O`zbekistonda maktabgacha ta’limning vujudga kelishi va taraqqiyot bosqichlari
5
“Ilk qadam” Davlat dasturini o’rganish
10
Innovatsiyani pedagogik jarayonga tadbiq etish bosqichlari.
5
Tarbiyachining odob va madaniyati.
5
Jami:
135
Mustaqil o’zlashtiriladigan mavzular bo’yicha talabalar tomonidan individual topshiriqlar bajariladi, referatlar tayyorlanadi va uni taqdimoti tashkil qilinadi.
III. “Maktabgacha pedagogika” fani bo’yicha glossariy GLOSSARIY «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» - «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalariga muvofiq, milliy tajribaning tahlili hamda ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqlol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirish mazmunini belgilab beruvchi yuridik hujjat.
Axloq (lotincha «moralis» - xulq-atvor ma’nosini bildiradi) - ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari yig‘indisi.
Axloqiy ong –shaxga axloqiy me’yorlar va xulq-atvor qoidalari to‘g‘risidagi nazariy bilimlarni berish asosida hosil qilinuvchi ong shakli.
Axloqiy tarbiya – muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lgan tartib, odob, o‘zaro munosabat, muloqot va xulq-atvor qoidalari, mezonlarini o‘quvchilar ongiga singdirish asosida ularda axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko‘nikmalari va axloqiy madaniyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi.
Maktabgacha ta’lim - bolaning sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlovchi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otuvchi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlovchi hamda bola olti-etti yoshga etguncha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari va oilalarda amalga oshiriluvchi ta’lim bosqichi.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi – maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga etkazish masalalarini o‘rganadi.