Qat’iy belgilangan kun tartibi sizga, yuqorida aytib o’tilgan erishmoqchi bo’lgan maqsadlaringizga erishish uchun vaqtni tog’ri taqsimlagan holda erishish imkonini beradi. Soddaroq aytadigan bo’lsak, Qat’iy belgilangan “kun tartibi”ga rioya qilsangiz o’z maqsadingizga erishish vaqtini belgilagan bo’lasiz.
Irodali bo‘lish.
Albatta har bir kasbning o’z mashaqqati bor. Shu jumladan o’qituvchilik kasbining ham o’ziga yarasha qiyinchiliklari mavjud. Sabr va iroda ushbu qiyinchiliklarni yengib o’tishda yordam beradi.
Kitob mutolaa qilish.
Kitob o’qish o’qituvchining bilm doirasini yanada kengaytirishda, nutqining o’sishida va so’z boyligi oshishi natijasida ularni dars jarayonida qo’llashda namoyon bo’ladi. O’z bilimining oshishi natijasida o’qituvchining o’ziga bo’lgan ishonchi ham ortadi.
Malaka oshirish kurslarida muntazam qatnashish
Malaka oshirish kurslari pedagoglarning ta’limdagi so’nggi yangiliklar, innovatsiyalardan habardor bo’lishi uchun muhim vositadir. Bugungi kunda davlat tasarrufidagi qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlaridan tashqari xususiy malaka oshirish markazlari ham mavjud.
O‘z- o‘zini rag‘batlantirish.
Rus klassik pedagogi Konstantin Dmitriyevich Ushinskiy ta’kidlaganidek,
“O‘qituvchi butun umri davomida o‘qib-o‘rganadi, o‘rganishdan to‘xtasa undagi o‘qituvchi o‘ladi“ O‘z ustida ishlash jarayonida tabiiy va shaxsiy xususiyatlarni inobatga olish. O‘z-o‘zini rivojlantirish –shaxsning o‘zida kasbiy tajriba, malaka va mahoratni takomillashtirish yo‘lida aniq maqsad va puxta o‘ylangan vazifalar asosida mustaqil ravishda amaliy harakatlarni tashkil etishi.
O‘z-o‘zini anglash – insonning o‘z aqliy va jismoniy xususiyatlarini o‘rganish, o‘zini anglash.
U chaqaloqlik davridan boshlanadi va butun umr davom etadi. O‘z-o‘zini bilish tashqi dunyoni bilish asosida asta-sekin shakllanadi.