Maktabda darsdan tashqari mashg’ulotlarni tashkil etish reja kirish I bob. Matematikadan darsdan tashqari mashg’ulotlar o’tkazishning maqsad va vazifalari



Yüklə 421,5 Kb.
səhifə7/12
tarix04.05.2023
ölçüsü421,5 Kb.
#126343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Maktabda darsdan tashqari mashg’ulotlarni tashkil etish reja kir

<>
Birinchi darajali tenglama berilgan bo’lsin: 8x-12=10x-15.
Soddalashtiramiz: 4(2x-3)=5(2x-3). Uni (2x-3) ga qisqartirsak, 4=5 yoki boshqacha: 2*2=5 hosil bo’ladi.
Tushuntirish. Berilgan tenglamani qisqartirmasdan yechib, x=3/2 ekanligini topamiz. Demak, tenglamaning ikkala tomonini nolga teng ifodaga bo’lgan ekanmiz.
<>
To’g’ri to’rtburchak shaklidagi karton bo’lagiga bir-biridan barobar uzoqlikda turgan o’n uchta bir xil chiziq chizamiz.
Endi to’g’ri to’rtburchakni uning eng chapdagi chiziqchaning yuqori uchini eng o’ng tomondagi chiziqchaning pastki uchi bilan tutashtiruvchi to’g’ri chiziq bo’yicha kesamiz. To’g’ri to’rtburchakning ikkala bo’lagini kesish chizig’i bo’yicha bir qadam suramiz. Chiziqchalarni sanab chiqib, ular 12 ta bo’lib qolganini ko’ramiz. Bitta chiziqcha qayoqqa g’oyib bo’ldi?
Tushuntirish. Kesish chizig’i birinchi va oxirgi chiziqchani qismlarga ajratmaydi. Bitta bo’limga surishdan keyin birinchi chiziqchaga ikkinchi chiziqchaning qismi, ikkinchisiga uchinchining qismi qo’shilib ketadi va hokazo. Oxirgi o’n uchinchi chiziqcha esa o’zidan oldingi chiziqchaga butunlay qo’shilib ketadi. Shunday qilib, 13 ta chiziqcha o’rniga 12 ta (lekin ulardan uzunroq) chiziqchalar hosil bo’ladi. Oddiy ko’z bilan qaraganda bunday uzayishni sezish qiyin.
Shuningdek, matematika fanini o’qitishda masalalar yechish juda muhim o’rin tutadi, chunki masala yechishdan maqsad-o’quvchilarning nazariy bilimlarini har xil amaliy masalalarni yechish sohasida ongli ravishda tez va qat’iylik bilan tatbiq qilishga o’rgatishdir.
Masala yechish- matematik nazariyani amaliyotda tatbiq qilishdan iboratdir. Matematika o’qitishda masala yechishning pedagogik mohiyati naqadar katta ekanligi va o’qituvchi o’z ishini rejalashtirishda ham, o’qitish vaqtida ham bunga qanchalik e’tibor berishi kerakligi shu aytilganlardan ham yaxshi tushuniladi.
Masalalar yechish yo’li bilan har xil matematik tushunchalar vujudga keltiriladi, turli arifmetik operatsiyalar tushunib olinadi, masalalar ko’pincha ba’zi nazariy qoidalarni chiqarishda asos bo’ladi. Masala o’qituvchining matematik nutqini boyitishga va o’stirishga yordam beradi. Masalalar hayotdagi turli faktlar orasidagi miqdoriy munosabatlarni anglashga yordam beradi. Tegishli mazmundagi masalalar o’quvchilarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalashda vosita bo’ladi.
Ayniqsa qiyin masalalarning shartlarini qisqacha yozish juda zarur. Tajriba shuni ko’rsatdiki, eng yaxshi o’quvchilar, hattoki o’qituvchilarning o’zlari ham, qiyin masalalarni yechishda shartlarni qisqacha yozishdan foydalanadilar.
1-masala. Vagonga 196 dona qarag’ay va archa xodalari ortilgan bo’lib,ularning umumiy og’irligi 58,8 t. Bir dona qarag’ay xodaning og’irligi 0,28 t, archaniki esa 0,35 t bo’lsa, har qaysi xil xodadan nechtadan ortilgan bo’ladi?
Bu masalani yechish uchun maxsus usul talab etiladi.

Yüklə 421,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin