Ligi farg‘ona davlat universiteti tarix o’qitish metodikasi fani bo’yicha


O‘qituvchining darsga tayyorgarlik bosqichlari



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə17/79
tarix07.06.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#116719
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   79
2 5262727284392987390

O‘qituvchining darsga tayyorgarlik bosqichlari
1. O‘qituvchining darsga tayyorgarlik darajasi. Mas’uliyat bilan darsga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida o‘qituvchi darsning o‘quv rejasi va mavzu bo‘yicha turli ishlanmalari tayyorlaydi, turli didaktik tarqatma materiallar va ko‘rgazmali qurollarini yaratadi.
2. Darsga maqsad va vazifalarning qo‘yilishi. O‘qituvchi har bir darsga Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlariga mos ravishda aniq maqsad qo‘yishi kerak.
3. Tashkiliy tayyorgarlik. Dars o‘tiladigan xonaning darsga tayyorligi, sinf xonasi, doskaning tozaligi, bo‘r va namlangan lattaning borligi yoki magnitli doska bo‘lsa, magnitlarning borligi, markerlarning tayyorligi, AKT tayyorligi, o‘qituvchining tashqi qiyofasi.
4. Didaktik nuqtai-nazardan tayyorgarligi. Mavzuning ilmiyligi va izchilligi, oddiydan murakkabga tomon yo‘nalishi, ko‘rgazmalilik va berilayotgan bilim, yangi axborotlarning hayotiyligi, jonli va ravon tilda ochib berilishiga e’tibor qaratadi.
5. Metodik jihatdan tayyorgarligi. Bunda o‘qituvchi faoliyatiga ikki tomonlama tayyorgarlik ko‘radi. Birinchidan, o‘quv dasturi asosida mavzu necha soatga mo‘ljallangan bo‘lsa, uni qanday usul asosida o‘quvchining yoshi va shaxsiy-psixologik xususiyatini hisobga olganda etkazib bera olishni, o‘quvchilarni o‘ylashga, izlanishga majbur etishni va ularga sharoit yaratishni. Ikkinchidan, o‘zining o‘qituvchi sifatidagi tajribalari qay darajada ekanligini namoyish etadi. Ijodkorlik, uslubiy mahorat, ilg‘or pedagogik va novatorlik tajribalaridan foydalanadi.
6. Metodologik tayyorgarligi. Ta’lim yo‘nalishidagi qarorlar, talablar, davlat tili, milliy ruh, madaniyatning go‘zal durdonalari, shu soha bo‘yicha buyuk olim va allomalarning qilgan ishlari, bildirgan fikrlari, o‘zgarishlarga suyanadi.
1- tarqatma material:
Dars tahlilining maqsadi, vazifasi va mexanizmlari
Dars - o‘quv jarayonini tashkil etishning asosiy shaklidir. Darsni kuzatish va tahlil qilish orqali:

  • o‘quv-tarbiya jarayoni ichki nazoratining asosiy shaklini amalga oshirish orqali o‘qituvchining mehnatiga adolatli baho beriladi;

  • o‘qituvchiga uslubiy yordam beriladi, ijodiy yutuqlari ommalashtiriladi;

  • o‘quv jarayonida uslubiy jihatdan mavjud kamchiliklar bartaraf qilinadi.


Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin