rirog‘i, u yosh ekanligi chog‘ida yashab o‘tgan shoirlar qatorida tilga olgan edi; uni Mavlono Toleiy degan. Tazkirada hatto uning bir forsiy baytidan misol ham keltiradi. Tole Imoniyning yoshi Novoiydan bir oz ulug‘ bo‘lgani uchun uni shu turkumga kiritgan ko‘rinadi (qarang: Щerbak 1962,53).
“Badoyiu-l-lug‘at”ning hijriy 1117 (melodiy 1705-1706) yili ko‘chirilgan qo‘lyozmasi Sankt- Peterburgdagi M.Ye. Saltikov-Shchedrin nomidagi davlat kutubxonasida saqlanmoqda (Xanikov kolleksiyasi, 35- sonli qo‘lyozma). Asarni A.K. Borovkov faksimili bilan birga chop ettirgan (qarang: Borovkov 1961).
Lug‘atda Navoiy asarlarida qo‘llangan 854 ta asosan kelib chiqishi turkiy, oz sonli arabcha so‘zlar fors tilida izohlangan (qarang: Hasanov 1989(1),4-16). Har bir so‘zning tovush tuzilishi, uning ma’nosi, grammatik xususiyatlari haqida ma’lumot beriladi. Lug‘atda so‘zlarning ma’nosini ochiqlash maqsadida Navoiyning “Xamsa”, “Lisonu-t-tayr” dostonlari, “Mahbubu-l-qulub”, “Majolisu-n-nafois” asarlari, “Xazoyinu-l-maoniy” devonidan misollar keltiriladi. Misollar keltirilganda, ayniqsa, she’riy baytlarning mazmuni forschada izohlanadi.
Lug‘atda Lutfiy, Husayn Boyqaro she’rlaridan, Mir Haydarning “Maxzanu-l-asror” asarlaridan ham misollar berilgan. Suhayliy va Azraqiydan esa bittadan misol berilgan.
Har bir so‘zning ma’nolari va ma’nolar tasdig‘i uchun keltirilgan misollar birgalikda lug‘at maqolani tashkil qiladi. Bosh so‘z matnda boshqalaridan ajratilib qizilda bitilgan, ba’zan ustiga chiziq tortib ham qo‘yilgan.
Lug‘atda so‘zlar birinchi harfi bo‘yicha arab alifbosi tartibida keladi. Har bir harf bilan boshlangan so‘zlar birgalikda bab deb ataladi. Turkiy so‘zlar ichida arab tiliga xos ayrim tovushlar bilan boshlanuvchi so‘zlarning uchramasligi sababli boblarning soni ham ozroq - ular yigirma to‘rtta.
Lug‘atdagi fonetik va grammatik izohlar o‘ta ahamiyatli. Bu izohlar turkiy tilni yaxshi bilmagan kishilarga asqotadi. Qolaversa, hozirgi fan uchun ham Navoiy asarlari, qolaversa, klassik asarlar tilini o‘rganishda ishonchli dalildir.
Tole Imoniy unlilar uchun ^b^lj (val-isba’) (ya’ni “isba’ bilan') hamda ^Ь^Ь (bil-isba’) (“isba’siz”) atamalarini qo‘llagan. A.K. Borovkov val-isba’ atamasini “s nasыщeniyam”, bil- isba’ atamasini esa “bez nasыщeniya” deya talqin qiladi. Uningcha, Tole Imoniy val-isba’ atamasi ostida tor i, i, u, u unlilarini, bil-isba’ atamasi ostida esa o‘rtator e, o, o unlilarini ko‘zda tutgan. Masalan, <^> I dagi “alif” isba’li kasra bilan (“s nasыщeniyam”) talaffuz qilinsa - “ish”(delo); agar “alif” isba’ siz kasra bilan (“bez nasыщeniya”) o‘qilsa - “eshmak” (“vit”, “pryast”) so‘zi anglashiladi (Borovkov 1961,12).
Lug‘atda muallif so‘zlarni ko‘proq yozilishiga ko‘ra turkumlashtiradi: birinchi yozilishini berib, so‘ng ularning talaffuzi va ma’nosini izohlaydi. Shuning uchun ham hozirgi izlanuvchi bunday so‘zlarning talaffuzini aniqlashda o‘ta hushyor bo‘lmog‘i kerak. Masalan, 1Ҳ> (35b) so‘zi ayla (ya’ni “shunday”) ma’nosini anglatadi, agar undagi “alif” kasra bilan o‘qilsa - ila (ya’ni “bilan”) so‘zi kelib chiqadi. J^ (42a) ham ikki xil o‘qiladi va ikki so‘z anglashiladi: bel va bil-. Yoki: JjS (71b) ni isba’bilan o‘qilsa - qiyin (ya’ni “qiyin”), agar isba’ siz o‘qilsa - qin (ya’ni “qin, pichoqning qini”) anglashiladi; jj' ni isba’ li zamma bilan o‘qilsa - “nido” (“sas, ovoz, un”); agar bu so‘z isba’ siz o‘qilsa - “o‘n” raqami anglashiladi (22b).
So‘zning birinchi harfini undan keyingi unli bilan birga to‘g‘ri o‘qish uchun bi-fath (a-a bilan), bi-zamm (u-u-o-o bilan), bi-kasr (i-i bilan) singari fonetik ishoratlar ham keltiriladi. Aslida bunday fonetik qaydlar keltirilmasa ham bo‘lardi. Chunki lug‘atda qabul qilingan prinsip bo‘yicha, so‘zlarning harfini ham ularning qaysi bobga kirganligiga qarab to‘g‘ri o‘qish mumkin. Lekin bob ichida so‘zlar ko‘p, ayniqsa, birinchi harfdan keyin unli yozilmagan bo‘lsa, uni xato o‘qish mumkin. Shuning oldini olish uchun ham shunday qaydlar beriladi. Masalan: ^a'j so‘zining birinchi harfidan keyingi unli yozilmagan, biroq izohda bi-fath ishorasi borligi uchun o‘quvchi uni qaraqci (ya’ni “qaroqchi”) deb o‘qiydi. Aks holda uni q'iraqci yoki quraqci deb ham o‘qishi mumkin edi (Hasanov 1989(і),8).
Lug‘atda fe’llar -maq, -makqo‘shimchali infinitiv ko‘rinishda berilgan. Muallif ularni masdar deb ataydi.
Yalbarmaq - iltimas kardan; yalbardim - iltimas kardam; yalbariy - amr ba jamaa-i muxatibin; yalbarm'is - xabar az mugayib-i vahid, ba ma’ni iltimas karda ast.
(Ma’nosi: Yalbarmaq - iltimos qilmoq;yalbardim -yolbordim; yalbar'iy - tinglovchijamoaga buyruq; yalbarm'is - o‘zganing eshitganligi to‘g‘risida xabar, “iltimos qilgandir ” ma ’nosida).
Fe’lning masdardan yasalgan boshqa ko‘rinishlari ham bosh so‘z bo‘lib kelishi mumkin.
Fonetik va grammatik qaydlar lug‘at maqolalar ichida izohlar bilan birga aralash keladi. Ba’zi so‘zlarning ma’nosi forscha ekvivalentlar bilan ham beriladi. Masalan, sayaq - tanha, gunas - aftab singari. Ayrim o‘rinlarda so‘zning arabcha tarjimasi va o‘zbekcha sinonimi ham ko‘rsatiladi:
Tulum - ... mastona ashula aytish va eshitish. Bu turklarning mashhur odati. “Hayratu-l- abror”da keladi: ”
Turk surudi bilan sal'ip qolum,
Q'ilsa ada-yi olum vay tulum.
Yoki:
Saq - bi-alif-i maqsura; navdan ke dar lugat-i ’arab mezab goyad (qisqa alif bilan, “nov”, arab tilida uni “mezob” deydilar).
“Badoyiu-l-lug‘at” “chig‘atoy turkchasi”, xususan, Navoiy asarlari bo‘yicha tuzilgan esa-da, ayrim o‘rinlarda o‘g‘uz lahjasiga xos xususiyatlar ham uchrab turadi. Muallif buni o‘z o‘rnida ta’kidlab o‘tadi ham. Masalan, o‘sha lahjalarda at o‘rnida ad, tar o‘rnida dar, tay o‘rnida day talaffuz qilinadi, deya ta’kilaydi olim.
Tole Imoniy ushbu lug‘ati bilan leksikografiya tarixida eski o‘zbek tili lug‘atini yig‘ish, birinchi galda, Navoiy asarlarida qo‘llangan so‘z boyligini jamlash, ularning ma’nosini yoritish ishini boshlab berdi. Mazkur lug‘at keyingi davr o‘zbek leksikografiyasi uchun muhim manba bo‘lib xizmat qildi.

Yüklə 234,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin