4. «Keyns xochi». Ishlab chiqarish hajmining muvozanat
darajasiga erishish mexanizmi.
Rejalashtirilgan xarajatlar chizig’i haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar bir-biriga teng bo`lgan (Y=E) chiziqni qaysidir a nuqtada kesib o`tadi. Quyida keltirilgan 14-chizmada tovarlar va xizmatlar bozorida qisqa muddatli muvozanatga erishish mexanizmi tasvirlangan bo`lib, u “Keyns xochi” nomini olgan. Y=E chiziqda haqiqiy investitsiyalar va jamg’armalar tengligi saqlanadi. a nuqtada esa daromadlar rejalashtirilgan xarajatlarga teng bo`ladi. Shuningdek, bu yerda rejalashtirilgan hamda haqiqiy investitsiyalarning o`zaro tengligiga erishiladi. Ya`ni, makroiqtisodiy muvozanat ta`minlanadi.
Agarda, ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi (Y1) uning muvozanat darajasi(Y0)dan ko`p bo`lsa, iste`molchilar mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar taklif qilganga nisbatan kam sotib oladi (ADAS) ko`ramiz. Talabning oshishi esa, firmalar zaxirasining kamayishi hisobiga qondiriladi. Natijada, YAMM asta sekin Y2 dan Y0 ga qarab o`sadi va yana AD=AS tengligiga erishiladi. Bu esa ayni paytda E=Y va I=S ayniyatlarga erishilganligini anglatadi.
E ( rejalashtirilgan Y=E
xarajatlar)
Y1 E=C+I+G+Xn
E1 Zaxiralarning
E0 jamg’arilishi
Zaxiralarning
E2 kamayishi
Y2 Y0 Y1 Y (daromad, real xarajatlar)
14-chizma. Keyns xochi (Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli)
Milliy ishlab chiqarishning muvozanat holati (Y0), yalpi xarajatlar komponentlarining har birining (iste`mol, investitsiya, davlat xarajatlari yoki sof eksport) o`zgarishi natijasida tebranishi mumkin. Ushbu tarkibdagi birorta omilning miqdorining o`sishi rejalashtirilgan xarajatlar egri chizig’ini yuqoriga suradi va aksincha kamayishi pastga surilishga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: |