Madaniyatshunoslik


-mavzu: O`zbekiston Respublikasida kutubxonа sohasida amalga



Yüklə 3,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/111
tarix08.11.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#131275
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   111
Majmua Kutubxonashunoslik 1-kurs

18-mavzu: O`zbekiston Respublikasida kutubxonа sohasida amalga 
oshirilayotgan islohotlar. 
Reja: 
1.
O`zbekiston Respublikasida kutubxonа sohasida amalga oshirilayotgan 
islohotlar. 
2.
Kutubxona sohаsidа o‘zgаrishlаrning rivojlanishi. 
3.
Аholining mа’nаviyatini o`stirishda kitob va kutubxonalarning o`rni.
Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari yozganidek, “kitob – 
beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai”. 
Xalqimiz tilida kitob o‘qib bilim va munosib tarbiya olish, kasb-hunar 
o‘rganishning ahamiyatiga doir maqollar juda ko‘p. Jumladan, “Kitobsiz aql – 
qanotsiz qush”, “Bilim – aql chirog‘i”, “Go‘zallik – ilmu ma’rifatda”. Bunday 
hikmatli naqllarni yana uzoq davom ettirish mumkin. Necha ming yillardan buyon 
insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib kelayotgan, ularning bilimli, tarbiyali, kasb-
hunarli va albatta baxtli bo‘lishining muhim omili – bu kitobga do‘st bo‘lish, va 
kitob o‘qishni kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoshlarning hayotida kitobning alohida 
o‘rni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy 
qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi. 
Istiqlolimizning qisqa davri mobaynida mamlakatda ijtimoiy, madaniy va xalqaro 
hayotning deyarli barcha tomonlariga taalluqli ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. 
O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo‘shilishi bobida faol va samarali qadamlar 
qo‘yildiki, bu ko‘p jihatdan mamlakat fuqarolariga axborotdan erkin foydalanish 
imkoniyatlarini yaratish darajasi bilan bog‘liqdir. 
Respublika kutubxonachilik ishidagi katta o‘zgarishlar kutubxonalarning 
axborotlashtirish tomon keskin o‘girilishiga, madaniy oqartuv muassasasidan 
axborotlashtirilgan ijtimoiy-madaniy tuzilmaga aylanishiga va shuning bilan 
kutubxonachilik ishini axborot-kutubxonachilik “siyosat”iga olib kelganligini 
qayd etish muhimdir. O‘tgan davr ichida kutubxonalarga mumkin qadar 
ko‘pchilik uchun cheklangan manbalardan foydalanish imkoniyatini yaratish 
vazifasi qo‘yilgan bo‘lsa, hozirgi paytda axborot-kutubxona muassasalarining 
asosiy vazifasi aholining barcha qatlamlarini, ayniqsa, yoshlarni milliy va 
dunyodagi bor axborot ma’lumotlaridan bahramand qilishdir.
Bugun yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini yuksaltirish 
maqsadida 
keng 
ko‘lamli 
ishlar 
amalga 
oshirilmoqda. 
Bu 
borada 
Prezidentimizning “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini 
rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda 
targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risidagi”gi qarori 
dasturilamal bo‘lmoqda. Darhaqiqat, prezidentimizning ushbu qarorida 


163 
belgilangan vazifalar, bir tomondan, azaldan kitobsevar xalqimiz, shu jumladan, 
yoshlarimizning kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish 
yuzasidan hozirgi zamon talablari darajasida juda keng imkoniyatlar yaratishga 
qaratilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, yaqin vaqt oralig‘ida O‘zbekistonimizning 
tom 
ma’noda 
kitobxonlar 
yurtiga 
aylanishiga 
xizmat 
qilmoqda. 
Bu borada, ayniqsa, axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini rivojlan-
tirishning qonunchilik asoslarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratildi. 
Xususan, 2011-yilda qabul qilingan “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi 
qonun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot-
kutubxona resurslarini shakllantirish hamda aholiga sifatli axborot-kutubxona 
xizmati ko‘rsatishni tashkil etish borasida davlat organlari va axborot-kutubxona 
muassasalarining vakolat va vazifalarini belgilab berdi. Mazkur qonunning 
ijrosini ta’minlash maqsadida tegishli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, 
axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini rivojlantirish, zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida axborot-kutubxona 
muassasalarining samarali faoliyatini ta’minlash, o‘sib kelayotgan yosh 
avlodning intellektual ehtiyojlarini qondirishga, madaniy-ma’rifiy qadriyatlarni 
saqlashga qaratilgan mutlaqo yangi tipdagi axborot-kutubxona tizimini yaratish 
borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Barchaga ayonki, axborot va 
kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan rivojlanayotgan XXI asrda 
axborot siyosati madaniy siyosatning bir bo‘lagi hisoblanadi. Shu ma’noda, 
Prezidentimizning 
qator 
qarorlari 
va 
sohaga 
oid 
qonunning 
qabul 
qilinishi kutubxonachilik ishida tarixiy voqea bo‘lib, an’anaviy kutubxona 
xizmati ko‘rsatishdan zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslangan axborot-
kutubxona xizmatini ko‘rsatishga asos solindi. Ma’lumki, mustaqillik yillarida 
xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qiladigan 
ko‘plab 
ma’rifat 
maskanlari 
barpo 
etilmoqda. 
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi uchun yangi binoning 
qurilishi, ana shunday zamonaviy koshonaga joylashtirilganligi ham 
mamlakatimizda ma’naviyat va ma’rifat rivoji yo‘lida ko‘rsatilayotgan ulkan 
g‘amxo‘rlik va e’tiborning davomi hamda yana bir namoyishi bo‘ldi, desak aslo 
mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mamlakatimizda milliy 
va jahon madaniyatini, fan va ta’limni rivojlantirish yo‘lida axborot-kutubxona 
faoliyatini tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi universal axborot-kutubxona 
muassasasi hisoblanadi. Uning boy va nodir axborot-kutubxona fondi ma’naviy 
merosimiz va milliy qadriyatlarimizning ajralmas qismidir. Shu ma’noda, ushbu 
ziyo maskani yoshlarimizni yetuk intellektual bilim va salohiyatga ega, erkin 
fikrlovchi insonlar etib tarbiyalashga xizmat qilishi tabiiy. 
Hozirgi kunga kelib kutubxona foydalanuvchilarining, eng avvalo, 
yoshlarning ehtiyojlarini inobatga olgan holda, qiroatxona zallarining ixtisos-
lashuvi va joylashishi takomillashtirildi. Ixtisoslashtirilgan elektron kutubxona 
zali, multimedia texnologiyalari zali tashkil etildi, barcha zallarda internet 
tarmog‘idan foydalanish ta’minlandi. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar 
agentligi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tasarrufidagi 


164 
14 ta axborot-kutubxona markazi avtomatlashtirilgan mahalliy kompyuter 
tarmoqlari bilan jihozlanib, internet tarmog‘iga ulanganligi foydalanuvchilarga 
yanada qulaylik yaratadi. Bir so‘z bilan aytganda, asosiy maqsad yoshlarda 
mustaqil ravishda axborot olishga bo‘lgan intilish va qiziqishni kuchaytirish, 
ularni yangi chop etilgan ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ma’rifiy, o‘quv-badiiy adabiyot 
bilan batafsil tanishtirish bilan birga kitob mutolaasini ommalashtirish, axborot 
madaniyati darajasini oshirish, internet tarmog‘ida milliy kontentni 
rivojlantirishga hissa qo‘shish va internetning axborot-kutubxona xizmatidagi 
imkoniyatlarini 
yanada 
oshirishga 
qaratilgan. 
Zamonaviy 
axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini integratsiyalashtirish nafaqat kitobxonlar 
foydalanadigan kitoblar sonini ko‘paytirish, balki mamlakatimizda madaniyat va 
ilm-fanning yanada ravnaq topishiga xizmat qiladi. Bevosita islohotlarning 
davomi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan 
Olmazor tumanida A.Qodiriy va A.Cho‘lpon nomli kutubxonalar binosi qurib 
bitkazildi. Asosiy maqsad kutubxonalarning poytaxt maktablari bilan 
hamkorligini yo‘lga qo‘yish, Abdulla Qodiriy va Cho‘lpon ijodini yoshlarga 
chuqurroq o‘rgatish zarurligi, aholining dam olishi uchun qulayliklarni zamon 
talablari darajasida oshirish, bir so‘z bilan aytganda, jaholatga qarshi ma’rifat 
bilan kurashishdan iboratdir. 2019-yil 13-yanvarda Bosh vazir A.Aripov 
tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor yig‘ilish qarorining 31-bandiga 
asosan ushbu kutubxonalar Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi 
tasarrufiga berilgani poytaxt aholisiga va ayniqsa yoshlarga ko‘rsatilayotgan 
yuksak imkoniyatlar eshigini ochdi. Mamlakatimizda ogohlik, har qanday 
sharoitga tayyor turishdek odilona olib borilayotgan siyosat darajasidagi chora-
tadbirlarning ko‘rilishi natijasida pandemiya hamda karantin bilan bog‘liq 
mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, xalqimiz tushkunlik va sarosimaga 
tushgani yo‘q. O‘z yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat yuritayotgan biror-bir tizim 
to‘xtab qolmadi. Chunki Yurtboshimiz vaziyatdan kelib chiqib, xalqimizning 
sog‘lig‘ini o‘ylab, har bir sohaning ishini boshqa shaklda tashkil etish orqali 
belgilangan tartiblar asosida yo‘lga qo‘yildi. Ya’ni, “Aqliy mehnat, ta’lim-
tarbiya bilan bog‘liq faoliyat turlari masofadan turib, onlayn rejimda olib boril-
moqda”. So‘nggi uch yilida axborot-kutubxona sohasiga oid normativ-huquqiy 
hujjatlarning qabul qilinishi bir qator ustuvorliklar belgilanishiga olib 
keldi. Prezidentimiz tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning 
bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ilgari surilgan 5 muhim 
tashabbusdan biri — yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida 
kitobxonlikni keng targ‘ib qilish hisoblanadi. Toshkent shahar “Bilim” axborot-
kutubxona markazi tomonidan keng aholi qatlami va ayniqsa yoshlarimizning 
uyda qolishi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida maxsus ishlab 
chiqilgan chora-tadbirlar asosida faoliyat olib bormoqda. Aholining ijtimoiy 
huquqlari, ya’ni zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda 
muntazam bilim olishiga ko‘maklashish, milliy ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni 
keng ko‘lamda targ‘ib qilish, ma’naviy boy va uyg‘un kamol topgan shaxsning 
ijodiy o‘sishiga imkoniyat yaratib berish maqsadida Toshkent shahar “Bilim” 


165 
axborot-kutubxona markazi “Uyda qoling!” shiori ostida yaratilgan “Bilim 
kitoblar”, “Bilim Aksiya”, “Bilim jonli ensiklopediya”, “Detskiy mir”, “Audio 
bilim”, “Bilim kutubxonasi”, “Aqlli karantin”, “Ajdodlar merosi — ilm 
yog‘dusi” kabi onlayn yaratilgan ta’sirchan sahifalar faoliyatida o‘z aksini 
topmoqda. 
2019-yil 7-iyunda “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona 
xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida” Prezident qarori qabul 
qilinishi sohaning taraqqiyotiga keng yo‘l ochdi. Qarorda 2019–2024-yillarda 
O‘zbekiston 
Respublikasida 
axborot-kutubxona 
sohasini 
rivojlantirish 
konsepsiyasi, sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi hamda 
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot-resurs 
markazining tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va 
ommaviy 
kommunikatsiyalar 
agentligiga 
tegishli 
vazirlik, 
idoralar, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar 
hokimliklari bilan birgalikda Milliy kutubxona qoshida 186 ta tuman (shahar) 
axborot-kutubxona markazini tashkil etish, aholiga axborot-kutubxona 
xizmatlarini ko‘rsatish uchun sifat jihatidan yangi va qulay shart-sharoit yaratish, 
zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ularning ilmiy, ta’lim, axborot va 
madaniy ehtiyojlarini qondirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj 
qatlamlariga ijtimoiy moslashuv va reabilitatsiya, mustaqil ta’lim olish va 
muloqot doirasini kengaytirish usuli sifatida axborotdan foydalanish 
imkoniyatlarini yaratish, foydalanuvchilarga har qanday tashuvchilarda (bosma, 
multimedia va raqamli), shu jumladan internet tarmog‘i yordamida sifatli 
axborot manbalaridan foydalanish imkoniyatini yaratish, o‘zining axborot-
resurslarini yaratish va ularni doimiy to‘ldirib borish orqali kitobxonlarga 
an’anaviy xizmat ko‘rsatish usulidan ularni zamonaviy axborot-kutubxona 
xizmatlari bilan ta’minlashga o‘tish va aholiga masofadan axborot-kutubxona 
xizmatlari ko‘rsatishni rivojlantirish va modernizatsiya qilish asosiy vazifa etib 
belgilandi. 
Mazkur qarorga muvofiq kutubxona sohasida mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni 
o‘rganish asosida turdosh oliy o‘quv yurtlariga “Kutubxona-axborot faoliyati” 
yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul kvotalari to‘g‘risida O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish yuklatilganligi kelajakda 
sohamizdagi kadrlar qo‘nimsizligi muammosini bartaraf etishga xizmat qiladi. 
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan, vazirliklar va 
idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va 
Toshkent shahar hokimliklarida, davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, shu 
jumladan 
harbiy 
qismlarda 
idoraviy 
kutubxonalarni 
tashkil 
qilish 
(takomillashtirish), idoraviy kutubxonalarning kitob fondini va moddiy-texnika 
bazasini yaratish, yangilash va to‘ldirish uchun davlat budjeti, budjetdan tashqari 
jamg‘armalar mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa 
manbalar hisobidan moliyalashtirish belgilandi. Idoraviy kutubxonalarning kitob 
fondini yangilash va to‘ldirish uchun zarur nashrlar ro‘yxatini har yili 


166 
shakllantirish mexanizmining belgilanganligi ham albatta o‘zining ijobiy 
samarasini beradi.
Ayniqsa, ushbu qarorda ko‘p minglab kutubxonachilarning azaliy orzusi 
ushaldi. 21-may — Kutubxonachilar kuni deb belgilanib, bunda kutubxonachilarni 
ko‘p yillik halol mehnati va axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishga qo‘shgan 
hissasi uchun davlat mukofotlari bilan taqdirlash va rag‘batlantirish o‘z aksini 
topganligini o‘qib boshimiz osmonga yetdi. Albatta, bu biz soha vakillari uchun 
katta e’tibor, ulkan rag‘bat, e’tirof bo‘libgina qolmasdan, balki yuksak 
mas’uliyatdir. Mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini oshirish, kitob 
mutolaasini yanada takomillashtirish orqali aholi va ayniqsa yoshlarimizni yuksak 
ma’naviyatli shaxslar qilib tarbiyalashda kuchli bilim, malakali tajribamiz va 
mavjud 
imkoniyatlarni 
safarbar 
etishga 
tayyormiz. 
Hurriyatparvar ajdodlarimizning asriy orzusini, xalqimizning tenglar ichra teng 
bo‘lish huquqini yuzaga chiqargan, milliy o‘zligimiz, qaddimiz va qadrimizni 
tiklagan, mamlakatimiz tinchligi va taraqqiyoti, xalqimiz farovonligini 
ta’minlayotgan, farzandlarimiz kelajagiga mustahkam zamin yaratayotgan aziz va 
mukarram – Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! 

Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin