Nutqtexnikasi – nutqni tinglovchi yoki o‘quvchiga yetkazishda qo‘llaniladigan vositalar majmui
Nutq hosil qiluvchi organlar – nutqni hosil qilish jarayonida
ishtirok etuvchi organlar (o‘pka, ikkita bronx, traxeya, kekirdak, bo‘g’iz, hiqildoq, halqum, tishlar, burun bo‘shlig’i, lablar)
Pantomimika – pedagog tomonidan bayon etilayotgan muayyan fikrni alohida ajratib ko‘rsatishga, ma’lum qiyofa orqali gavlantirishga imkon beradi gavda, qo‘l va oyoqlarning harakati
Paralingvistiktizim (yunon. “pará” – yaqin, nem. “linguistik” – til) – muloqot tarkibida so‘zli, nazariy ma’lumotlarni so‘zsiz vositalar bilan birgalikda uzatilishi anglatuvchi tizim.
Pedagogikbilim – bolalarni o‘qitish va tarbiyalash, ta’lim hamda tarbiya jarayonini tashkil etish asosida shaxsni har tomonlama kamol toptirishga doir tizimlangan ma’lumotlar yig’indisi
Pedagogikbilimdonlik – 1) pedagog tomonidan mutaxassislik bilimlarining puxta egallanganligi; pedagogning bilag’onligi; 2) pedagogning kasbiy faoliyatni mavjud ijtimoiy talab, huquqiy me’yor va standartlarga muvofiq tashkil etishga bo‘lgan qobilligi, kasbiy tayyorgarlik darajasi.
Pedagogikboshqarish – pedagogik jarayonlarni tashkiliy-metodik jihatdan uyushtirish (talabalar faoliyatni boshqarish; talabalar jamoasini boshqarish)