19-mavzu: Kutubxona tarmoqlari va tizimlari
Reja:
1.
О‘zbekistonda kutubxona tarmoqlarining shakllanishi
2.
Kutubxonachilik sohasi va uning rivojlanish tizimi
Hozirgi davrda kutubxonalarni ma’lum idoralarga, sohalarga boysunishiga qarab
sohaviy-tarmoq yoki sohaviy tarmoq territorial kutubxona sistemalariga ajratish
mumkin. Respublikada mavjud kutubxonalar tarmoqlaridan О‘zbekistan
Madaniyat ishlari vazirligiga qarashli davlat kutubxonalari sistemasi, respublika
Xalq ta’limi vazirligiga qarashli maktab, oliy va maxsus о‘quv yurtlari
kutubxonalari,
texnika,
tibbiyot
kutubxonalariga
qarashli
kutubxonalar,
shuningdek, respublika kasaba uyushmalari kutubxonalari sistemalari eng katta
tarmoqlar hisoblanadi. О‘zbekistan Respublikasi madaniyat vazirligiga qarashli
davlat kutubxonalari tizimlariga respublika, viloyat, tuman, shahar, bolalar, qishloq
kutubxonalari tarmoqlari kiradi. XIX—XX asrlarda nashr kilingan harbiy, tarixiy,
geografik va gumanitar mazmundagi adabiyotlar kelib tushdi. Ular orasida A. S.
Pushkin juda kup
foydalangan nomdagi
189 tomlik kitoblardan biri xozirgi kunda
xam kutubxona fondida saqlanmokda. 18§5 yili Toshkeitda surgunda yurgan
buyuk knyaz Nikolay Konstantinovich Romanov kutubxonaga turli tildagi Urta
Osiyo hakidagi 5000 kitobni sovg‘a qildi. 10 yildan sо‘ng esa yana turli
mazmundagi Harbiy Yevropa tillaridagi 447 nomdan iborat 1293 kitobni sovg‘a
qildi. Turli kitob magazinlari, maxalliy bosmaxonalar, jurnal va gazeta
114
muxarririyatlari ham kutubxona fondining boyishida о‘z hissalarini qо‘shganlar.
Kutubxona о‘z fondini tо‘ldirishda kitob almashish va chet el muassasalaridan
kitob olish usulidan ham foydalandi. XX asrning birinchi о‘n yilligiga kelib,
kutubxona fondining tо‘rtdan bir qismini tilshunoslik va og‘zaki adabiyotlar
tashkil etardi. Kutubxona fondi 80000 dan oshib ketdi. Usha paytda kutubxonaning
asosiy vazifasi turli mazmunidagi barcha adabiyotlarni saqlovchi yirik tashkilotni
yuzaga keltirishdan iborat edi. Kutubxonada juda qimmatbaho adabiyotlar tо‘plana
boshlandi. 1905 yil Imperator xalq kutubxonasi Kur’onning zeb-ziynatli nusxasini
junatdi. Professor N. I. Veselovskiy Gо‘r-Amir maqbarasini tavsiflovchi tarixiy-
arxitektura nashrini sovg‘a kildi. 1907 yil harbiy V. P. Kolosovskiy kontradmiral
A. I. Butakovning о‘z quli bilan yozgan hujjatlarini va Amudaryo va Orol
dengizini tadqiq etuvchn xujjatlarni keltirib berdi. О‘sha paytda Koshg‘ardagi rus
elchisi. N. F. Petrovskiy 1909 yili Osiyo hakidagi adabiyotlarni jо‘natdi, bu
sharkshunoslik adabiyotlari Osiyo hakidagi ma’lumotlarni berishda boshka xech
bir joyda yо‘kligi bilan axamiyatlidir.Ayniqsa, «Turkiston tо‘plami» muhim
manba bо‘lib qoldi. Bu tо‘plam О‘rta Osiyo masalasiga oid katta qomusiy va
monumental asardir. Buni mashxur rus bibliografi V. I. Mejov tuzgan. U tо‘plamni
Pretburgda tuzib, tayyorini Turkistonga jо‘natib turgan.Tо‘plam 1887 yilgacha
muntazam tuzib borildi. 20 yilda 416 tomi tayyorlandi. Unga 3 marta yordamchi
kо‘rsatkich nashr qilindi. Bular alifbo va sistemali kо‘rsatkichlardir. Tо‘plam 20
yillik tanaffusdan sо‘ng 1907 yilda bir qancha bibliograflar: N. V. Dmitrovskiy, A.
A. Semenov, YE. K. Betgerlar tomonydan davom ettirildi.1916 yilga qadar yana
175 tomi tayyorlandi, shunday qilib tо‘plam 594 tomdan iborat bо‘lib, unga
kiritilgan maqolalar, turkum 10711 tani tashkil etdi.
О‘tgan asrning oxirlarida Turkistonda tashkil etilgan birinchi mahalliy
bosmaxonalar ham о‘zlarining toshbosma va litografik nashrlarini kutubxonaga
uzatganlar. Ular orasida Xiva xoni Muxammad Raxim tomonidan tashkil etilgan
birinchi litografik bosmaxonadan chiqqan A. Navoiyning «Xamsa»si (1880),
Munis «Devon»i va boshqalar bor. Kutubxona faoliyat kо‘rsata boshlagan davrda
kitobxonlarning asosiy qismini harbiylar tashkil etgan. N. V. Dmitrovskiyning
ma’lumotiga kо‘ra, ofitserlar harbiy mazmundagi ilmiy adabiyotlarni kо‘proq
sо‘raganlar. 1870 yilning mayidan 1871 yil sentabrigacha kutubxonadan
foydalangan kitobxonlar haqidagi ma’lumotga e’tibor bersak, jami 75 kitobxonga
xizmat kо‘rsatilgan. Shundan 45 tasi ofitserlar, 19 tasi amaldorlar, 5 tasi
savdogarlar, 2 tasi ruz^o-niylar, 2 tasi xarbiy yozuvchilar, 1 tasi ma^alliy bilim
yurti talabasi, 1 tasi ayol bо‘lgan.1876 yil birinchi marta kutubxonadan foydalanish
qoidasi nashr silingan. Unda kutubxona har kuni, bepul, soat 10 dan kech 10 gacha
xizmat kо‘rsatadi, deb kо‘rsatilgan. Kitob uyga berilsa, bir oyga 75 tiyin, bir yilga
6 sum va 5 sum garov olingan. 1878 yili kitobxonlar soni 182 tani tashkil etgan.
1906 yilga kelib ularning soni 2183 ga yetdi, о‘quv zaliga qatnov 36000 dan
oshgan. 1906 yilga kelib о‘zbek kitobxonlar soni 2039 ta bо‘lsa, 1916 yil ularning
soni 12975 taga yetgan. 1918 yil Turkistonda Maorif Xalq komissarligi tashkil
etildi. 1918 yil 21 aprelda Turkiston Xalq universitetining ochilish marosimi
bо‘ldi. 1920 yil shu universitet asosida Toshkent Davlat universiteta (о‘sha paytda
115
Turkiston Davlat Universiteta) tashkil etildi. Turkiston Xalq kutubxonasi esa uning
tasssarrufiga о‘tdi.Kutubxona fan, madaniyat arboblari va xalkda xizmat kо‘rsata
boshladi. 1919 yil may oyidan boshlab, Maorif Xalq komissarligida
kutubxonachilik bо‘limi tashkil etilgandan sо‘ng Turkiston Xalq kutubxonasi
bevosita ana shu bо‘lim ixtiyoriga о‘tdi. 1919 yil fevralida kutubxona Turkiston
Xalq kutubxonasi, 1920 yil esa tashkil etilganligining 50 yilligi munosabati bilan
Turkiston ASSR Xalq Komissarligi Sovetining qarori bilan Turkiston Davlat
kutubxonasi sifatida qayta tashkil etildi. Endi Turkiston Davlat kutubxonasi
respublikaning markaziy kutubxonasi sifatida joylardagi yangi kutubxonalarga
raxbarlik va amaliy yordam vazifasini bajara boshladi.1918 yil 30 sentabrda YE.K.
Betger kutubxonachilik ishi bо‘yicha о‘lkaning raxbar-instruktori etib tayinlandi.
Bu ish bо‘yicha yana bir qancha instruktorlar tayinlandi. 1919 yil 14 aprelda
grajdanlar urushi qizigan bir paytda Turkiston о‘lkasida kutubxonalarni
milliylashtirish xakida Turkiston Xalq Komissarlari Sovetining qarori chiqdi.
Xamma
ommaviy,
shaxar,
jamoat,
shaxsiy
kutubxonalar
Turkiston
respublikasining Xalq ta’limi komissariata ixtiyoriga berildi. Ularning faoliyatini
boshqarib borish uchun u yerda kutubxonachilik bо‘limi tashkil etildi.Shular
qatorida Turkiston Xalq kutubxonasi ham bor edi. 1919 yil kutubxona haqida
Nizom kabul qilindi. Unda belgilab berilganiga kо‘ra, kutubxona joylardagi
kutubxonalarga kо‘rsatma berishi, yо‘naltiruvchi va nazorat qilib turuvchi agent-
mutaxassislarni jо‘natishi, kutubxonachilik bо‘limi bilan birgalikda о‘lkada
kutubxonachi xodimlarni tayyorlash kurslarini tashkil qilishi, о‘lka kutubxona
xodimlarining qurultoylarini о‘tkazishi, joylardagi kutubxonalar uchun о‘lka kitob
fondini tashkil qilishi kerak edi. Kutubxona Toshkent shaxrida va boshqa
hududlarda kо‘chma kutubxonalar, kutubxona filiallarini tashkil qilishi va
nashriyotchilik faoliyatini ham olib borishi kerak edi. Ortiqcha nusxadagi
adabiyotlar va keng kitobxonlar ommasiga mо‘ljallangan adabiyotlar kutubxona
filiallarini tashkil etish maqsadida ajratildi. 1921—22 yillarda ular asta-sekinlik
bilan Xalq Komissarlari Soveti ixtiyoriga, keyinroq esa Toshkent shahar xalq
maorifi bо‘limi ixtiyoriga о‘tkazildi. Bir necha yildan sо‘ng ular asosida
shaxarning xozirgi tuman kutubxonalari vujudga keldi. Turkiston Xalq
kutubxonasi uzoq joylarda masalan, Kerki, Kazalinsk, Chernyayev va
Samarqandda о‘zining bо‘limlariga ega bо‘ldi. 1919 yil -О‘rta Osiyoda birinchi
kutubxona xodimlarining ikki oylik malaka oshirish kurslari ochildi. Ularda N. A.
Burov, A. A. Metlenkov, YE. N. Betger va boshqalar dare berishdi. Kureda 40
kutubxonachi о‘qidi. 1921-yil Turkiston Xalq Komissarlari Soveti »Turkiston
respublikasida kutubxonachilik ishini markazlashtirish haqida» dekret qabul kildi.
Unga muvofiq Xalk Komissarlari Soveti ixtiyoridagi xamma kutubxonalar, boshqa
muassasa va tashkilotlarning kutubxonalari Turkiston Siyosiy maorif bо‘limi ix-
tiyoriga о‘tdi. Kutubxona 1923 yil Butunrossiya qishloq xо‘jalik kо‘rgazmasida,
1924 yil va 1926 yillarda I va II ilmiy kutubxonalarning Butunrossiya anjumanida
va Butunrossiya bibliografik qurultoylarda qatnashdi. Kutubxonaning tashkiliy
tuzilishi dastlab umumiy, Turkiston v a Shark bо‘limlaridan iborat bо‘lgan bо‘lsa,
1919 yil aprelida bolalar о‘quv zali, avgustdan vaqtli matbuot nashrlari bо‘limi
116
ochildi, Turkiston va Shark bо‘limlari birlashtirilib, sharqshunoslik bо‘limi tashkil
etildi. 1921 yil oxirida 7 ta bо‘lim: umumiy, sharqshunoslikdan boshqa xamma
adabiyotlarni qamrab oluvchi kitob saqlash bо‘limi, sharqshunoslik, vaqtli
matbuot, kataloglar zali, kitob berish bо‘limi , bolalar bо‘limi , bibliografii
bо‘limlar bor edi. 1921 yil sentabridan kutubxonalar hakidagi Nizomga kо‘ra
kutubxona mudiri kutubxona direktori deb yuritila boshlandi. Shu yili
kutubxonalar fondini markazlashtirilgan soldat tо‘ldirish maqsadida Toshkentda
Kutubxona kollektori tashkil kilindi. 1920 yildan Turkistonda maxalliy davlat
nashriyotdari xam tashkil kilina boshlandi. Kutubxona fondi ana shu tashkilotlar
orqali, boshka respublikalarning Kitob palatalari suratayotgan adabiyotlar evaziga
tо‘la bordi. Ayniqsa kutubxona bu yillarda qadimgi. qо‘lyozma adabiyotlarni
tо‘plashga katta e’tibor berdi. Kitobxonlar soni orta bordi, ularga xizmat kо‘rsatish
ham kengaydi. 1921 yil sentabrda «Kutubxona haqida Nizom» qabul kilindi.
Nizomga kura, kutubxona aholining xamma qatlamiga bepul xizmat kо‘rsatishi
(matbuot asarlari va qulyozmalar uyga berilmaydi) ta’kidlandi, kutubxonadan
foydalanish kutubxona kengashi tomonidan ishlab chiqilishi kerak deb belgilandi...
Kitobxonlar tarkibi va soni oshdi. Kizil armiyachilar, siyosiy xodimlar, ishchilar
guruhi paydo bо‘ldi. Kitobxonlarning asosiy tarkibini oliy va boshqa о‘quv
yurtlarining о‘quvchilari tashkil qildi.1923 yil 17 dekabrda Turkiston respublikasi
Xalq Komissarlari Soveti Turkiston Davlat kutubxonasida spravka-bibliografiya
byurosi haqida nizom va koidalarni tasdiqladi. Maqsad kutubxonada
Dostları ilə paylaş: |