82
ularning mahalliy va milliy xususiyatlariga bog‘liq bо‘lgan muammolarini ishlab
chiqish, hamda ilg‘or kutubxonachilik tajribalarini aniqlash, о‘rganish,
umumlashtirish va ularni tarqatish asosida viloyatdagi barcha kutubxonalar ish
darajasini kо‘tarishga erishi lozim. Hozirgi vaqtda respublikamizdagi viloyat
kutubxonalari har yili о‘rta xisobda mingdan ortiq shunday chiqishlar tashkil qilib,
ulardan deyarli yarmisi davlat kutubxonalarini boshqa idoralarga qarashli
kutubxonalarni qurish uchun uyishtirilgan bо‘ladi.
Kutubxonalar uchun metodik qо‘llanmalar tayyorlash, nashr etish va ularni
joylarga tarqatish metodik rahbarlikning muhim yo’nalishidir. Metodik rahbarlik
ishi umuman kadrlar malakasini oshirishni, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash
sistemasini takomillashtirishni taqozo etadi. Bu borada ishlayotgan xodimlarga
Respublika madaniyat xodimlari malakasini oshirish institutida maxsus metodist
kadrlar uchun kurslar ochish, respublikadagi mavjud kutubxonachi kadrlar
tayyorlaydigan Toshkent Davlat Madaniyat instituti kutubxonashunoslik
fakultetida kutubxonachi-metodistlarning maxsus guruhini qо‘shimcha ixtisos
bilan tayyorlashga о‘tish zarur.
Kutubxonachi kadrlarni, ayniqsa metodistlar mehnatini moddiy va ma’naviy
rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish, kutubxonachilik ishiga, unga rahbarlik
qilishga kasaba uyushma vakillarini yanada kо‘proq jalb qilish kutubxonachilik
ishini, uning samaradorligini va sifatini oshirishning muhim rezervlaridi
Dostları ilə paylaş: