Maktabgacha tarbiya yoshidagi



Yüklə 127,5 Kb.
səhifə1/7
tarix12.05.2023
ölçüsü127,5 Kb.
#126851
  1   2   3   4   5   6   7
maktabgacha yoshdagi bolalarda axloqiy sifatlarni tarbiyalash




MUNDARIJA
KIRISH
I-BOB MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARNI AXLOQIY TARBIYALASH ASOSLARI
1.1 . Axloqiy tarbiya haqida tushuncha.
1.2 Maktabgacha yoshdagi bolalarda axloqiy sifatlarni tarbiyalash
II-BOB MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI AXLOQIY JIHATDAN TARBIYALASH VAZIFASI.
2.1 Maktabgacha yoshidagi bolalarga axloqiy tarbiyani amalga oshirish vositalari
2.2 Maktabgacha yoshidagi bolalarga axloqiy tarbiyaga doir ta’limiy faoliyatni tashkil etish
XULOSA
ADABIIYOTLAR RO`YXATI


KIRISH
Axloq so‘zi – lotincha «moros», ya’ni moral, mantiq so‘zidan kelib chiqib, u hech qaerda qat’iy yozib qo‘yilmagan ijtimoiy konundir. Inson kundalik hayotida undan (axloq normalaridan) norma sifatida foydalanadi. Axloqiy tarbiya normalari har bir jamiyatning huquqiy normalariga asos bo‘ladi. Axloqiy tarbiyada kishi axloqiy bilimlarni o‘zlashtiribgina qolmay, har qanday vaziyatlarda o‘zini ana shu normalarga munosib tuta oladigan kishilar axloqiy tarbiyalangan hisoblanadi. Axloqiy tarbiyalangan kishida barqaror ma’naviy motivlar shakllangan bo‘ladi. Bu motivlar esa o‘sha kishini jamiyatda munosib xulq-atvorga rag‘batlantiradi. Yosh avlodni jamiyatga, mehnatga, o‘ziga munosabatni ochib beruvchi ma’naviy fazilatlarga muvofiq ravishda tarbiyalash tarbiyalanuvchi shaxsni, axloqiy tarbiyaning pedagogik va psixologik asoslarini chuqur bilishni talab qiladigan murakkab jarayondir. Axloqiy bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtirib olishgina болаларga atrofdagi kishilar xatti-harakatidagi qaysi jihatlar yaxshi-yu, qaysilari yomon ekanligini anglab olishga yordam beradi Qadimgi faylasuflar-u, donishmandlar ijodida odob-axloq malasalari markaziy o‘rinni egallab kelgan. Ular axloq-odobni jamiyatning «poydevori» deganlar.
Shuning uchun jamiyatning har bir a’zosining xulqi-odobiga alohida e’tibor bilan qaraladi. Ma’naviy- axloqiy bilimlarni оngli ravishda o`zlashtirib оlishgina o’quvchilarga atrоfdagi kishilar хatti-harakatidagi qaysi jihatlar yaхshi-yu, qaysilari yomоn ekanligini anglab оlishga yordam bеradi. Axloqiy tushunchalarning turli yosh davrlarida shakllanish darajasi turlichadir. Jumladan: 1. Axloqiy оnglilik, 2. Axloqiy qadriyatlar, 3. Axloqiy his-tuyg’ular. Axloq ijtimоiy оng shakllanishidan biri bo`lib, muayyan jamiyatda yashоvchi kishilar amal qilishi zarur bo`lgan ma’lum хatti-harakat qoidalari yig’indisidir.
Axloq оdamlarning birbiriga. jamiyatga, davlatga, xalq mulkiga, оilaga munоsabatini muayyan tartibga sоladigan хattiharakat qoidalari tizimida namоyon bo’ladi.ahloq- kishining ichki оlami, e’tiqodi, fazilatlari sifatida mavjud bo’lsa, оdоb-shaхsning ko`zga tashlanadigan mulоzamati, xulq-atvоri, muоmalamunоsabatlarida namоyon bo’ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy kamolotida oila va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘rganiladigan topishmoq, topishmoqli ertaklarning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviyaxloqiy tarbiyalashning samarali shakl va metodlari, maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda oila va maktabgacha ta’lim tashkilotining hamkorligi yoritib beriladi. Topishmoq azaldan xalq pedagogikasining oliy namunasi hisoblanadi. Zero, xalq og‘zaki ijodining eng qadimgi va eng faol janrlaridan biri ham topishmoq hisoblanadi. Topishmoqlar inson, ijtimoiy hayot va tabiat hodisalari bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, hammavaqt real zaminga asoslanadi.
Unda atrofimizni o‘rab turgan moddiy dunyodagi turli narsalar aks etadi. Har bir topishmoq o‘ziga xos shakl va mazmunga ega bo‘lgan mustaqil bir asardir. Unda falsafiy, tarixiy, etnografik belgilar, tushunchalar, hodisalarning mohiyati nihoyatda go‘zal obrazli ifodalar bilan aks ettiriladi. Topishmoq aytish, asosan, bolalarning so‘z boyligini oshirish, hayot va uning hodisalari haqidagi tushunchalari va tasavvurlarini, idroki va mulohaza qobiliyatini kengaytirishda tarbiya vositasi hisoblanadi.Ular tarbiyalanuvchilarni ko‘proq narsa va buyumlarni, tabiat va uning hodisalarini idrok qilishga yordam beradi. MTM (maktabgacha ta’lim muassasasi)da maktabgacha yosh davrida bolalarga topishmoq aytish, uning javobini topish va xulosalar chiqarish bolalarni faqatgina o‘sha aytilayotgan tpishmoqning javobini topish uchun harakat qilishidagina emas, balki bolalar o‘rtasida bir- biriga mehr, do‘stlik, o‘rtoqlik, hamjihat bo‘lib yashash kerakligi haqida fikrlar bildiriladi



Yüklə 127,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin