Leksikografiya asoslari


Navoiy turkiy tilning so‘z boyligi to‘g‘risida



Yüklə 234,64 Kb.
səhifə6/35
tarix03.09.2023
ölçüsü234,64 Kb.
#128821
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
3-kurs.sirtqi.Ma\'ruza

Navoiy turkiy tilning so‘z boyligi to‘g‘risida
Navoiy turkiy tilning uslubiy qulayliklarini ko‘rsatish maqsadida forsiyda muqobili bo‘lmagan yuzta fe’lni keltiradi. Ularning yuzta so‘z (yuz lafz) ekanligini muallifning o‘zi ham ikki-uch o‘rinda ta’kidlaydi. Qizig‘i shundaki, asarning Toshkent nashrida ushbu fe’llar to‘qson to‘qqizta. Buning boisi, asarning bizga yetib kelgan qo‘lyozmalarida ularning soni turlicha: To‘pqopi va Parij nusxalarida to‘qson to‘qqiz, Fotih va Budapesht nusxalarida yuztadir. Ushbu ikki nusxada boshqa qo‘lyozmada tushib qolgan yuzinchi fe’l ham bor. U cimdilamaq fe’li bo‘lib, ketma- ketlikda qiciglamaq so‘zidan so‘ng keladi. Yig‘ma matn tayyorlash jarayonida Anqara nashrida matnga ana shu fe’l ham kiritilgan. Bundan ko‘rinadiki, haligi nusxani ko‘chirayotgan kotib bu so‘zni tasodifan tushirib qoldirgan.
Navoiy keltirgan nozik ma’noli fe’llar quyidagi ketma-ketlikdadir: quwarmaq-u quruqsamaq va usarmak-u jiyjaymaq va oqdaymak-u cigraymak va domsaymaq-u umunmaq va osanmaq-u igirmak va egarmak-u oxranmaq va tariqmaq-u aldamaq va argadamaq-u isanmak va iglanmak- u aylanmaq va erikmak-u igranmak va awunmaq-u qistamaq va qiynamaq-u qozgalmaq va sawrulmaq-u cayqalmaq va dewdasimak-u qimsanmaq va qizganmaq-u nikamak... va boshqalar.
Shundan so‘ng sinonimlarga, ularning uslubiy o‘zgachaliklariga e’tibor tortiladi. Navoiyning yozishicha, shoirlar mayning ta’rifida ko‘p mubolag‘a qildilar, may ichmak qoidasida ko‘p so‘z surib, nihoyasiz zarif ta’riflar zohir qilurlar. Biri sipqarmaq lafzidirkim, mubolag‘a bundan o‘tmas. Bayt:
Saqiya, tut bada-kim, bir lahza ozumdin baray,
Sart bu-kim, har neca tutsaq, lab-a-lab si'pqaray.
Novoiyning e’tiroficha, sipqaray so‘zining mazmuniga yetganda, forsiy she’rda bu ta’rifni berishning iloji yo‘q.
Yana tamsimaq lafziki, ma’nosi “g‘oyat zavqdan tez ichmasu, lazzat topa-topa, oz-oz ichar”. Ushbu g‘aroyib ma’no adosida turkchada shunday matla bor. Bayt:
Saqi cu icip maqa tutar qos,
Tamsi-tamsi ani qilay nos.
Yoki boxsamaq lafzi adosida turk ushbu matlani aytibdi:
Hijr anduhida boxsap-men, bila alman, netay?
May ’ilajimdur, qopup dayr-i fanaga ’azm etay.
Forsiygo‘y turk beklaru mirzodalar boxsamaq ni forsiy til bilan ado etmakni tilasalar, nima qiladilar?
She’rning bino va madori ishqqa evriladi. Oshiqliqda yiglamaq dan kulliyrak va doimiyroq amr yo‘qdir va unda navlanish (bo‘linish) bor: yiglamsinmaq mazmunidaki, turk bunday debdi:
Zahid ’isqin desa qilgay fas,
Yiglamsinur-u koziga kelmas yas.
Bu o‘rinda Zohidning Tangri-taologa bo‘lgan ishqi, ilohiy ishq to‘g‘risida so‘z bormoqda.
Yana iqramak va siqramak lafzlarikim, “dard bilan yashirin, ohista-ohista yig‘lamoq”dir, oralarida tafovut oz topilur. Bayt:
Istasam davr ahlidin ’isqigni pinhan aylamak,
Kecalar gah igramakdur ’adatim, gah sigramak.
Forsiyda bu mazmunki bo‘lmag‘ay, shoirning chorasi qancha?
Yana siqtamaq lafzikim, yiglamaq da mubolag‘adir. Bayt:
Ul ay-ki, kula-kula qiraglatti meni,
Yiglatti meni demay-ki, siqtatti meni.
Yana okurmak ki, “kuchli un bilan, tengsiz fig‘on bilan yig‘lag‘aylar” (“biyik un bilaki, e’tidalsiz asub bila yiglagaylar”). Bayt:
Isim tag uzra har yan ask sel-abini surmakdur,
Firaq asubidin har dam bulut yaglig okurmakdur.
Okurmak muqobalasida forsiy tilda lafz yo‘qdir, forsiygo‘y shoir buningdek g‘aroyib mazmun adosidan mahrumdir.
Yana yiglamaq ning okurmaki muqobalasida inckirmak lafzi ham bor va u “inchka un bilan yig‘lamoq”dir. Bayt:
Carx zulmida-ki bogzumni qirip yiglar-men,
Igirur carx kibi inckirip yiglar-men.
“Abushqa” lug‘atida inckirmak so‘ziga: kaflar kaf-i ‘arabidur, incka un bila yiglamaqdur, - deya ta’rif berilgan (DDT,83).
Yiglamaq lafziga hay-hay ni ham qo‘shib aytadilar va bu ham turkiy uslubdir. Bayt:
Navayi, ul gul ucun hay-hay yiglama kop,
Ki “hay” degunca ne gulbun, ne gunca, ne gul bar.
Yana turk alfozida qimsanmaq va qizganmaq - ikki g‘arib lafzdirki, uning adosi bu baytda bor. Bayt:
’Uzarigni acarga qimsanur-men,
Vale el kormakiga qizganur-men.
Forsiygo‘y shoirlar bunday xo‘b mazmun adosidan bebahradirlar.
Oshiqning oyog‘iga tikan kirmakka ular (ya’ni forsiygo‘ylar) xar lafzi bilan arz qilibdurlar. Ammo cokur unga qaraganda og‘rituvchidir, ularda bu lafz yo‘qdir. Turkchada bu shunday ado topibdi:
Cokurlar-kim, senig yolugda tewralmis ayagimga,
Cekip ul koy gardin surma tartar-men qaragimga.
“Abushqa” lug‘atida cokur so‘zining talaffuzi va ma’nosi to‘g‘risida yaxshi ma’lumot berilgan: cokur - kaf kaf-i ’arabidur, dikan ma’nasinadur (DDT,249).
Yana ishq yo‘lida mahbubning nazari muyassar bo‘lsa, oshiqning niyoz yuzidan telmurmagi so‘ng munosib ishdir. Bu lafz ularda yo‘qdir va buningdek lafzlari ham yo‘qdir. Turkchada bu bunday deyilibdi. Bayt:
Tokadur qanimni har dam kozlarig baqip turup
Kim, neca yuzumga baqqay-sen yiraqdin telmurup.
Yana turk lafzining suyukligi yasanmagi muqobalasida sart lafzida arasta va arayis lafzi bor. Ammo bezanmak muqobalasida biror so‘z demaydilar va u yasanmag ning mubolag‘asidir. Bayt:
Erur bas cu husn-u malahat saga,
Yasanmaq, bezanmak ne hajat saga.
Yaxshilarning ko‘z va qoshlari orasini qabag derlar. Forsiyda bu uzvning oti yo‘qdir. Masnaviyda bir jamoat go‘zallar ta’rifida bunday deyilibdi, bayt:
Megizlari - gul-gul, mijalari - xar,
Qabaglari - keg-keg, agizlari - tar.
Yana ishq izhorida ask vayiglamaq muqobalasida ah va issig dam fursatidir. Turklar “dam”ni caqin ga va “oh”ni ildirim ga nisbat berib debdurlar, bayt:
Firaqig icra ulus ortamakka, ey mahim,
Caqin durur damim-u ildirim durur ahim.
Sart tilida caqin va ildirim dek tayinlangan va mo‘tabar ikki narsaga ot qo‘ymaganlar. Arab tilidagi barq va sa’iqa lafzlari bilan ado qilibdurlar.
“Abushqa” lug‘atida caqin so‘zining ma’nosi “chaqmoqning shu’lasi” (caqmaqdan ciqqan su’laya derlar) deya izohlangan (DDT,233).
Husn ta’rifida “ulug‘roq xol”ga turklar meq ot qo‘yibdurlar, ular esa ot qo‘ymaydilar. Turk bu ta’rifni bu nav ado qilibdur, bayt:
Anig-kim, al eginda meg yaratti,
Boyi birla sacini teg yaratti.
Agar bir-birini lafzlar va’zida ular qisqa qilibdurlar, arz qilingudek bo‘lsa, so‘z uzayib ketadi.
Navoiyning ta’kidlashicha, omonim so‘zlar ham badiiy san’atga yo‘l ochadi. She’rda tajnis-u iyham [misralar oxirida jinsdosh, shakldosh so‘zlar ishlatib, turli ma’nolar chiqarib, so‘z o‘yini qilish] qoidasi bor. Chiroyli ibora va go‘zal belgilarda forsiydan ko‘ra turkchada ko‘proq tajnisni bildiruvchi so‘z va iyhomni anglatuvchi nuktalar borki, bu nazmni bezantiradi va san’atli qiladi. Masalan: at so‘zini olaylik: bir ma’nisi “ot, ism”dir, yana bir ma’nosi “minadigan ot” va yana bir ma’nosi “amr”dirki, tasniya oqni at deb buyurg‘aylar. Misol:
Cun pari-vu hurdur atig, begim,
Sur’at icra dev erur atig, begim.
Har xadagi-kim, ulus andin qacar,
Natavan janim sari atig, begim.
Ushbu tuyuqda kechgan birinchi at - “ot, ism”; ikkinchisi - “ot, hayvon”; uchinchi at- esa fe’l, buyruq ma’nosidadir.
Bu ikki bayt tajnis-i tam [to‘liq tajnis]dir hamda turk shoirlariga xos bo‘lib, sartda yo‘qdir. Buni tuyug derlar.
Yana it lafzi, unda ham uch ma’ni bor. Misol:
Ey raqib, ozni aga tutsag ham it,
Bizga rahm aylap anig koyidin it.
Garci bar dozaxca ’isqig su’lasi,
Bizni oz ilgig bila ul sari it.
Ushbu tuyuqning birinchi sartidagi it - “it, ko‘ppak”, ikkinchisi - “yo‘qot”, so‘nggi satridagisi esa “elt” ma’nosidadir.
Yana <>> tus so‘zida ham yuqoridagidek uch ma’no bor. Yanayan so‘zida vayaq so‘zida ham shundaydir. Bu xildagi uch ma’noli so‘zlar turkiyda ko‘p topiladi.
Va shunday so‘zlar topilurki, to‘rt ma’nosi bo‘ladi. Masalan, jb bar so‘zi: bir ma’nosi - “mavjudlig‘” (ta’kid), bir ma’nosi - “boruvga amr”, bir ma’nosi - “yuk”dir, bir ma’nosi - “samar” (meva)dir.
Shunday so‘z ham topilurki, undan besh ma’no anglashiladi. Masalan, sagin so‘zi: bir ma’nosi - “yod qilmoqqa buyruq”, biri - “surli qo‘yning oti”dir, “ishq mastligi”yu “majnunligi” va “xastaligi” muqobilida sagin desa bo‘ladi va har birining o‘rnida ishlatsa bo‘ladi.
Yana andoqki, j> tuz so‘ziki, undan bir necha ma’noni anglash mumkin. Biri tuz - “o‘q yoki nayzaga o‘xshash narsa”ga aytiladi, yana tuz - “tekis dasht”ni derlar, yana tuz - “to‘g‘ri kishi”ni aytadilar, yana tuz - “cholg‘uni sozlamoqqa buruq”dir, yana tuz - “ikki kishi orasida muvofaqat solmoq (kelishtirish, yarashtirish)”. Yana tuz - “biror majlis (o‘tirish) anjomlari”ni aytish ham mumkin.
Yana ^jS kok so‘zini ham bir necha ma’noda ishlatadilar. Biri kok -“osmon”ni deydilar, yana kok - “ohang”dir, yana kok - “tikarda ko‘klamak, ko‘klab tikish”, yana kok - “qadag‘(bo‘yoq)”ni ham derlar, yana kok - “sabza va o‘lang”ni ham derlar.
Bu xildagi uch, to‘rt va undan ortiqroq ma’no anglashiladigan so‘zlar ko‘p, forsiy so‘zlarda bunday narsalar yo‘qdir.
Yana yeyiladigan oziq-ovqatni yeguluk deydilar. Sart elining ko‘pi, balki barchasi yemakni ham, ichmakni ham xordan so‘zi bilan aytadilar.
Ulug‘ qardosh va kichik qardoshning har ikkisini baradar deydilar, turklar ulug‘ni - aga, kichikni - ini deydilar. Ular ulug‘ va kichik qiz qardoshni ham xahar deydilar. Bular ulug‘ni - egaci va kichikni - siqil deydilar. Bular otaning og‘a-inisini - apaga, onaning og‘a-inisini - tagayi deydilar. Ular hech biriga ot belgilamaydilar, arab tili bilan em va xal deydilar. Kokaltas ni turkcha aytadilar, ataka va enaga ni ham bu til bilan aytadilar.
Bir aniq nimakim, aq uy dir, unga xirgah deb ot qo‘yganlar. Ammo uning bo‘laklarining ko‘pini turkcha aytadilar, andoqki, tuqluk-u uzuk va torlug-u basrug va cig-u qanat va kozanak-u uwug va bagis-u bosaga va erkina va shuning singari.
Ovda asosiysi kiyikdir, turk uning erkagini - huna, tishisini (urg‘ochisini) qilcaqci deydi. Yana suyqunning erkagini - bugu, tishisini - maral deydi, sart esa ahu va gavazn deydi, xolos.
To‘ng‘izning erkagini - qaban, tishisini - megajin, ushog‘ini - corpa derlar. Sart esa barchisini xuk va guraz deydi.
Qushlarga kelganda, bular ichida aniq va mashhuri ilbasan ordak bo‘lib, bu ovlanadigan o‘rdak, degani. Hozirgi o‘zbekchada ilvasin, ilvasingina so‘zlari ham ishlatiladi. Navoiy so‘zida davom etadi: sart el ilbasun ning o‘zini bilmaydi. Turk o‘rdakning erkagini - sona, tishisini borcin deydi. Sart bularga ham ot qo‘ymasdan, nar va moda ikkalasini murgabi deb ataydi. O‘rdakning xillarini yaxshi biladigan qushchilar qoshida, masalan, corka, erka, suqsur, almabas, caqirqanat, temurqanat, alalaga, alapoka, bagcal va bu yo‘sinlig‘ ot bilan aytaydilarki, ular yetmish xilga boradi, sart esa barchasini faqat murgabi deydi. Agar bir-biridan ajratmoqchi bo‘lsa, turkcha ataydi.
Yana dasht qushlaridan togdaq, togdari, cagruq, qilquyrug, qulapurga, yapalag, quladu, laglak, caylaq, qaraqus, telbaqus, ciqcig dek qushlarning otlari yo‘qdir, ko‘pini turkcha ayturlar. Tog‘ va tuzda cilga, soqmag, dos, argadal, qiresma, burtag-u segritma, sirt, ucma, esma, ilat, qiralaq, toqay, kol, koylak, saq, sayaq, caqil, say, sortaq dek nimalarning ko‘piga ot tayin qilmaydilar.
Jonivorlarning dovushidan bir otning kishnamagi[kisnamak]ga siha deb ot qo‘yibdilar. Tuyaning bo‘zlamog‘iga[bozlamaq]yu sigirning mungramagi[muqramak]ga va eshakning ingramog‘iga[iqramaq]yu itning tegishmagi[tegismak]ga va uvlamog‘i[uwlamaq]ga forschada so‘z yo‘qdir.
Yana otning tabucaq, argumaq, yaka, yabu, tatu yo‘sinliq xillarining barini faqat turkcha ayturlar. Otning yoshini ham ko‘pragini turkcha aytadilar. Yolg‘iz qulunni kurra derlar, boshqalarini: tay, gonan, donan, tulan, cirga, langa singarilarni so‘zga chechanlari turkcha aytadilar, ko‘pchiligi buni ham bilmaslar.
Ot egarini garchi zin desalar ham, ko‘p jabduqlarini, misli jibilgir, hana, toqum, jazlig, olaq, qom, olarcag, ganjuga, j'ilbur, qusqun, qantar, tufak, toqa yo‘sinlig‘ turkcha ayturlar. Qamchini tazyana desalar ham, ammo buldurga sini va cupcurga sini turkcha aytadilar.
Yanajiba, jawsan, koha, qangalduruq, qarbici, kecim, aha singari urush asbobini ham turkcha aytadilar.
Ma’lum kiyimlardan, misli dastar, qalpaq, navrozi, topp'i, sirdag, dakala, yelak, yaglig, terlik, qur singari narsalarning barini turkcha aytadilar.
Yeguliklardan garchi qo‘y a’zolaridan ba’zisiga ot qo‘ygan bo‘lsalar ham, ammo arqa, asuglug ilik ni va yan soqak, qaburga, ilik, orta ilik va boguzlagu ni turkcha aytadilar. Yana ba’zi yemaklardan qaymag, qatlama, bulamag, qurut, ulaba, mantu, quymag, urkamac ni ham turkcha aytadilar. Q'im'iz, suzma, baxsum, bozani ham turkcha aytadilar. Yana tutmac, umac, kumac, talgan ni ham turkcha aytadilar. Bu xil mayda narsalar juda ko‘p topiladi.

Yüklə 234,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin