Mulk xuquqini taqsimlashda qanday tamoyillar asosida tartibga solish va uning hamma vaqt ham mulkdan samarali foydalanish uchun zamin yaratishi asosiy o`rin egalladi. Bunda egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish, topshirish qoldiq qiymatni olish, xavfsizlik, meros, muddatsizlik,zararli foydalanishni taqiqlash, undirish va boshqa xuquqlarning mutanosibligi muhim. Kouz teoremasining to`liq mazmuni quyidagicha ifodalanadi: agar mulkchilik huquqlari aniq tafsirlanib, transaksiya xarajatlari nolga teng bo`lsa, u holda, agar daromad samarasidan fikrni boshqa tomonga bursak, mulkchilik huquqlarining taqsimlanishidagi o`zgarishlardan qati nazar, ishlab chiqarishning tarkibi o`zgarmasdan qoladi. Teoremaning shartining birinchi xususiyatiga ko`ra, transaksiya xarajatlariga e’tibor qaratmagan holda, mulkchilik huquqlarining muayyan egasi haqida emas, balki resurslarga bo`lgan mulkchilik huquqlarini tafsirlashning muhimligi haqida xulosa chiqarish kerak bo`ladi. Ikkinchi xususiyat esa, teoremani isbotlash uchun mulkiy xuquqlarning almashinuvi bo`yicha aniq amaliy misollardan foydalanilgan. Qayta guruhlangan mulk deganda qonun bilan mustahkamlangan va real mulkchilik huquqlarining mos kelmasligi, nazorat mexanizmlari va korxonaning tashkiliy chegaralarining «yo`qotilganligi» tushuniladi. «Chigallashib ketgan» mulk atamasi shunday holatga e’tiborni qaratadiki, egalik huquqining qonun bilan belgilangan egalari – ma’muriyat va tashqi sarmoyadorlardan tashqari korxonaning faoliyat ko`rsatishi ustidan nazoratni u bilan o`zaro bog`liq korxonalar, asosiy yetkazib beruvchilar, sotish firmalari va iste’molchilar amalga oshirishadi. Transaksiya xarajatlari – bu mulkchilik huquqlarini almashish va himoyalash bilan bog`liq barcha xarajatlar.
Tayanch so`zlar va iboralar
Mulkchilik huquqlarini tafsirlash, mulkchilik subektlari va huquqlari, Kouz teoremasi, Kouz teoremasining to`liq mazmuni, Kouz teoremasining xususiyatlari,
«rekombinatsiyalangan» (D.Stark) va «chigallashib ketgan» (B.Shavans) mulk, transaksiya xarajatlari va «ishqalanish», transaksiya xarajatlari paydo bo`lishini
izohlash variantlari, iqtisodiyot sektori va transaksiya xarajatlari, O.Uilyamson transaksiya xarajatlari (exanteva export)to`g`risida.