Javob: 110 (ga)
Keltirilgan misollardan ko’rinadiki, masalalar yechishda o’tkaziladigan muloxazalar turlicha ifodalanishi mumkin ekan. Eng muhimi shu muloxazalar yordamida o’quvchilar matnli masalalarni tenglama tuzib emas, balki arifmetik yo’l bilan ishlaydi. Umuman olganda matnli arifmetik masalalarni yechish jarayonida o’quvchilarni o’z bilimlarini ishlata bilishga, masalaning shartini o’zlashtirish, uni masala ustida qilinadigan ishlarning uqish, eshitish, yozish, tasavvur etish, tushunish, esda saqlab qolish kabi ba’zi bosqishlariga o’rgatish kerak, so’ngra o’quvchilarni asta-sekin masala shartidagi miqdorlar orasidagi bo’lgan bog’lanishlarni topa bilishga o’rgatish va ularga murakkab masalalarni sodda masalalarga ajrata bilish malakasini oshirish kerak.
Maktab o’quvchilariga matematikani “Formulaviy qadamlar” va “Sonlar stuli” kabi o’yinlar orqali tushuntintirish ancha qulay hisoblanadi.
Formulaviy qadamlar:Bunda biror marra belgilanib, qatnashchilar har bir qadam qo’yishda bittadan matematik termin aytish talab qilinadi. Odatda, bu o’yin maktab o’quvchilarida zo’r ta’asurot qoldiradi. O’yinda har bir termin, boshqasidan farq qilishi lozim.
Sonlar stuli: Bu o’yinda o’quvchilarga o’qituvchi tomonidan masala va misollar beriladi. Qatnashchi masala javobini tezroq topishi va shu no’merli stulga o’tirib olishi talab etiladi. Misol uchun 12ta kabutardan 5tasi uchib ketsa 7ta kabutar qolishi ma’lum bo’ladi. Ishtirokchimiz 7-no’merli stulga o’tirgach, shu o’rindagi o’quvchi bilan o’yin davom ettiriladi.
Mashg’ulot yakunida barcha to’garak a’zolariga muommoli savol yoki muommoli masala berish, o’quvchilarni izlanishga chorlaydi. Ular kelgusi mashg’ulot kuniga puxta tayyorlanib, shu kun kelishini intiqlik bilan kutishadi. Bu kabi usullar o’quvchilarda birdamlik, guruh bilan ishlash kabi jarayonlarni vujudga kelishiga sabab bo’ladi.
2.2-§. “Sanoq sistemalari” ma’vzusida darsdan tashqari mashg’ulotlar olib borish tartibi Maktabda darsdan tashqari mashg’ulotlar o’qituvchilar va o’quvchilar o’rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlashga hamda o’quvchilarning matematika faniga bo’lgan qiziqishlarini yanada takomillashtirishga yordam beradi.
Quyida “Sanoq sistemalari” mavzusida to’garak mashg’uloti olib borishning asosiy qismi bayoni keltirilgan.