2-MA’RUZA. MUSTAQILLIK DAVRI O‘ZBEK LUG‘ATCHILIGI Reja: O‘zbek tilshunosligi yutuqlari va ularning lug‘atlarga ta’siri.
O’zbek lug’atshunosligi yutuqlari
O'tgan asrning oxirlarida respublikamiz va sobiq ittifoq matbuotida sohaning yetakchi mutaxassislari tomonidan o'zbek tilshunosligining dolzarb masalalari bo'yicha vazifalari e’lon qilingan va unda o'zbek tilshunosligi o'zining formal bosqichiga yakun yasaganligi, to'plangan dalillarni muayyan bir metodologiya asosida nazariy o'rganishni taqozo qilayotganligi ta’kidlangan edi. Natijada o'zbek tilini sistema sifatida o'rganish, boshqa tillar andozalaridan xoli ravishda, ichki o'ziga xos tabiatidan kelib chiqqan holda tadqiq qilish, to'plangan nutqiy dalillar asosida tildagi lisoniy umumiyliklarni aniqlashga kirishildi. Keng rejada ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi. Ularda o'zbek tilining fonetik, leksik, grammatik sathlari sistem tadqiq usullari asosida ilmiy tekshirildi, tegishli xulosalarga kelinib, o'zbek tilining yaxlit sistemaviy ta’limoti yaratildi. Tor tilshunoslik oqimi sifatida ish boshlagan soha o'zbek substansial lingvistikasi maqomini olib, jahon tilshunosligi tomonidan e’tirof etildi va, hatto, yevropa tilshunosligiga ta’sir ko'rsata boshladi.1 O'zbek substansial tilshunosligi qo'lga kiritgan natijalar asosida qator monografiya va o'quv qo'llanmalari, darsliklar vujudga keldi. O'zbek filologiyasi bakalavr yo'nalishining umumkasbiy fanlari bo'yicha namunaviy o'quv dasturlari yaratildi. Erishilgan yutuqlar amaliyotga tatbiq etildi.
Nazariyaning amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiqi o'zbek substansial tilshunosligi oldiga qo'ygan pirovard vazifa edi. Bu vazifani u yuksak darajada ado etdi.2 Lekin bu tilshunoslikdagi yutuqlar lug'atlarda o'z aksini topdi deyish qiyin. Birgina lison va nutqning aniq mezonlar asosida ajratilishi, lisoniy va nutqiy birliklarning aniq chegaralari qo'yilgani lug'atlarda hali ham ajratilgani yo'q. Leksemalar so'zdan farqlanmay izohlanadi. Lisoniy va nutqiy holatlar qorishtirib yuboriladi. Ba’zan o'ta nutqiy holatlar leksemalar izohida keltiriladi.
O'zbek an’anaviy tilshunosligi zaminida shakllangan, taraqqiyot yo'lini tanlagan va belgilangan maqsad asosidagi vazifalarini muvaffaqiyatli ado etgan o'zbek substansial tilshunosligining hozirgi holati fanimizda yangi yo'nalishlarning shakllanishini taqozo qilmoqda. Ular diqqat-markazida “lison-nutq” masalasini turli daraja va ko'rinishda namoyon qiluvchi “til va jamiyat”, “til va madaniyat”, “til va shaxs”, “milliy til va milliy tafakkur”, “til va sun’iy intellekt” kabi substansial asoslarda hal qilinuvchi muammolar turadi. Jahon tilshunosligida XX asr so'nggida shakllanib, jadal rivojlanayotgan fanning yangi paradigmalari - lingvopragmatika, psixolingvistika, lingvokulturologiya, lingvokognitologiya, kompyuter lingvistikasi, korpus lingvistikasi kabi ilg'or fan yo'nalishlari aynan shu masalalar tadqiqi bilan shug'ullanmoqda.
Istiqlol natijasi o'laroq, o'zbek tilshunosligi tom ma’noda mustaqil milliy fan sifatida o'zini namoyon qildi. Eng muhimi, tilimizning milliy tabiatiga to'laqonli ilmiy- nazariy baho berildi. Qo'lga kiritilgan nazariy yutuqlar til qurilishini o'rganishdan uning voqelanish xususiyatlarining keng qamrovli tadqiqiga o'tish uchun katta imkoniyatdir. Bu esa o'zbek tilini yangi va zamonaviy, ilg'or va samarador tadqiq usullari asosida tekshirishni kun tartibiga qo'ymoqda.
O'tgan asr so'nggida bozor iqtisodiyotining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi, zamonaviy axborot texnologiyalarining ommalashuvi, ilmiy tadqiqotlarning iqtisodiy samaradorligini oshirish dolzarblashib, tilshunoslik ham amaliy vazifalariga - nutq samaradorligi tadqiqiga e’tiborni kuchaytirdi. Natijada fanda sotsiolingvistika, etnosotsiolingvistika, lingvopragmatika, pragmalingvistika, pragmatika, etnosotsiopragmatika, psixolingvistika kabi nomlar bilan yuritiluvchi yangi tarmoqlari shakllandi. Bu yo'nalishlarni o'zida mujassamlashtirgan yangi davr tilshunosligi nutqqa insoniy faoliyat - fikr almashish va o'zgalarga ta’sir ko'rsatish, bunyod qilishning asosiy turlaridan biri sifatida yondashib, uning ixchamligi, samaradorligi va ta’sirchanligi, mantiqiyligi tadqiqini birinchi o'ringa qo'yadi. Xususan, bugungi kunda jahon tilshunosligida nutqning faoliyat sifatidagi qiymati hamda uning ko'chma va tag ma’nolarni, ochiq ifodalanmagan, lekin ifodalanishi so'zlovchining maqsadi bo'lgan ma’lumot-axborotni aniqlash usullari ishlab chiqildi va u tezda ommalashmoqda.3
Бу ҳақда қаранг: Сафаров Ш. Прагмалингвистика. -Т., 2008; Сафаров Ш. Когнитив тилшунослик. -Т. 2009; Мўминов С.М. Ўзбек мулоқот хулқининг ижтимоий-лисоний хусусиятлари. Филол.фан. док. дис. ... -Т., 2000; Сафаров Ш., Тоирова Г. Нутқнинг этносоциопрагматик таҳлили асослари. -Самарқанд. 2007., Менглиев Б. Тилда имконият ва воқелик муштараклиги. \\ “Маърифат” газетаси. 2013 йил, 15- май; Неъматов Ҳ., Йўлдошева Д. Тил илми ва таълими истиқболлари. \\ “Маърифат” газетаси. 2013 йил, 14 август; Шоҳобиддинова Ш. Амалий тилшунослик истиқболлари. \\ “Маърифат” газетаси. 2013 йил, 16 июль ва ҳ.
Struktur tilshunoslik, qiyosiy-tarixiy tilshunoslik tilga boshqa hodisalardan, xususan, inson omilidan xoli qilingan “quruq”, statik sistema sifatida munosabatda bo'lib keldi.
Tilning voqelanishida inson omili bilan bog‘liq ravishdagi nutqiy muloqot jarayonini tadqiq qilish lingvopragmatik, lingvokulturologik va psixolingvistik yo'nalishning o'rganish manbaini tashkil etadi. Ma’lumki, nutqiy muloqot o'nlab - milliy, etnografik, ijtimoiy, falsafiy-madaniy, axloqiy-estetik, tarixiy, maishiy va ruhiy omillarning lisoniy birliklar voqelanishi bilan qorishuvidan iborat dinamik sistemadir.4 Demak, insonning mental faoliyati bilan bogTiq ravishdagi hodisalarni tadqiq qiluvchi kulturologiya fanining muhim tarmoqlaridan biri sifatidagi pragmatik tilshunoslik inson subyekti va obyektivlik (lison)ni qorishiq yaxlitlik sifatida tadqiq qiladi. Zero, nutqda subyektivlik va obyektivlikni bir-biridan ajratgan holda tadqiq qilish mumkin emas, sistemaviylik yaxlitlik xossasi bilan xarakterlanadi. Demak, nutqiy faoliyat unga yondosh va insonga xos ruhiy, fiziologik, ijtimoiy, ma’naviy, madaniy sistemalar bilan bogTiqlikda tadqiq etilgandagina nutqiy muloqotning mohiyati ochiladi va individual hodisa sifatidagi nutqqa obyektiv baho beriladi.
Aytilganlardan ma’lum bo'ladiki, lisonning nutqiy voqelanishini unga hamrohlik qiluvchi nutqiy paradigmalar (fiziologik, ruhiy, professional, axloqiy, estetik, madaniy, nutq vaziyati - nutq sharoiti, nutq uslubi) qurshovida tekshirish natijasida lisonni yuzaga chiqaruvchi vositalarning ta’siri va roliga baho, nutqning ijtimoiy qiymatiga va ta’sirchanlik - bunyodkorlik ahamiyatiga ilmiy tavsif beriladi. Yuqoridagi tilshunosligimizdagi yutuqlar lug'atlarda ham aks etishi kerak. Lisoniy va nutqiy lug'atlar alohida tuzilishi kerak.
Ona tilimizni ng tabiatiga berilgan yangi ilmiy-nazariy baho qator monografiya, darslik va qo'llanmalarda o'z amaliy ifodasini topdi. Shubhasiz, erishilgan yutuqlar endilikda milliy tilimiz qurilishini o'rganishdan uning voqealanish xususiyatlarini har tomonlama tadqiq etishga o'tish uchun keng imkoniyatlar ochdi. Demakki, o'zbek tilini zamonaviy va samarali tadqiq usullari orqali ilmiy o'rganish kun tartibiga qo'yildi.
Zamonaviy axborot texnologiyalarining ommalashganligi, ilmiy tadqiqotlarning iqtisodiy samaradorligini oshirish dolzarblashganligi tufayli tilshunoslik ham amaliy vazifalariga - nutq samaradorligi tadqiqiga e’tiborni kuchaytirdi. Natijada tilshunoslikning jamiyat va inson nutqi bevosita bogTiq holda o'rganuvchi ijtimoiy tilshunoslik - sotsiolingvistika, til vakillari nutqini milliy etnik
Мўминов С.М. YaSeK мулоқот хулқининг ижтимоий-лисоний хусусиятлари. Филол.фан. док. дис. ... -Т.,
2000. -Б. 9.
xususiyatlar tadrijida yorituvchi etnolingvistika, til birliklari va muayyan shaxs nutqi munosabatlarini aniqlovchi pragmatika, nutqning maqsadi, uning nutqiy vaziyat va aloqa, anglash va bilish jarayonidagi o'rnini tavsiflovchi psixolingvistika kabi yangi tarmoqlari vujudga keldi. Bu yo'nalishlarning mohiyati shundaki, endilikda nutqqa insoniy faoliyat - fikr almashtirish va o'zgalarga ta’sir ko'rsatish, bunyod qilishning asosiy turlaridan biri sifatida yondashilib, uning ixchamligi, samaradorligi va ta’sirchanligi, mantiqiyligi tadqiqi birinchi o'ringa qo'yilmoqda. Shu asosda jahon tilshunosligida nutqning faoliyat sifatidagi qiymati hamda uning to'g'ri va ko'chma ma’nolarini ajratish, ochiq ifodalanmagan, lekin ifodalanishi so'zlovchining maqsadi bo'lgan ma’lumot - axborotni aniqlash usullari ishlab chiqildi va u tezda ommalashib ulgurdi. Bu yangi fanlarning ayrimlari respublikamiz oliy ta’lim muassasalarida o'qitilayotganligi quvonarli, albatta.
Ma’lumki, nutqiy muloqot o'nlab - milliy, etnografik, ijtimoiy, falsafiy- madaniy, axloqiy-estetik, tarixiy, maishiy va ruhiy omillarning lisoniy birliklar voqelanishi bilan qorishuvidan iborat harakatli tizimdir. Inson nutqida bu omillar u yoki bu tarzda mujassamlashadi, bir butun va yaxlit hodisa sifatida namoyon bo'ladi. SHuning uchun ham nutqda sub’ektivlik va ob’ektivlikni bir-biridan ajratgan holda tadqiq qilish mumkin emas. Demak, nutqiy faoliyat unga yondosh va insonga xos ruhiy, fiziologik, ijtimoiy, ma’naviy, madaniy holatlar bilan bog'liqlikda tadqiq etilgandagina nutqiy muloqotning mohiyati ochiladi va individual hodisa sifatidagi nutqqa ob’ektiv baho beriladi.
Bu esa, lisonning nutqiy voqelanishini unga hamrohlik qiluvchi nutqiy paradigmalar (fiziologik, ruhiy, professional, axloqiy, estetik, madaniy, nutq vaziyati - nutq sharoiti, nutq uslubi) qurshovida tekshirish natijasida lisonni modifikatsiya qiluvchi vositalarning ta’siri va rolini baholash, nutqning ijtimoiy qiymatiga va ta’sirchanlik - bunyodkorlik qudratiga ilmiy tavsif berilishning nechog'lik ahamiyatli ekanligini ko'rsatadi.
Har bir til borliqning o'ziga xos surati bo'lib, bu suratda shu tilda fikrlovchi va so'zlashuvchi insonning dunyo va o'zi haqidagi bilimi, shuningdek, bilish faoliyati namoyon bo'ladi. Shuning uchun ham, zamonaviy til ilmida kognitiv tilshunoslik deb nomlangan yangi bir yo'nalishning o'rganish manbai bilim va bilishning tabiati hamda mohiyati bo'lsa, o'rganish predmeti tilning bilim hosil qilish, undan foydalanish, saqlash, uzatish va uni qayta ishlashning umumiy mexanizmi sifatidagi xossalaridir. SHu asosda uning vazifalari belgilanadi. Masalan, ulardan biri har xil bilim turi haqidagi tasavvur tuzilmasini, nutq hosil qilish va qabul qilish jarayonida bilimni anglash usulini tadqiq qilish bo'lsa, boshqa bir vazifasi insonning til bilish mexanizmi va uning tuzilish tamoyillarini tushuntirish va sistemali tavsiflash hisoblanadi. Bunday tekshirishda tilda namoyon bo'luvchi bilim o'ziga xos ob’ekt sifatida tanlanishi bejiz emas. CHunki bilim - inson ongida borliq belgi va xossalarining aks etish natijasi bo'lgan kognitiv qurilishi asosidir. Bilim unsurlari, odatda, uning turli ko'rinishlari keyingi vaqtlarda “freym" deb ataladigan o'ziga xos majmua, aqliy sistema, bilish yoki kognitiv strukturada jamlanadi.
Tilda inson tafakkuri asosida yotuvchi va milliy madaniyat mohiyatini tashkil etuvchi barcha kognitiv kategoriyalar mujassam. Bu kategoriyalar insonda tug'ma holda mavjud emas, balki uning til va borliq bilan muloqoti natijasida vujudga keladi, ya’ni inson tafakkuri, dunyoqarashi, bilimi til vositasida ifodalanadi. Modomiki, inson ko'pincha borliqning o'zi bilan emas, balki uning ko'rinishlari, kognitiv kartina va qoliplari bilan ish ko'rar ekan, demak, unda borliq xalq tili va madaniyati orqali namoyon bo'ladi. Hech shubhasiz, bunda til dunyoni milliy tabiatiga, mentalitetiga xos yo'sinda anglash, bilim olish vositasiga aylanadi.
Shuning uchun ham inson ongida qayta ishlanadigan, takomillashtiriladigan va muayyan struktura ko'rinishida voqelanadigan borliq haqidagi axborotni namoyish qilish tilning muhim vazifalaridan biri sanaladi. Ma’lum bo'ladiki, kognitiv tilshunoslik olingan axborotning qayta ishlanishi, qurilishi, transformatsiya qilinishi hamda tilning kommunikativ jarayonini ta’minlashi qanday yuz berishini ko'rsatib berish imkoniyatini yaratdi.
Borliqni bilish va idrok qilishda tilning roli, yoritish, lisoniy hodisalarni va kategoriyalashtirish mohiyatini ochish, anglash, tilda bilim tasavvuri tuzilmasi, uning turlari va vazifalarini aniqlash, borliqning fahmiy va lisoniy suratini ifodalash kabi muammolarni hal etish bu yo'nalishning zimmasidadir. Zero, olamning lisoniy tasviri so'z anglatayotgan ma’no doirasiga sig'maydigan, milliy ong va fahmlash tarzi, so'ng idrok qilinadigan, shuningdek, so'zning milliy muloqotda tutgan o'rni belgilanadigan lavhadagina yaqqol ifodalanishi mumkin.
Har bir til borliqning o'ziga xos in’ikosi ekan, buni aniqlash va ilmiy baho berish tillardagi muqobil va nomuqobil birliklarni maxsus tekshirish asosida amalga oshiriladi.
Ko'rinadiki, o'zbek tilining kognitiv jihatlarini ilmiy o'rganish o'zbek tafakkuri va tili munosabatini oydinlashtirish, til va tafakkur mushtarakligining milliy voqelanishini aniqlash imkoniyatlarini beruvchi dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Tilda milliy mentalitetning aks etishi tilshunoslik, falsafa kabi fanlarning azaliy va hamisha navqiron mavzusi. Biroq ma’lum vaqt bu muammo tilshunosligimizda chetlab o'tilganligi sir emas. Shu bois Prezidentimiz Islom Karimov «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga bergan javobida: “Ona tili - millatning ruhidir. Jamiki, ezgu fazilatlar insonga ona allasi, uning betakror jozibasi orqali singadi", - deya bunga alohida urg'u bergan edi. Bu esa til va madaniyat munosabatini o'rganishning dolzarbligini belgilaydi.
Lug'atlar madaniyatning tarkibiy qismi va, bir vaqtning o'zida, uning xazinasi sifatida xalqning kechmishi, buguni va kelajagini bog'lovchi vositadir. Ular milliy til leksikasining barcha qatlamlarini, tilning boyligi va ko'lamini o'zida aks ettiradi. Borliqning umumiy lisoniy tasviri faqat lug'atlardagina (alfavitli yoki sistemali ko'rinishda) namoyon bo'ladi. Ularda xalq hayoti, ijtimoiy ongi moddiylashadi.
Madaniyatshunoslik qimmatiga ega bo'lmagan, o'zida til va madaniyat mushtarakligini aks ettirmagan lug'at yo'q. Biroq lug'atlar sirasida
lingvomadaniyatshunoslik lug'atlari alohida o'rin tutib, ular olamning biror xalqqa xos milliy-madaniy tasvirini o'zida to'la va mukammal darajada saqlaydi va ifodalaydi.
Lingvomadaniyatshunoslik lug'atlari va bu yo'nalishning o'zi zamonaviy leksikografiyaning istiqbolli yo'nalishidir. Bu soha leksikografiyasi oldidagi vazifalar rang-barang bo'lib, avvalo, lingvokulturologik lug'at janri shakllanishi xususiyatlari ustida kuzatish olib borish lozim. Nashr etilgan bunday barcha lug'atlarni tahlil qilish, ularning yutuq va kamchiliklarini aniqlash, lug'atlarni takomillashtirishning nazariy masalalarini o'rganib borish lozim.
O'zbek fanida lingvomadaniyatshnoslikning asosiy tushunchalari mundarijasi va ko'lamini taxminlash, lingvomadaniyatshunoslik lug'at fondi maydonini sifat va miqdor jihatidan belgilash, o'z va o'zlashma konseptlar orasidagi "o'z" va "begona" madaniyatlarni o'zida ko'proq aks ettirganlarini aniqlash, eng muhimi, milliy- madaniy, madaniy-tarixiy, etnolingvistik va maxsus so'zlarni yig'ish hamda tahlil qilish dasturlari ishlab chiqilishi zarur.
Linvomadaniyatshunoslik lug'atlarining obyekti til, tafakkur va madaniyat hodisalari mushtarakligini o'zida aks ettirgan milliy konseptlardir. Milliy-mental xoslangan konseptlar ta’limning lingvomadaniyatshunoslik konsepsiyasi birligi sifatida leksikografik tavsif obyekti sifatida namoyon bo'ladi. Har bir konsept olamning lisoniy tasviri va madaniyat konseptosferasining tashkil etuvchisi bo'lib, o'zida lisoniy ma’no va madaniy mag'izni birlashtiradi. Har bir konsept o'z bag'rida denotativ va konnotativ ma’no hamda madaniy fonni mujassamlashtiradi. Misol sifatida olinayotgan taklif etilayotgan "Olamning o'zbek lisoniy tasvirida milliy istiqlol g'oyasi konseptlari" lug'ati ana shunday tipdagi lug'atlar sirasiga kiradi. Lug'atning obyekti "milliy istiqlol g'oyasi" konseptosferasidir. Bu lug'at kelajakda tegishli lug'at- korpuslarni yaratish va undan ona tili ta’limi jarayonida foydalanish sari qo'yilgan ilk qadam deyish mumkin..