Maktabgacha ta’lim



Yüklə 1,14 Mb.
tarix16.04.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#125453
4.10 (7)


TURON ZARMED UNIVERSITETI “Maktabgacha ta’lim” yo’nalishi
4.10.guruhi talabasi ZARIPOVA MAFTUNA
Mavzu: KOMPYUTER O’YINLARIDAN SAVODGA O’RGATISH MASHG’ULOTLARIDA FOYDALANISH
FAN: Bolalarning o’qish va yozish malakalarini shakllantirish
Kеyingi paytlarda ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyotida jiddiy o`zgarishlar ro`y bеrdi. Natijada avvallari an’ana bo`lgan ta’lim jarayonida qo`llanadigan mеtоdlar o`rniga yangi zamоnaviy pеdagоgik tехnоlоgiyalarga asоslangan intеrfaоl mеtоdlar kirib kеla bоshladi. Mavzularning o`quvchilar tоmоnidan o`zlashtirilishi va ularning mustaqil fikr yuritishlariga undash bеvоsita o`qituvchi faоliyatiga bоg`liqdir. Zеrо, yangi ta’lim standartlarini o`zlashtirish kafоlati yangicha zamоnaviy mеtоdlarni qo`llashni talab etadi.Ta’lim tizimidagi islоhоt munоsabati bilan bоshlang`ich ta’lim оldiga qo`yilgan talablar o`qish darslarida pеdagоgik tехnоlоgiyalarning rivоjlantiruvchi, diffеrеnsiatsiya, shaхsni muayyan maqsadga yo`naltirish, izlanish, muammoli o`qitish, mustaqil ish usullaridan fоydalanishni taqоzо etmоqda. Shuni hisоbga оlgan hоlda boshlang`ich sinf o`qish darslarini samarali tashkil etishga yordam bеradigan, o`quvchining faоlligini оshiradigan mustaqil ish, yarim izlanishli muammоli o`qitish, musоbaqa–bеllashuv mеtоdlaridan, turli intеrfaоl mеtоdlardan fоydalaniladi. Darslarni aqliy hujum, mustaqil tahlil, ta’limiy o`yin, turli sahna ko`rinishli andazasiz usullardan foydalanib uyushtirishga alоhida e’tibоr qaratiladi.
Savod o`rgatish davrida ham o`quvchilarning mavzuni chuqur o`zlashtirishlarini, uni tahlil qila оlishlarini ta’minlash kеrakligini hisоbga оlgan hоlda mеtоd tanlashga e’tibоr qaratiladi. Bunda intеrfaоl mеtоdlarni qo`llash maqsadga muvоfiqdir. Chunki zamоnaviy ta’limni tashkil etishga qo`yiladigan muhim talablardan biri оrtiqcha ruhiy va jismоniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt оrasida muayyan nazariy bilimlarni yеtkazib bеrish, ularda ma’lum faоliyat yuzasidan ko`nikma va malakalarini hоsil qilish, shuningdеk, o`quvchilar faоliyatini nazоrat qilish, ular tоmоnidan egallangan bilim, ko`nikma hamda malakalar
darajasini bahоlash o`quvchidan yuksak pеdagоgik mahоrat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi.
Bugungi kunda bir qatоr rivоjlangan mamlakatlarda bu bоrada katta tajriba to`plangan bo`lib, ushbu tajriba asоslarini tashkil etuvchi mеtоdlar intеrfоal mеtоdlar nomi bilan yuritilmоqda. «Intеrfaоl» atamasi ingilizcha “interact”-o`zarо tasirlashishi (yoki “interaction”-o`zarо ta’sir) so`zidan оlingan bo`lib, birоr faоliyat yoki ma’lumоt o`zarо muоmalada, o`zarо bahs- munоzara, dеbat usulida, fikrlashni asnоsida, hamjihatlik bilan hal qilish ma’nоsini anglatadi. Bugungi kunda ta’lim amaliyotida intеrfaоl mеtоdlarning
«Aqliy hujum», «Klastеr», «6x6», «Guruhlarda ishlash» «Qarоrlar shajarasi», “Qadamba-qadam”, “Venn diagrammasi” kabi ko`rinishlaridan fоydalanishmоqda. Shuningdеk, o`qish darslarining andоzasiz nоan’anaviy ko`rinishlari ham ta’lim jarayonida qo`llanilmоqda.
Ta`lim jarayonida o`quvchilarning bilimga qiziqishlari ham muhim ahamiyatga ega. Psixologik adabiyotlardan qiziqishning ikki turi bizga ma`lum.
Qiziqishning birinchi ko`rinishi myayyan paytda, muayyan faoliyat jarayonida qo`zg`aladigan qiziqish bo`lsa, ikkinchisi, maqsad qiziqishi bo`lib, tashqi ta`sir natijasida o`quvchi oldiga muayyan maqsadini qo`yib, uni shunga qiziqtirishdir. Har bir o`qituvchi o`z faniga nisbatan barqaror, bilvosita qiziqishni tarkib toptirishga erishishlari lozim. “Ona tili” faniga qiziqtirish dars mashg`ulotlarini qiziqarli tashkil etish, тopshiriqlarning rang-barangligiga erishish, ko`rgazmali, aydiovizual va texnik vositalardan unumli foydalanish, dars mashg`ulotlarining amaliy yo`nalishini kuchaytirish, o`quvchini ta`lim jarayonining sub`ektiga aylantiradi.
Doirada berilgan harflar asosida so`z tuz” o`yini. Oquvchilarda doira ichida 8 ta harf taqdim etiladi. O`quvchilar shu harflar ishtirokida so`zlar hosil qiladilar. Belgilangan vaqtda ko`p so`z hosil qilgan o`quvchilar yoki guruh g`olib sanaladi. Bu o`yinni, ayniqsa, unli va undosh tovushlarni o`rgangandan keyin o`tkazish maqsadiga muvofiq bo`ladi. Agar o`quvchilar e`tiboriga a, u, b, z, f, s, t harflari berilgan bo`lsa ,
ular bu harflarni qatnashtirib, bu, sab, tuz, bo`ta, aft, saf, bas kabi so`zlar hosil qiladilar.
Keyingi bo`g`inni top” o`yini.
Berilgan bo`g`inlar ishtirokida so`z tuzish tushuntiriladi. Qaysi o`quvchi ko`p so`z tuza olsa, “besh” baho bilan mukofatlanadi. Masalan, bo, bo`, jo`, ni, lo, sa, mu, no, hu, ko…
Bola, bobo, bozor, bodom, ... Bo`gin, bori, bo`liq, bo`zchi ... Jo`ja, jo`ra, jo`xori, jo`na ...
Nima, nizom, nido, nihol, ... Lola, lochin, lobar, lozim ... Savob, sarob, sadaqa, salom ...
Talaffuzda adashmang” o`yini
O`qituvchi o`quvchilarga x va h yoki f-p tovushlari ishtirok etuvchi so`zlardan aytishni topshiradi. O`quvchilar ikki guruhga bo`linib, topshiriqni bajarishlari mumkin. Shunda kim so`zni noto`g`ri aytsa, o`yindan chiqadi. Mavzu asosida so`zni aytgan o`quvchi shu so`zni taxtada yozadi va imlosi bilan taqqoslanadi. Belgilangan vaqtda eng ko`p to`g`ri so`z aytgan o`quvchiga, sinfda o`quvchilar o`z qo`llari bilan yasagan o`yinchoqlardan sovg`a sifatida beriladi.
Namuna:
Shoh – davlat boshlig`i
Shox – novda, daraxtning shoxi Xil-xil - saralangan – tanlangan Hil-hil - ezilib pishgan
Uhladi-xafa bo`ldi, “uh” tortdi. Uxladi – uxlamoq - dam olmoq Hol-ahvol – (hol)ni so`radi.
Xol – odam tanasida bo`ladigan xol.
Sirli kataklarni to`ldir” o`yini. O`quvchilarga kataklarni to`ldirib, tovushdosh so`zlar hosil qilish vazifa qilib topshiriladi. Masalan, toy so`zini soy so`zigacha davom ettirish talab etiladi.
Namuna: toy, loy, moy, voy, oy, choy, yoy, soy Tavsiya etilgan so`zlar.
bosh, tosh, osh, qosh, yosh, rosh bol, pol, tol, sol, gol, mol, xol, hol
Savod o`rgatish darslarini turli no`ananaviy shakllarda tashkil etish pedagogik texnologiyaning eng muhim talabi sanaladi. Ana shu noan`anaviy dars shakllaridan biri “O`rganilgan yoki o`rganilayotgan bilimlar olamida sayohat ” darslaridir. O`quvchilar sinfda o`tirib, bilimlar olamida sayohat qiladilar. O`qituvchi dars jarayonida beriladigan o`quv topshiriqlarini to`rt-besh “bekat”ga ajratadi. Muayyan bir “bekat” dagi o`quv qiyinchiligini enggan o`quvchi, o`qituvchi rahbarligida ikkinchi “bekat” ga yo`l oladi. Barcha o`quv qiyinchiliklarini yenggan o`quvchilar bilimlar mamlakatini zabt etadilar.
Zamonaviy bola elektron madaniyat dunyosida yashaydi. Kompyuterlar tug'ilishdan boshlab kichik bolalarni o'rab oladi: uyda, bolalar bog'chasida va shifokorda. Yangi ma'lumotlarning kuchli oqimi, reklama, televizor va kinoda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish, o'yin pristavkalari, elektron o'yinchoqlarni tarqatish maktabgacha yoshdagi bolaning tarbiyasiga va uning atrofidagi dunyoni idrok etishiga katta ta'sir ko'rsatadi. 5-6 yoshli bola allaqachon shaxsiy kompyuter bilan erkin muloqot qiladi. Uning sevimli mashg'ulotining tabiati - o'yin ham sezilarli darajada o'zgaradi. Hozirgi bola faqat uni eng ko'p qiziqtiradigan, eng yaqin, tanish, yoqimli va qulay his-tuyg'ularni uyg'otadigan ma'lumotlarni o'zlashtiradi. Shu sababli, zamonaviy maktabgacha yoshdagi bolaning motivatsiyasini oshirish va ta'limini yaxshilash, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va ta'lim faoliyati uchun ijobiy hissiy fon yaratish uchun noyob imkoniyatga ega bo'lgan vositalardan biri bu kompyuterdir. O‘quv jarayoniga AKTni joriy etish bo‘yicha pedagogik munozaralar anchadan beri davom etib kelmoqda.
Ammo zamonaviy dunyoda bir joyda turish qiyin, shuning uchun biz xohlaymizmi yoki yo'qmi, AKT maktabgacha ta'lim muassasalarining ta'lim jarayoniga mustahkam kiritilgan. Kompyuter nafaqat kattalar hayotining zaruriy va muhim atributiga, balki bolalarni o'qitish vositasiga ham aylandi. Kompyuter texnologiyasi - bu bola bilan ishlashda uning rivojlanishiga yordam beradigan maxsus yo'nalish. Hozirda u mamlakatimizda hali yetarli darajada rivojlanmagan. Agar maktab faol rivojlanayotgan bo'lsa, kompyuterdan foydalanishning yangi texnologiyalari va usullarini joriy etsa, deyarli har bir maktabda kompyuter sinflari va interfaol doskalar mavjud bo'lsa, maktabgacha ta'lim muassasalarida bu ish endigina boshlanmoqda va qoida tariqasida o'qituvchining shaxsiy qiziqishi. Men to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’lim faoliyatini tayyorlash va o‘tkazishda AKTdan foydalanish tarafdoriman, chunki o‘qituvchi bola bilan bir tilda muloqot qilish uchun zamonaviy metodlar va yangi ta’lim texnologiyalari bilan qurollangan bo‘lishi kerak, deb hisoblayman. Hatto e'tiborini uzoq vaqt ushlab turish juda qiyin bo'lgan giperaktiv bolalar ham katta ekranda taqdim etilgan ma'lumotlarni, hatto turli o'yinlar va musiqalar jo'rligida katta qiziqish bilan qabul qilishadi. Ta’lim amaliyotiga zamonaviy texnologiyalarning kirib kelishi yangi imkoniyatlarni ochib beradi.
Mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayoygan yangilanish, modernizatsiya jarayoni uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo‘g’inlari jumladan, oliy ta’limda ham zamon talablariga javob bera oladigan yetuk mutaxassislarni tayyorlash, ularda yangi bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishni, o‘z ustida ishlash, zamonaviy texnologiya yutuqlaridan maqsadli foydalana olish mahoratini oshirishni taqozo etmoqda. Bo‘lajak boshlang’ich sinf o‘qituvchilarini hozirgi kun talablari asosida tayyorlashda “Ona tili o‘qitish metodikasi” fani ham ustuvor vazifalarni bajarishda salmoqli o‘rinni egallaydi. Zamonaviy ta’limda ta’lim muassasalardagi o‘qitish sifatini ta’minlashga qaratilgan tizimli islohotlar zamirida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy mahorati, ularning zamonaviy ta’lim va innovatsion texnologiyalar, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish borasidagi zamonaviy bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish dolzarb vazifalardan sanaladi. Mamlakatimizda pedagog kadrlarni tayyorlash jarayonini modernizatsiyalash, sohadagi zamonaviy rivojlanish tendentsiyalari, ilg‘or xorijiy tajribalar va innovatsion yondashuvlar asosida ta’lim mazmuni va o‘qitish sifatini takomillashtirish muhimligi sababli u davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan
Bo‘lajak pedagog mutaxassislarni zamon talablari asosida aqliy, axloqiy, intellektual, estetik va jismoniy jihatdan komil inson sifatida tarbiyalash “Ona tili o‘qitish metodikasi” fanining ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Mazkur fan orqali bo‘lajak mutaxassis o‘qituvchilar ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, yosh avlodga yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarkib toptirishga doir ilmiynazariy, amaliy-metodik bilimlar, zarur ko‘nikma va malakalar hajmini, o‘qituvchi shaxsida namoyon bo‘lishi lozim bo‘lgan umumkasbiy va shaxsiy fazilatlarni muvaffaqiyatli egallashlari kerak. O‘quv qo‘llanmada ona tili o‘qitish metodikasining umumiy asoslari, darslarda integratsion yondashuv, mashg’ulotlar jarayonida xorijiy ta’lim tizimida foydalanish, shuningdek boshlang’ich sinf ona tili va o‘qish darslarida axbarot texnologiyalari hamda ta’lim jarayonida innovatsiyalar va interfaol usullardan foydalanishning yo‘l va usullari ko‘rsatib berilgan.

ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin