XIX asr ikkinchi yarmi - XX asr o ‘rtalarida o‘zbek Iug‘atchiligi. Reja: Hozirgi zomon lug‘atchiligi va uning o‘tmish lug‘atchiligidan farqli jihatlari.
Yozma yodgorliklar bo‘yicha tuzilgan lug‘atlar.
“Drevnetyurkskiy slovar” va uning tuzilish prinsiplari.
A.K. Borovkovning “Leksika sredneaziatskogo tefsira XII-XIII vv.” asari.
Hozirgi turkshunoslikda o‘tmishdan qolgan yozma yodgorliklarni chop ettirish bilan bir qatorda, ularda qo‘llangan so‘zlarni yig‘ish, yodgorliklar bo‘yicha lug‘atlar tuzishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu ishga XIX asrdanoq kirishilgan edi. Hozirga kelib bu soha turkshunoslikda katta yutuqqa erishdi.
Muhim jihati, kunimizda yaratilayotgan lug‘atlar tuzilish prinsipiga ko‘ra eski lug‘atlar an’anasidan farq qiladi. Bular, asosan, hozirgi yevropa lug‘atchiligi ishlab chiqqan yo‘riqqa tayanadi.
Yana bir belgisi, ushbu lug‘atlar izohli bo‘lib, yozma yodgorliklardan olingan misollar transkripsiyada beriladi. Transkripsiya- yodgorlik tilini, asarning fonetik xususiyatlarini saqlagan holda hozirgi yozuvga o‘girish degani. Hozirgi turkshunoslikda keng yoyilgan hamda mutaxassislarga ma’qul tushayotgan transkripsiya ikki turli - kirill hamda lotin alifbolariga tayanadi. To‘g‘risi, so‘nggi yillarda kirilldan ko‘ra lotinni qo‘llash keng tus olyapti. Shuning uchun ham shu choqqacha yaratilgan lug‘atlarda ikki xilidan ham foydalanilgan: yo unisi, yo bunisi. Ba’zi o‘rinda kirillga asoslangan transkripsiyada ham, tovushga teng keluvchi belgi yo‘qligidan, lotincha belgilarni qo‘llaganlar.
Zamonaviy lug‘atlarning barini ham ilmiy talablarga to‘liq javob beradi, deyish qiyin. Chunki orada o‘quv lug‘atlari, qisqacha lug‘atlar yoki transkripsiyada emas, transliteratsiyada berilganlari ham bor. Shunga qaramay, ularning ichida ilmiy jamoatchilik keng e’tirof etgan, sof ilmiylari oz emas. Ushbu o‘rinda biz ularning bir nechtasini ko‘rib chiqamiz.
“Drevnetyurkskiy slovar” “Drevnetyurkskiy slovar” (L., 1969) hozirgi zamon turkologiya ilmida qadimgi turkiy
yodgorliklar bo‘yicha yaratilgan ilmiy lug‘atdir (qarang: DTS). Lug‘at rus turkologiyasining yetakchi mutaxassislari tomonidan tuzilgan. Ishda qamrab olingan yozma yodgorliklarning ko‘lami nihoyatda keng: unda VII-XIII asrlarda ko‘k turk (turk-runiy), arab, uyg‘ur, moniy, brahma yozuvlarida turkiy tilda bitilgan turli xildagi adabiy, tarixiy, diniy-falsafiy mazmundagi asarlar, rasmiy hujjatlar, fanning turli sohalariga oid bitiglarda qo‘llangan so‘zlar jamlangan. Bular qadimgi turk xoqonliqlari davridan qolgan urxun va yenisey yodgorliklari, uyg‘ur xoqonliq va davlatlarida yaratilgan budda, moniy va xristian mazmunli bitiglar, rasmiy hujjatlar, “O‘g‘uzxoqon” dostoni, Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” asari, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Adib Ahmad Yugnakiyning “Hibatu-l-haqoyiq” asari, “Turkiy tafsir” singari nihoyatda ulug‘ manbalar bo‘lib, misollar ularning turkshunoslikda e’tirof etilgan ilmiy nashrlaridan olingan.
Lug‘atda keltirilgan turkiy so‘zlar va yozma yodgorliklardan olingan misollar lotin alifbosi negizida yasalgan transkripsiyada. Unlilar uchun to‘qqiz belgi qabul qilingan: a, a, e, t, i, o, o, u, u. Undoshlarda: jarangsiz [sh] tovushi uchun - s, [ch] uchun - c, jarangli [g‘] uchun - y, sonor [ng] uchun - q, [x] uchun - x, arab xatida ^ bilan berilgan, tishora [dz] tovushi uchun - 6, arab yozuvli matnlarda ^ bilan berilgan lab-lab hamda “vav” bilan berilgan lab-tish [v] undoshlari uchun - v, arab xatida j bilan berilgan sirg‘uluvchi [j] uchun - z, arab tilidan o‘zlashgan so‘zlarda keluvchi £ (ayn) uchun (’) belgilari qabul qilingan. So‘zlarning berilishi alifbo ketma-ketligida: A, A, B, C, D, 6, E, F, G, y, H, H, 1, I, Y, K, L, M, N, O, O, P, Q, R, S, S, T, U, U, V, x, Z, Z, J.
Avval katta harflarda bosh so‘z berilib, keyin uning ma’nolari va ma’nolarning har biriga mos keluvchi misollar ruscha tarjimasi bilan keltiriladi. Qavsda ushbu so‘z yoki misolning qanday nashrdan olinganligiga havola etiladi.
Lug‘atda so‘zlarning qadimgi dialektlarda yoki yozma yodgorliklarda o‘zaro farq qiluvchi fonetik variantlari ham bosh so‘z sifatida beriladi: ADAQ, A6AQ, AYAQ, AZAQ; EB, EVsingari. Bunday so‘zlarning bir varianti berilgach, oxirida boshqa variantiga ham qaralsin, degan belgi qo‘yib ketiladi.
Ko‘p ma’noli so‘zlarning bir-biridan farq qiluvchi ma’nolari arabcha sonlar bilan, omonimik ma’nolar esa rimcha sonlar bilan ajratib ko‘rsatiladi. Masalan: