Madaniyatshunoslik


Bolada kitob o`qishga ishtiyoqini shakllantirishda ota-ona kitob tanlashda



Yüklə 3,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/111
tarix08.11.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#131275
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   111
Majmua Kutubxonashunoslik 1-kurs

Bolada kitob o`qishga ishtiyoqini shakllantirishda ota-ona kitob tanlashda 
quydagilarni inobatga olishi zarur: 
kitobning bola yoshiga mos kelishi; 
kitobni bolaning 
xarakteriga qarab tanlash

kitobning bolaga o`zi qiziqadigan kasbni tanlashda turtki bo`lishi; 
kitobning mazmuniga ahamiyat berishi; 
kitobning qanday tilda yozilganligini e’tiborga olish. 
Kitobxon - o'quvchi oilada o'rgangan hayotni kitobdagi hayotiy voqealar 
bilan boyitib, 
hayot haqidagi tushunchalari
, insoniy fazilatlar, yaxshilik, 
qadriyatlarni, avlodlari hayoti bilan faxrlanish, Vatanga muhabbat, do'stga sadoqat, 
hurmat, mehnatsevarlik, sabr-tokatlilik fazilatlari yuksalib boradi. Bu borada eng 
katta yordamchi badiiy adabiyotdir. Badiiy adabiyotda har qanday voqea-hodisa 
badiiy obrazlardan, ta'sirchan shaklda ifodalandiki, unda o'smir yoshdagi kitobxon 
ko'p fazilatlarni o'rganish, ma'nan boy shaxs bo'lib shakllanishi mumkin. 
13-mavzu Bolаlаrgа kutubxonа xizmаti kо‘rsаtish masalalari 
Rejа: 
1.
 
Respublika bolalar kutubxonalarining tashkil topishi 
2.
 
Ta’lim mussasalari kutubxonalari tarmoqlarining rivojlanishi 
Bolalarga xizmat kо‘rsatadigan kutubxonalar shohabchasini kengaytirish, ularni 
yaxshilash tо‘g‘rida hukumatning kutubxonachilik ishi xaqidagi barcha 
xujjatlarida qayd qilingan. Jumladan, Markaziy komitetining “Kutubxona ishini 
yaxshilash tо‘g‘risidagi” (1929 yil) qarorida kutubxonalardagi bolalarga xizmat 
kо‘rsatadigan bolalar bо‘limi shaxobchasini kam deganda 50 foizga kо‘paytirish 
vazifasi qо‘yilgan bо‘lsa, “Ommaviy kutubxonalar ishi tо‘g‘risida” (1932 yil) gi 
qarorida markaziy tuman bolalar kutubxonalari tarmog‘ini rivojlantirish, barcha 
kutubxonalar huzurida bolalar va о‘spirinlar bо‘limlarini tashkil etish tavsiya 
qilingan edi.
 
“Yoshlar ittifoqida kutubxonachilik ishi tо‘g‘risida” gi (1934 yil) qarorida 
ittifoqdosh respublikalar maorif xalq komissarliklarining kutubxonalar 
boshqarmasi zimmasiga barcha ommaviy kutubxonalar, shu jumladan bolalar 
kutubxonalar ahvoliga ham javobgarligi yuklangan bо‘lib har bir maktabda 
bolalar kutubxonasini barpo qilish ishini yanada kuchaytirish vazifasi qoyilgan 
edi. Mamlakatda maktab kutubxonalari tarmoqlarini rivojlantirishda, ularning 
moddiy texnik bazasini mustahkamlashda xalq komissarlar kengashining 
“maktab kutubxonalari tarmoqlari va ular uchun adabiyot nashr etishni 
kengaytirish tо‘g‘risida” gi (1936 yil 16 noyabr) qarori muhim rol о‘ynadi. Xalq 
kamissarlari kengash 1937 yildan boshlab mavjud maktab kutubxonalarini 
adabiyot bilan tо‘ldirish va kutubxonasi bо‘lmagan maktablarda – boshlang‘ich, 
tо‘liqsiz о‘rta va о‘rta maktablarda о‘quv kutubxonalarini tashkil etish va ularni 
tо‘ldirish uchun zarur bо‘lgan kitoblarning rо‘yhatini tuzishni, ya’ni mamlakatda 


77 
birinchi marta maktab kutubxonalari uchun olinadigan kutubxonachilik 
seriyalarini ishlab chiqishni ittifoqdosh respublikalar maorif xalq komissarliklari 
zimmasiga yukladi. 
“Mamlakatda kutubxona ishining ahvoli va uni yaxshilash choralari tо‘g‘risida” 
gi (1959yil) hamda “Fan texnika taraqqiyotida kutubxonalarning rolini oshirish 
tо‘g‘risida” gi (1974yil) qarorlari, kutubxonachilik ishi tо‘risidagi (1984yil) 
nizomi mamlakatda bolalar kutubxonalari tarmoqlarini rivojlantirish, tartibga 
solish va ularning istiqbollarini belgilashda yangi bosqichdir. 
Agar 1918 yilda Toshkentda bittagina bolalar kutubxonasi ochilgan bо‘lsa, 1934 
yilda ular 33 taga yetgandi, 1959 yillarga kelib esa ularning soni 5 barobar, 
kitobxonlar soni esa sal kam 7 barobar kо‘payadi. 1985 yilda О‘zbekistonda bitta 
respublika, 13 ta viloyat bolalar kutubxonasi, 2 ta markaziy bolalar kutubxonasi 
va 462 ta bolalar kutubxonasi filiallari, 6068 ta ommaviy Davlat kutubxonalari, 8 
mingta maktab kutubxonalari mavjud bо‘lib, ular bolalarga kutubxonachilik 
xizmatini kо‘rsatadi. 
Mazkur kutubxonalarning kitob fondi tо‘g‘risida rasmiy ma’lumotga ega 
emasmiz. Shuningdek, maktab kutubxonalari fondi, kitob berilishi xaqida ham 
kо‘p narsa bilmaymiz, ammo shu narsa ma’lumki,maktab kutubxonalaridan 
qariyb 2 mln о‘quvchi foydalanadi. 
Bolalar bо‘limi yoki fondi bо‘lgan ommaviy davlat kutubxonalarida bolalarga 
xizmat kо‘rsatishdagi asosiy kamchilik shuki – bunday kutubxonalarda bolalar 
fondi uncha katta bо‘lmaydi, kо‘pincha bir ikkita javondan iborat bо‘ladi 
(kitoblarni normal joylashtirganda har bir javonda о‘rtacha 300-350 ta kitob 
saqlash mumkin). Mazkur kutubxonalarda bolalar bо‘limi bо‘lmasa, xizmat 
kо‘rsatish ham malakali olib borilmaydi, chunki bu yerdagi xodimlar bolalar 
bilan ishlash xususiyatlarini yaxshi bilishmaydi. 
Bolalar kutubxonalari xodimlarining Butunrossiya kengashidagi (1933yil) 
shunday deyilgan edi: “rahbarlik turlari bolalarning mustaqil faoliyatini 
bо‘g‘masligi lozim. Kutubxonashunoslik ishida ham huddi shunday… 
Shuningdek, bolalarga bir andoza bilangina yondashmasdan, bola taraqqiyotini 
boshqarar ekanmiz, undan ongli tarbiyalar ekanmiz, uning kamolotga yetishiga 
keng imkoniyat yaratib berishimiz kerak ” kitobxonlarga rahbarlikning muhim 
turlaridan biri tavsiyali katolog bо‘lib, uni tuzish ustida durustroq ishlash lozim 
tо‘g‘risida kо‘rsatib о‘tilgan edi. Ma’lumki Madaniyat ministrligiga qarashli 
davlat bolalar kutubxonalari tо‘la markazlashtirilgan edi. Respublikada 2 ta 
shahar bolalar kutubxonalarining mustaqil Markazlashgan sistemasi (Toshkent 
va Andijon shaharlarida) shuningdek 462 ta bolalar filiali ommaviy davlat 
kutubxonalarining markazlashtirilgan sistemasiga kiritilgandir. 
“Davlat ommaviy kutubxonalarini markazlshtirish tо‘g‘risidagi Nizom”ga 
muvofiq bolalar kutubxonalarining mustaqil tizimi bolalar kutubxonalarining 
soni 8-10 tadan kam bо‘lmagan, kattalar kutubxonalari bolalarga xizmat 
kо‘rsatmaydigan shaharlarda tuzilishi mumkin edi. Shu prinsipga muvofiq 
Toshkent 
shahrida 
bolalar 
kutubxonalarining 
mustaqil 
umumshahar 
markazlashgan tizimi barpo qilingan. Uning tarkibida 40 dan ortiq sobiq bolalar 


78 
kutubxonalari birlashtirilgan. Tabiiyki , bunday holda kattalar kutubxonalarida 
bolalar bо‘limlari tashkil etilmaydi. 
Bolalar kutubxonalarini kattalar kutubxonalari bilan bir tizimga birlashtirilganda 
esa, tizimning bolalar bо‘linmalari tarmog‘i shahar, tuman markaziy bolalar 
kutubxonasidan, bolalar filial – kutubxonalari, kattalar kutubxonalari qoshidagi 
bolalar bо‘limlari, kitob berish shahobchalari, kо‘chma kutubxonalar va 
bibliobusning tо‘xtash shahobchalaridan iborat bо‘ladi. 
Davlat ommaviy kutubxonalarining markazlashtirilgan tarmog‘ida Markaziy 
bolalar kutubxonasi – butun tarmoqda bolalarga xizmat kо‘rsatishning ahvoliga 
javob beradi. U о‘z faoliyatini shahar yoki tumandagi mavjud maktab 
kutubxonalari bilan bog‘lab olib boradi. 
Markaziy bolalar kutubxonasi fondini shakllantirishda barcha bо‘limlardagi 
kitobxon – bolalarning har biriga 6 ta kitob tо‘g‘ri kelilishini hisobga olmoq 
zarur .Kitobxon bolalarning yosh grupalariga qarab, ularga badiiy, ilmiy-
ommabop adabiyotlar tarkibi belgilanadi . masalan maktabgacha yoshdagi 
bolalar va 1 sinf о‘quvchilari uchun badiiy adabiyot 98 -99 % miqdorida, ilmiy –
ommabop adabiyotlar esa 1-2 % miqdorida; 2-3 sinf о‘quvchilari uchun tegishli 
ravishda 80-85% va 15-20%; 4-5 sinf о‘quvchilari uchun 75-80% va 20-25%; 6-
8 sinf о‘quvchilari uchun 65-70% va 30-35% adabiyot bо‘lishi maqsadga 
muvofiqdir. 
Lekin shuni qayd qilish kerakki, respublikada umuman kutubxona fondlarini 
tо‘ldirishda jiddiy kamchiliklar mavjud. Ayniqsa, kutubxonalarni milliy 
tillardagi adabiyotlar bilan ta’minlash deyarli 50 % ga , badiiy va bolalar 
adabiyotiga bо‘lgan ehtiyoj esa atigi 20-25%gina qanoatlantirilmoqda. Bolalar 
kutubxonalarining fondlarida sinfdan tashqari о‘qish uchun О‘zbekiston Maorif 
ministrligi tavsiya etgan kitoblarning 30-50%i, qishloq tarmoqlarida esa 80% 
nigina mavjud. 
Bolalarga kutubxona xizmati kо‘rsatishda maktab kutubxonalari potensialidan 
tо‘la foydalanish zarur. Respublikadagi 8 mingdan ortiq maktab 
kutubxonalarining fondlari davr talabiga javob bermaydi,asosan darsliklar 
fondidagina tashkil topgan, fondni tо‘ldirish uchun maxsus mablag‘ kam 
ajratilmoqda . Bu kutubxonlarda kutubxona hisoboti juda yomon yо‘lga 
qо‘yilgan, kitobxonlar bilan ishlash , ularga differensial yondoshish , davlat 
kutubxonalari bilan о‘z ishlarini muvofiqlashtirish , ayniqsa malakali kadrlar 
bilan ta’min etish haligacha muammo bо‘lib qolmoqda. 
Maktab kutubxonalari ahvolini tubdan yaxshilashning birdan-bir yо‘li – ularni 
davlat bolalar tarmog‘iga birlashtirish asosida markazlashtirishga о‘tkazishdir. 
Mamlakatda maktab islohatini muvaffaqiyatli amalga oshirishning , yosh avlodni 
vatanparvarlik ruhda tarbiyalash samaradorligini oshirishning garovi bolalarni 
kutubxonalardan yanada kengroq foydalanishga о‘rgatish, kutubxonalarni 
bolalarning turmushiga kо‘proq singdirishdir. 


79 

Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin