Maktabda darsdan tashqari mashg’ulotlarni tashkil etish reja kir
Matematikaga oid ilmiy-ommobop adabiyotlarga o’rgatish.
Qiziqarli masala va misollardan keyin o’quvchilarda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatiga va kitoblardagi yangi faktlarga qiziqish uyg’onishi tabiiy albatta.
Darsni qiziqarli tashkillash.
Buning uchun turli savol-javoblardan, qiziqarli masalalardan, matematik fokuslarni o’rgatishdan foydalanish yaxshi natija beradi. Faqat maktab dasturini o’rganish o’quvchilarning qiziqishini so’nishiga olib keladi.
O’quvchilarni bilish darajasini aniqlash va past ko’rsatkichlarni faoliyatini oshirish.
Biror o’yin orqali yashirin tarzda bilim darajalari aniqlanib, past ko’rsatkichlarga yashirin tarzda ko’proq e’tibor qaratiladi. Pinhon e’tibor avzalligi shundaki, barcha o’quvchilar o’qituvchi e’tiboriga muhtoj bo’ladi. E’tiborni bir shaxsga qaratilishi, boshqalarning salohiyatini susayishiga olib keladi.
Uyga topshiriqni tashkillash.
Uyga topshiriqni ham an’anaviy usuldan qochgan holda berish zarur.
An’anaviy usul darslikdagi misol va masalalarni uyda bajarish uchun berish hisoblanadi.
Noan’anaviy usulni o’qituvchi o’z g’oyalariga ko’ra tashkillaydi.
Masalan, “Vazifalar doskasi”ni tashkillab, matematikaga oid ma’lumotlar topib kelish topshiriladi. Topilgan ma’lumotlarga ko’ra “Vazifalar doskasi” to’ldirilib boriladi.
Bu usul bilan o’qituvchi o’z ilmiy ma’lumotlarini boyitib boradi. Yanada o’z ustida ishlab salohiyatini oshishiga erishadi.
Endi o’qituvchini oldiga mashg’ulotning asosiy qismini mazmunli tashkillash masalasi ko’ndalang qo’yiladi. Teoremalar va ayniyatlar isbotini keltirib chiqarishni o’rgatish o’quvchilarni fikrlash qobilyatini oshishiga yordam beradi. Bu usuldan foydalanuvchi to’garak rahbarlari ko’pchilikni tashkil qiladi. Lekin bu usul barchaga birdek yoqavermaydi va to’garak a’zolarini qiziqishini so’nishiga olib kelishi mumkin.
Bunday muammolarni oldini olish uchun yangicha pedagogik texnologiyalarni qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi. Barcha o’quvchilar darsda faol ishtirok etgan kunlari ularni taqdirlash maqsadida “Matematik fokus”lar yoki “Sofizm”larni o’rgatib borish o’quvchilarda mashg’ulotga bo’lgan qiziqishni yanada ortishiga sabab bo’ladi.
Sofizm deb odatda oldindan xato qilib tuzilgan, yuzaki qaraganda to’g’ri bo’lib ko’rinadigan, lekin yanglish natijaga olib keladigan natijaga aytiladi. Ko’p hollarda matematik sofizmlar matematik qonun va qoidalarni noto’g’ri yoki to’liq bo’lmagan holda tatbiq qilish, mantiqning ma’lum normalarini buzish asosida tuziladi. Sofizmni ochish bu- da’voni isbotlashda muhokamada yo’l qo’yilgan xatoni ko’rsatishdir. Sofizmlarni ochishni o’rganish tanqidiy muhokamani rivojlantirishga imkon yaratadi, matematik tasdiqning har bir natijasini tekshirish va isbotlashning qanchalik zarurligini ko’rsatadi.
Quyida uncha qiyin bo’lmagan matematik fokuslar va yechimlarida birinchi qarashda sezib bo’lmaydigan xatolar bo’lgan sofizmlarga bir qancha misollar keltirib o’tilgan.