Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: Hayotiy missiya deganda nimani tushunasiz?
O‘qituvchining hayotiy missiyasi nimalardan iborat?
Qayta anglash jarayonida iqrorliklarning to‘kilishi haqida nimalarni bilasiz?
Qayta anglash va qayta baholashning pedagogikadagi ahamiyati haqida soz’lab bering.
Adabiyotlar ro‘yxati: 1. Pedagogika nazarivasi va tarixi. 1-qism: Pedagogika nazariyasi. (М.X.Toxtaxodjayeva va boshqalar) - Т.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2007. - 380 b.
2. G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2007.1-2 kitob.
3. G‘oziev E.G. Toshimov R. Menejment psixologiyasi. T-2002
4. G‘oziev E.G. Muomala psixologiyasi. T-2001.
5. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot.-T.: Universitet,
2002.- 96 b.
O‘z ustida ishlash va kasbiy darajasini korreksiya qilish jarayonida ishlatiladigan asosiy tushunchalar. O‘zini o‘zi rivojlantirish insonning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan faoliyatdir.
Shaxsning o‘z-o‘zini takomillashtirishi - bu doimiy rivojlanishga yo‘naltirilgan va o‘z-o‘zini tarbiyalash natijasida yuzaga keladigan jarayon.
O‘z ustida ishlash va kasbiy rivojlanish jarayonida ishlatiladigan asosiy tushunchalar: Mahorat - buyuqori va yuksalib boruvchi tarbiya va o‘qitish san’atidir.
Pedagogik mahorat esa pedagogning shaxsiy va kasbiy fazilatlarini belgilaydigan xususiyat bo‘lib, u o‘z fanini chuqur va atroflicha bilishda, psixologik va metodik tayyorgarlikda, yoshlarni o‘rgatish, tarbiyalash va rivojlantirishning optimal yo‘llarini izlab-topish va amaliy faoliyatda namoyon bo‘ladi.
Kasbiy rivojlanish - bu o‘qituvchilarning o‘qitish sifati va samaradorligini oshirish uchun vositalar, resurslar va o‘quv mashg‘ulotlari yig‘indisidir.
Kompetensiya- mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati.
Fan bo‘yicha egallagan nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni kundalik hayotda duch keladigan amaliy hamda nazariy masalalarni yechishda foydalanib, amaliyotda qo‘llay olishdir.
Xalq ta’limi xodimlarining barcha toifalari uchun umumiy bo’lgan kompetensiyalar tarkibiga quyidagilar kiradi.
Kommunikativ kompetensiya
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va media savodxonlik kompetensiyasi