Maktabgacha tarbiya yoshidagi


Maktabgacha yoshdagi bolalarda axloqiy sifatlarni tarbiyalash



Yüklə 127,5 Kb.
səhifə3/7
tarix12.05.2023
ölçüsü127,5 Kb.
#126851
1   2   3   4   5   6   7
maktabgacha yoshdagi bolalarda axloqiy sifatlarni tarbiyalash

1.2 Maktabgacha yoshdagi bolalarda axloqiy sifatlarni tarbiyalash
Maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz ta’limning birlamchi, eng asosiy bo‘g‘inidir. Mutaxassislarning ilmiy xulosalariga ko‘ra, inson umri davomida qabul qiladigan barcha axborot va ma’lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrda oladi. Shu bois bolalarning sog‘lom, bilimli bo‘lib voyaga yetishida maktabgacha ta’lim-tarbiya alohida ahamiyatga ega. Pedagogika fani yosh avlodning axloqiy rivojlanishida tarbiya va ta’limni muhim omil deb hisoblaydi. Shu davrda ma’lum maqsadga qaratilgan ta’lim-tarbiya ta’sirida shaxsning axloqiy sifatlari shakllana boshlaydi. 6–7 yoshda ijobiy xulq normalarining ancha barqaror shakli yuzaga keladi. Bola atrofdagilar bilan bo‘ladigan munosabatlarda egallab olgan axloq normalariga asoslangan holda ish tutadigan bo‘lib qoladi. Shuning uchun ularga ilk yoshdan boshlab axloqiy tarbiya berib borish maqsadga muofiq.
Insonparvarlik hissini tarbiyalash. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tarbiyalanadigan axloqiy xususiyatlar, xulq-atvor qoidalari orasida insonparvarlik muhim o‘rin tutadi. Insonparvarlik hissi axloq normalari va qoidalarini o‘rgatish asosida rivojlanadi. Buning uchun bolalarni yaxshi ishlar qilishga o‘rgatib borish kerak. Insonparvarlikni tarbiyalashda bolalarning yoshini e’tiborga olish lozim. Ularga quyidagi tushunchalar ilk yoshidanoq tushuntirib boriladi: bola buni anglay olmaydi, deb hisoblash noo‘rin. Yiqilib tushgan bolani o‘rnidan turishga yordam berish, o‘simlik va hayvonlarni parvarish qilish, o‘yinchog‘ini o‘rtog‘iga berib turish, tik turgan kishiga joy berish, eng muhimi, boshqalarga ko‘rsatilgan xizmatdan xursand bo‘lishga o‘rgatish lozim.
Kamtarlik, to‘g‘rilik, halollik va quvnoqlik xususiyatlarini tarbiyalash. Bu xususiyatlar har tomonlama sog‘lom shaxsni tarbiyalashning eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Kamtarlik har bir kishining eng muhim va oliyjanob fazilatlaridan biridir. Bu, asosan, maktab yoshidan tarbiyalanadi. Ammo maktabgacha yoshidan boshlab bolalarga kamtarlik hissini singdirish, manmanlik, takabburlik va maqtanchoqlikni yo‘qotib borish zarur.
Maktabgacha yoshdagi bolalar o‘zini boshqa bolalardan ustun qo‘yishga urinadi. Ba’zan ota-onalarining kasbi bilan ham maqtanishni xush ko‘radi. Bunday holatda bolalarning ota-onalari bilan tegishli ishlar olib borish, har bir kasbning zarur va muhimligi to‘g‘risida aniq misollar bilan tushuntirish zarur. Bolalar ayrim ishlarning uddasidan chiqib, boshqalarni kamsitsa, tarbiyachi bolaga biror narsani bilmagan o‘rtog‘iga o‘rgatish kerakligini, o‘z-o‘zini maqtash yarashmasligini anglatishi darkor. Sofdillik va rostgo‘ylikni tarbiyalash, yolg‘onchilik va vijdonsizlik paydo bo‘lishining oldini olish va unga qarshi kurash bilan uzviy bog‘liqdir.
Vatanga muhabbatni tarbiyalash. Vatanga muhabbat – eng chuqur ijtimoiy hislardan biridir. Vatanga muhabbat hissi maktabgacha yoshdagi bolalarda kattalar tomonidan ularning ruhiy taraqqiyoti va tafakkurining aniq hamda obrazliligini e’tiborga olgan holda ma’lum izchillik bilan shakllantirib boriladi. Shuning uchun bu ularga yaqin va tanish bo‘lgan aniq faktlar, yorqin misollar orqali tushuntirib boriladi.
Baynalmilal tarbiya. Maktabgacha yoshdagi bolalarda baynalmilalchilik – xalqlar do‘stligi hislarini tarbiyalab borish muhim. Buning asosida ularda boshqa millat va xalqlarga ijobiy munosabat, turli xalqlar hayotiga qiziqish hissini paydo qilish maqsadi yotadi. Maxsus mashg‘ulotlarda ularning urf-odatlari, madaniyati, san’ati, tabiati to‘g‘risidagi adabiyotlarni o‘qib berish, suhbat o‘tkazish, rasmlar ko‘rsatish, mavzu yo‘nalishida filmlar namoyish etish, millat bolalari hayoti to‘g‘risida hikoyalar o‘qib berish foydali bo‘ladi.
Bolalar jamoasining shakllanishiga yordam beruvchi shart-sharoitlar:
– MTM xodimlarining ahil jamoasi mavjud bo‘lishi;
– bolalar hayotini to‘g‘ri tashkil etish;
– o‘yinchoqlarning bolalar yoshi va qiziqishiga mos kelishi;
– bolalarda o‘zaro ahillik, g‘amxo‘rlik, jamoatchilik, insoniylikni tarbiyalashga yordam beruvchi mashg‘ulotlar;
– qiziqarli faoliyat turlarini tashkil etib borish;
– oila bilan mustahkam aloqa o‘rnatish;
– bolalar muassasalarida ijobiy xayrxohlik muhitini yaratish.
Bolalar jamoasini shakllantirishda an’analar muhim ahamiyat kasb etadi. Jamoa an’analari shartli ravishda ikkiga bo‘linadi:
a) kundalik faoliyat an’analari (mashg‘ulot, sayr, mehnat va o‘yinlar);
b) bayram an’analari (turli voqea-hodisalar bilan bog‘liq sanalar –“Navro‘z”, “Mustaqillik” bayramlari va boshqalari).
An’anaviy bayramlar MTMlarda turlicha o‘tkaziladi. Bolalar an’analar mohiyatini anglasa, uning ta’siri ko‘proq bo‘ladi. Bularning barchasi jamoa mustahkamligi, a’zolari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qaror toptirishda yetakchi vazifani o‘taydi.
Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog`lom va yetuk qilib maktabga tayyorlash maqsadini ko`zlaydi. Ta’lim-tarbiya qancha erta boshlansa, uning samarasi shuncha erta namoyon bo`ladi, shuningdek, insonning butun hayot tarziga ijobiy ta’sir qiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalar qamrovini kengaytirish, muassasalarni obodonlashtirish, ularning kirish qismidan tortib, yo`laklari, hattoki ekilgan gul, daraxtlari, guruh xonasidagi har bir jihoz bolani rivojlantirish uchun yo`naltirilganiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi tezkor davrda maktabgacha yoshdagi bolalarni mustaqil fikrlash, fikrini erkin ifodalashga o`rgatuvchi muhit yaratish, albatta, muassasaning samarali boshqaruviga bevosita aloqador. Shunday ekan, quyidagi zamonaviy usullarni rahbarlik faoliyatiga omuxtalash lozim. Har bir ishni amalga oshirish uchun samarali boshqaruvning quyidagi usullaridan foydalaniladi:
Istiqbol
Istiqbol rejasi tuzilib, mas’ullar tayinlanadi. Reja asosida har bir xodim
ishtiyoq bilan ishlashga da’vat etiladi. Rahbarning istiqboli:
– ijodiy hamfikrlar jamoasini tashkil etish;
– jamoada qulay ruhiy-psixologik sharoit yaratish;
– unikal (nodir) muassasa tashkil etish;
– kasbiy mahoratni takomillashtirish yo`lida intellektual va amaliy bazani yaratish (kutubxona, seminar, treninglar).
Maqsadni amalga oshirishda, avvalo, optimal ijrochi, yordamchi va mas’ullarni aniqlab olish lozim. Shuningdek, muassasada sog`lom psixologik muhit yaratish, ishning samaradorligini oshirish uchun rag`batlantirish ham katta ahamiyat kasb etadi. Shu o`rinda B.T. Vashingtonning quyidagi fikrlarini esga olish joiz, “Aminmanki, har bir insonning hayoti doimiy va kutilmagan rag`batlar bilan to`la bo`lishi kerak va ular bu insonni har kuni eng yuqori darajada turishga da’vat etadi”.
Jamoa a’zolari uchun rag`batlantirish:
– rahbar va kasbdoshlarning ma’qullashi;
– bolajon va ota-onalar tashakkurlari;
– mukofot (pul, teatrga, kontsertga chipta, sayohatga yo`llanma bo`lishi mumkin);
– kasbiy mahoratning omma o`rtasida tan olinishi va kasbdoshlari ko`rsatgan hurmat.
Zero, rag`batlantirish – boshqaruvning kuchli qurolidir.
O`ylab muomala qilish – san’at
Kuch bilan hech qanday natijaga erishib bo`lmaydigan hollarda ham takt (o`ylab muomala qilish) yordamida muvaffaqiyatga erishish mumkin. D. Lebbok
Tashakkur izhor qilish ham boshqaruvning nozik va sezilarli komponenti (qismi)dir. Maktabgacha ta’lim muassasalarining boshqaruvida takt deganda, faqatgina hamkasblar, tarbiyalanuvchilar, ota-onalar bilan bo`lgan yumshoq muomala ko`zda tutilmaydi, balki:
– tinglay olish va yuzaga kelgan muammoni muhokama qilish;
– tadbir o`tkazganda, (zarur hollarda) ko`mak berish;
– hamkasblarning muvaffaqiyatli harakatlarini ma’qullash;
– hamkasblari, bolalari, oilalari haqidagi axborotni sir saqlash (bola salomatligiga tahdid solmaganda);
– hamkasblar, bolajonlar, ota-onalar oldida ovozni baland ko`tarish, baqirish mumkin emas;
– maqtov va taqdirlash omma ichida, tanbeh esa yolg`iz bo`lganda berilishi kerak.
Bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy milliy, madaniy-tarixiy merosi va ma’naviy axloqiy jihatdan tarbiyalash, bolalarda vatanparvarlik hislarini shakllantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o‘qishga intilish moyilliklarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta’lim jarayoniga tayyorlash, bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish, bolalarning jismoniy va ruhiy sog‘ligini ta’minlash maktabgacha ta’lim tashkilotlari oldiga qo’yilgan dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.Bu kabi vazifalarni amalga oshirishda tarbiyachi o’z mashg’ulotlarida xalq og’zaki ijodi namunalardan foydalanishi ta’lim tarbiya jarayonini yanada samarali kechishiga yordam beradi. Zamonaviy ta’lim jarayonida biz yangi texnologiyalardan foydalanishimiz bilan bir qatorda an’anaviy ta’limni ham esdan chiqarmasligimiz zarur.Bolalarning milliy ruhda tarbiyalashimiz, milliy urf-odatlarimizni o’rgatishimizda ularni ma’naviy –axloqiy jihatdan tarbiyalashimizda xalq og’zaki ijodi namunalardan foydalanmaslikni iloji yo’q.Sababi ,o’zbek xalqi qadimdan mexnatkash, farzandlar tarbiyasiga juda qattiq e’tibor beradigan xalq bo’lgan. Bolalarga ta’lim –tarbiyada ko’proq xalq og’zaki ijodi bilan ta’sir qilish yo’lidan borganlar .Ta’kidlash joizki, maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim tarbiya berishda xalq og’zaki ijodi janrlaridan bo’lgan ertaklar bizga qo’l keladi.Sababi ertaklar barcha yoshdagi bolalarga birdek yoqadi va ta’sir qiladi.Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ertaklarning ta’limiy xamda tarbiyaviy ahamiyati katta .
Maktabgacha ta’lim tashkilotida maktabgacha yoshdagi bolalarga axloqiy tarbiya berishda har xil metod va usullarni qo‘llash muhim ahamiyatga egadir .
Sababi , ushbu metodlar bolalarning axloqiy tasavvurlari hamda bilimlarni egallab olishga qaratilgan faoliyat turi hisoblanadi. Yuqorida keltirilgan barcha metodlar orqali bolalarga axloqiy normalar va qoidalar, ijtimoiy hayot voqealari o’rgatiladi.Bolalarda axloqiy tasavvur va tushunchalar shakllantiriladi. Bolalarga axloqiy tarbiya normalarini o’rgatayotganda ularni noo‘rin tanqid qilish, uning ustidan kulish, unga nisbatan e’tiborsizlik qilish mumkin emas.Bu o’rinda barcha metodlardan o’z o’rnida izchillik bilan kompleks ravishda foydalanish maqsadga muvofiq. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning ahloqiy sifatlarini shakllantirishda tushuntirish va namuna ko’rsatish metodidan foydalanish katta natija beradi.
Tushuntirish odatda bolalarga yangi axloqiy tushunchalarni,normalarni , axloqiy qonun –qoidalarni bayon qilib berilayotganda ishlatiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga tushuntirish kattalarning jonli so‘zi va namunasiga asoslanadi. Masalan, o’zidan kattalarga qo’lini ko’ksiga qo’yib “Assalomu alaykum” deb aytish va h. Tarbiyach axloqiy mavzulardagi suhbatni maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning hamma guruhlarida qo‘llashi mumkin. Suhbat uchun tanlanayotgan ertak yoki hikoyaning mazmuni yorqin,tushunarli bo‘lib, bolalaming his-hayajoniga yetarlicha ta’sir etishi kerak.
Axloqiy mavzulardagi ertaklardan namunalar ko’rsatish orqali bolalar axloq normalari va qoidalarini, ijobiy xulq shakllarini egallaydilar. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning axloqiy tajribalarini kengaytirib borish, xulqning axloqiy sabablarini aniqlab boorish tarbiyachidan ziyraklik talab etiladi. Ertakdagi qahramonlarning hatti –harakatlarini tahlil qilish jarayonida bolalar o‘z fikr-mulohazalarini aytishlariga o’rganadilar.Ertak qahramonlarining har bir xatti-harakatini ongli ravishda, axloq normalari va qoidalari doirasida bajarishga urinadilar. Badiiy adabiyotni o‘qib berish, san’at asarlari va amaliy san’at buyumlarini tomosha qilish, multfilmlar tomosha qilishda,musiqa va ashula eshitish bolalarda estetik hisni uyg‘otardi, shu bilan bir qatorda axloq qoidalari va normalarini singdirib boradi.Bolalarning axloqiy sifatlarini shakllantirishda maktabgacha ta’lim tashkilotida turli xil metodlardan foydalaniladi

Yüklə 127,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin