Majburiyat huquqi


Majburiyat va majburiyat huquqi tushunchalari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə2/5
tarix12.11.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#119368
1   2   3   4   5

Majburiyat va majburiyat huquqi tushunchalari

  •  Fuqarolik huquqida majburiyat deb shunday fuqarolik huquqiy munosabatga aytiladiki, unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatlarni amalga oshirishga, chunonchi: mol-mulk topshirish, ishni bajarish, xizmatlar ko`rsatish, pul to`lash va hokazo yoki muayyan harakatdan o`zini saqlashga majbur bo`ladi; kreditor esa, qarzdordan o`zining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega bo`ladi (FK 234-modda).
  • Yuqorida berilgan ta`rifga ko`ra, majburiyat keng ma`noda huquq subyektlari hisoblangan shaxslar (tashkilotlar va fuqarolar) o`rtasida bo`ladigan fuqarolik-huquqiy xarakterdagi munosabatlarni bildiradi.

Majburiyat tushunchasi huquqning boshqa sohalarida ham, chunon-chi, ma`muriy huquq, oila huquqi, mehnat huquqi sohalarida ham beriladi. “Majburiyat” atamasi boshqa ma`nolarda ham ishlatiladi, masalan, majbu-riyat deb faqat muayyan bir harakatni qilishga, chunonchi, ijara haqini to`lashga, sotib olingan narsaning qiymatini to`lashga qaratilgan burchga ham aytiladi.

  • Majburiyat tushunchasi huquqning boshqa sohalarida ham, chunon-chi, ma`muriy huquq, oila huquqi, mehnat huquqi sohalarida ham beriladi. “Majburiyat” atamasi boshqa ma`nolarda ham ishlatiladi, masalan, majbu-riyat deb faqat muayyan bir harakatni qilishga, chunonchi, ijara haqini to`lashga, sotib olingan narsaning qiymatini to`lashga qaratilgan burchga ham aytiladi.
  • Majburiyat subyektlari va obyektlari uning muhim unsurlari hisoblanadi.
  • Majburiyat subyektlari muayyan huquqlarga ega bo`lgan va zimmasiga majburiyat olgan shaxslardir. Har bir majburiyatda, albatta, ikki taraf ishtirok etadi. Muayyan bir harakatning qilinishini yoki muayyan harakatni qilishdan saqlanishni talab etishga haqli bo`lgan taraf – kreditor deb ataladi. Muayyan harakatni qilishga yoki harakat qilishdan saqlanishga majbur bo`lgan taraf esa qarzdor deb ataladi.

Majburiyatda ishtirok etuvchi kreditorning huquqi nisbiy huquq bo`ladi, chunki kreditor faqat ma`lum shaxs yoki shaxslarga (bir qarzdor yoki bir necha qarzdorlarga) nisbatan talab qo`yish huquqiga ega.

  • Majburiyatda ishtirok etuvchi kreditorning huquqi nisbiy huquq bo`ladi, chunki kreditor faqat ma`lum shaxs yoki shaxslarga (bir qarzdor yoki bir necha qarzdorlarga) nisbatan talab qo`yish huquqiga ega.
  • Majburiyatda kreditorning talab qilish huquqi va shunga yarasha qarzdorning burchi nimaga qarata belgilangan bo`lsa, shuning o`zi majbu-riyat obyekti hisoblanadi. Jumladan, huquq va burchlar biron-bir ashyoni olishga, topshirishga, muayyan pul summasini to`lashga, biron-bir ishning bajarilishiga qaratilgan huquqiy harakatlardan iborat bo`lishi mumkin.
  • Majburiyatlar majburiyat huquqi tushunchasini keltirib chiqaradi. Majburiyat huquqi – mulk topshirish, ishlarni bajarish, xizmat ko`rsatish yoki pul to`lash bilan bog`liq bo`lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan fuqarolik huquqiy normalar yig`indisidir. Majburiyat huquqi jamiyatimizda mulkiy munosabatlarning eng muhim va keng sohasini, o`zining fuqarolik-huquqiy xarakteridagi qoidalari bilan tartibga soladi. U tashkilotlar bilan fuqarolar o`rtasidagi munosabatlarni ham, chunonchi, fuqarolarga xilma-xil tovarlar, oziq-ovqat mahsulotlarini sotishda, ularga har turdagi xizmatlar ko`rsatish, uy-joylar berish va boshqa hollarda vujudga keladigan munosabatlarni ham tartibga soladi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin