Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə63/82
tarix08.09.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#128864
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   82
Rasulova Nozigul ZTPTMOJ

Nazorat savollari:

  1. Xotiraning fiziologik asosi nimalardan iborat?

  2. Unutish va esda saqlash qanday jarayon?

  3. Hissiy xotira nima?

  4. Esda olib qolishning qanday turlari mavjud?



Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. A.V.Petrovskiy «Umumiy psixologiya» Toshkent-«O‘qituvchi»-1992y
2. M.G.Davletshin «Umumiy psixologiya» Toshkent 2002 y
3. E.Goziev «Umumiy psixologiya» 1 kitob Toshkent-2002 y
4. E.Goziev «Umumiy psixologiya 2 kitob Toshkent-2002 y
5.Гиппенрейтер Ю.Б «Введение в общую психологию». Курс лекций Москва- 1996
6. Голфруа Ж «Что такое психология» Т-1 М-1992.
7. Климов.Е.А «Основы психологии». Учебник Москва-1997 г
8. «Психология». Под Ред А.Н. Крылова
9. Немов. Р.С. «Психология» КН-1 Москва-1998 г
10. A.I.Sherbakov. “Umumiy psixologiyadan amaliy mashg’ulotlar” Toshkent
«O‘qituvchi» 1984 y/
11. Андреева. Г.М. «Социалная психология». Учебник М-1998 г
12. Рубинштейн. С.Л. «Основы обшей психологии» М-1998 г.
www.ziyonet.uz
Mnemotexnika yoki mnemonika nima?


Tayanch so‘z va iboralar: mnemotexnika, mnemonika, xotira, tasvirlarni kodlash, yodlash, xotirada saqlash.
Mnemotexnika so‘zi yunoncha “mnemoe” (xotira va eslash) va “techne” (san’at) so‘zlaridan olingan bo‘lib, xotirani san’at darajasiga ko‘tarish ma’nosini beradi. Mnemotexnika tushunchasi yunonlarning xotira ilohasi Mnemosyne nomidan olingan. Sh.Rahmonov va I.Sattiboyevlar o‘zlarining “So‘z yodlash sirlari” nomli kitoblarida mnemonikaga “…o‘xshashlik va bog‘liqlik asosida xotira hajmiga kengaytirish va kerakli ma’lumotlarni eslab qolish uchun ishlab chiqilgan maxsus uslublar to‘plamidir. Bunda yangi noma’lum bo‘lgan tushunchalar inson ongida allaqachon ma’lum bo‘lgan ma’lumotlar bilan bog‘lanadi va natijada yangi ma’lumotni eslab qolish osonlashadi.” deb ta’rif beradilar.
Mnemotexnikalar eslash va yodda saqlash uchun yordamchi vositalar hisoblanib, o‘rganilayotgan yoki o‘rganilgan ma’lumotlarni xotirada uzoq saqlash hamda o‘rganilayotgan narsani tezroq yodga tushirishga yordam beradi. Mnemotexnikalar o‘rganilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni xotiramizda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarimizga assotsiatsiya qilish, oddiy so‘zlarga aylantirish yoki rasmlar, eslab qolish usullari yordamida tez yodga tushirish texnikasidir.
Taxminlarga ko‘ra, bu so‘zni Samoslik Pifagor (miloddan avvalgi 6-asr) fanga kiritgan. Mnemonika bo‘yicha birinchi asarlar Sitseron va Kvintilianga tegishli bo‘lib, miloddan avvalgi 86-82 yillarga to‘g‘ri keladi.
Mnemonika miyaning tabiiy xotira mexanizmlaridan foydalanadi va ma’lumotni saqlash, eslab qolish jarayonini to‘liq nazorat qilish imkonini beradi.
Mashhur ziyoli Sherlok Xolms shunday der edi: “Dunyodagi eng mukammal miya ishsiz zanglaydi”.
Inson miyasi o‘z qobiliyatining atigi 10 foizidan foydalanadi, qolgan miya potentsialidan foydalanilmaydi. Yaxshi xotiraga ega va juda ko‘p miqdordagi noaniq ma’lumotlarni yodlay oladigan odam miyaning qolgan 90% qobiliyatini ochish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Xotiraning barcha imkoniyatlaridan samarali foydalanish imkonini beruvchi mnemonikaning turli usullari mavjud. O‘quv materialini yodlashning maktabdagi usullari bu takrorlashdir. Bunday o‘rganish past natijalar bilan ko‘p vaqt talab qiladi vaa materialni to‘liq tushunmaslik uning tezda sedan chiqishiga va xotiradan o‘chirilishiga olib keldi. Shuning uchun xotirada mustahkamlash qoidalaridan biri yodlangan ma’lumotni tushunishdir. Shunday qilib, yodlash uchun mnemonika quyidagilarga qaratilgan:

  • obrazli fikrlashni maksimal darajada rivojlantirish;

  • barqaror yordamchi uyushmalar yaratish;

  • ongni (diqqatni) kontsentratsiya qilish vaqtini oshirish.

Umuman olganda, mnemonika miyaning ikkala yarim sharlari ham shu ishga qo‘shilganiga hissa qo‘shadi, chap tomon mantiq uchun, o‘ng tomoni esa tasavvur uchun javob beradi. Odatda odamlar faqat bitta yarim shardan ya’ni chapidan foydalanadilar. Chunki ular muammoni hal qilishda mantiqiy yondashuvni qo‘llaydilar va mnemonika miyaning imkoniyatlaridan ancha kengroq foydalanishga imkon beradi va natijada fikrlash jarayoni samaraliroq bo‘ladi.
1991-yildan beri xotira bo'yicha jahon chempionati har yili o'tkazib kelinmoqda. Jahon chempionlari raqamlarning ulkan ketma-ketligini, o'yin kartalarini, so'zlarni, ikkilik raqamlarni osongina yodda tutish qobiliyatini namoyish etadilar.
Yangi izlanishlarga ko‘ra, bu qobiliyatni har kim rivojlantirishi mumkin – faqat xotirani ma’lum bir tarzda o‘rgatish kerak.

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin