Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi


Esda olib qolish turlari va ularni tadqiq qilish metodikasi



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə61/82
tarix08.09.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#128864
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   82
Rasulova Nozigul ZTPTMOJ

5. Esda olib qolish turlari va ularni tadqiq qilish metodikasi
Psixologiya fanida esa olib qolishning quyidagi turlari mavjud ekanligi tan olingan:

  1. ma’lumot, xabar, taassurot, axborot va materiallarni eshitish orqali idrok qilish hamda esda olib qolish;

  2. egallash yoki о‘zlashtirish zarur bо‘lgan materiallarni kо‘rib idrok qilish yordamida esda olib qolish;

  3. materiallarni harakat yordamida va eshitish orqali idrok qilish hamda esda olib qolish;

  4. aralash holatda esda olib qolish: kо‘rish, harakat kabilar orqali idrok qilish va esda olib qolish, boshqacha aytganda, bir nechta ta’sir etuvchilar yordamida aks ettirish.

Ushbu misollar yordamida biz esda olib qolishning tahlil qilib о‘tilgan tо‘rt toifasi xususiyatlari bilan tanishtirib, о‘ziga xos jihatlariga tо‘xtalamiz.
I II III IV
pero delo tezda dars
tog‘ chang‘i о‘q qoraqurt
Daraxt dengiz osmon arava
qulf tosh qum echki
tayoq saroy kitob о‘qituvchi
karton qо‘ng‘iroq shok apelsin
siyoh pо‘st balkon о‘t
asalari kalamush chiroq bо‘ri
karam bо‘ta it parta
oyna ertak topishmoq qо‘ziqorin



  1. birinchi qator о‘qib beriladi, sо‘ng eslab qolingan sо‘zlarni yoddan talab qilinadi;

  2. ikkinchi qatordagini kо‘rib idrok qilish, sо‘ng eslab qolganlarini yozish vazifasi qо‘yiladi;

  3. 8-10 minutdan keyin 3-qatordagi sо‘zlar о‘qib beriladi va ularni havoda yozib kо‘rsatish sо‘raladi, bu yо‘l idrok qilingan sо‘zlarni yoddan о‘zicha yozishni taqozo qiladi;

  4. sо‘nggi qator о‘qiladi va kо‘rsatiladi; sinaluvchilar ularni ichdan takrorlashlari kerak, undan sо‘ng eslab qolingan sо‘zlarni yozish tavsiya qilinadi.

Mana shu yо‘llar orqali kо‘rish, eshitish, eshitish-harakat, kombinirlashtirilgan (aralash) turlari yordamida xotiraning qaysi turi ustunroq yoki qaysi biri bо‘sh ekanligini aniqlash mumkin.
Esda olib qolishda assotsiatsiyalarning ahamiyati muhimdir. Buning uchun esda olib qolish jarayonining bog‘lanishlari paydo bо‘lish sur’atini aniqlash maqsadida, ular xususiyatlariga binoan quyidagi: 1) sabab-oqibat bog‘lanish (kesilsa-og‘riydi) 2) bо‘lak va yaxlit munosabati (kо‘ylak-yoqasi), 3) qarama-qarshilik munosabati (osoyishtalik-shovqin), 4) in’kor etish holati (quvnoq-g‘amgin), 5) adekvat yoki aniqlik (g‘or aniqlash joyi, о‘qituvchi sо‘ziga о‘quvchining javob topishi) turlarga ajratiladi.
A.R.Luriya esda olib qolishni tadqiq qilishda "Piktogramma" usulidan foydalaniladi. Ushbu usul xususiyatiga kо‘ra, asosan, tajriba uchun qalam va qog‘oz talab qilinadi. Buning uchun 12-18 tagacha atama tanlab olinadi: 1) quvonchli bayram, 2) og‘ir mehnat, 3) о‘sish, 4) kechki mazali ovqat, 5) jasur harakat, 6) kasallik, 7) baxt, 8) sehrli savol, 9) judolik, 10) dо‘stlik, 11) zimiston, 12) qayg‘u, 13) adolatsizlik, 14) shubha, 15) iliq shamol, 16) aldash, 17) boylik, 18) och bola.
Tajriba о‘tkazuvchi atamalarni о‘qish paytida sinaluvchilar eshitishi zarur bо‘lgan sо‘zlarni piktogramma shaklida grafik holatda ifodalashi kerak (nimani xohlasa о‘shani chizish). Atamalar о‘qilganda sinaluvchilar oradan 5 minut о‘tgandan keyin ularga piktogramma (rasm, grafik orqali) bо‘yicha berilgan sо‘zlarni eslash, har bir piktogramma tagiga atamani yozish sо‘raladi. Bunda esga tushirish qarama-qarshi tartibda bо‘lish tavsiya etiladi. Masalan, og‘ir mehnat - kurak yoki bolg‘a, yuk orqalagan odam; shubha - yо‘l kesilishi yoki sо‘roq alomati, о‘sish - о‘sayotgan daraxt, tо‘g‘ri chiziq va boshqalar.
Esda olib qolish koeffitsiyenti quyidagi formula asosida hisoblab chiqiladi: KqTg‘ n ·100 ·T esga qayta tushirilgan tо‘g‘ri sо‘zlar miqdori n- qо‘yilgan talablarning umumiy miqdori. Bu tajriba orqali: a) verbal eslab qolish samaradorligi, b) assotsiatsiyalar yо‘nalish va xususiyati, v) ularning umumlashganligi, yaqqol belgilardan mavhum belgilarga о‘tishini aniqlash imkoni yuzaga keladi.
Esda olib qolish inson faoliyatining xususiyatiga bevosita bog‘liqdir. A. A. Smirnov, P. I. Zinchenko tajribalari shuni kо‘rsatadiki, esda olib qolish u yoki bu faoliyatdagina samarali bо‘lish mumkin. A.A.Smirnovning tajribalarida tekshirishlarga qaraganda, ikki xil faoliyat taklif qilinsa, birinchi holda ular ma’noli matnni esda olib qolish nazarda tutiladi. Sinaluvchilar matnni yodlar ekanlar, materiallar ustida hech qanday faol ish olib bormaganlar. Ikkinchi holda esa esda olib qolish vazifasi qо‘yilmaydi-yu, lekin matn ustida muayyan ish olib borish, unda uchraydigan ma’noviy xatolarni aniqlash taklif etiladi. Ikkinchi holda esda olib qolish ancha samarali bо‘lganligi aniqlangan.
Bu samaradorlik esa kо‘p jihatdan beriladigan kо‘rsatmalarga bog‘liqdir. Umuman esda olib qolish kо‘rsatmasi uzoq va qisqa muddatli esda saqlashga, aniq esga tushirishga yoki sо‘zlari bilan esga tushirishga qarab kо‘rsatmalar berish mumkin. Tajriba о‘tkazuvchilarning xizmati shundaki, a) sinaluvchilarga tegishli kо‘rsatmalarni ishlab chiqish yoki ularni yaratish, b) qaysi xabar, ma’lumot, axborot, taassurot muvaqqat xususiyatga ega, v) nimani esda olib qolish zaruriyati mavjud, g) qandaylarini tushunib olish kifoya qiladi, d) nimani qay holda sо‘zma-sо‘z esda olib qolish kerakligini kо‘rsatib о‘tish lozim. Kuzatishlarning kо‘rsatishicha, bunday kо‘rsatmalar (ustanovkalar berilmaganda); tajriba ishtirokchilarida kо‘pincha notо‘g‘ri va qarama-qarshi hukmlar vujudga keladi.
Maxsus vositalar va oqilona usullarni qо‘llash orqali esda olib qolish sohasidagi yodlashdan iborat tashkiliy faoliyat alohida ahamiyatga ega. A.A.Smirnovning о‘tkazgan tajribasidagi natijalar shuni kо‘rsatadiki, matnni maxsus tuzib chiqilgan rejaga asoslangan holda yodlash rejasi, pala-partish esda olib qolishdan ikki baravar samaraliroq ekan ruxshunos olimlarning tavsiyasiga binoan yodlash jarayonida materialni takrorlash bilan uni faol esga tushirish о‘zaro almashtirib turish yuqori natijalar beradi. Kuzatishlar va tajribalar shuni kо‘rsatdiki, о‘quvchilar va talabalar bu usullarni mustaqil ravishda egallay olmaydilar, odatda ular muallimning rahbarligida egallashadi, aks holda о‘quv faoliyati ishtirokchilari materialni bevosita, ixtiyorsiz esda olib qolish bosqichida qotib qolishi mumkin, bu hol aqliy о‘sishga qarama-qarshidir.
Shu narsani alohida ta’kidlab о‘tish kerakki, о‘quv materiallarini ma’nosiga tushunib esda olib qolish yо‘li oqilona yо‘l bо‘lib qolmasdan, balki u mexanik esda olib qolish jarayonini о‘zining samaradorligi bilan ajralib turadi.
Inson ulg‘ayib borgan sari uning aqliy faoliyatida ma’lumot, xabar, bilimlar ma’nosini tushunib esda olib qolish keng о‘rin egallay boshlaydi. Hozirgi davr talabi shundan iboratki, axborot kо‘lamining tezkorlik bilan kengayib borishi о‘qish va о‘qitishda materiallarni ma’nosiga tushunib esda olib qolishdan iborat xotira faoliyatga nisbatan ehtiyoj yanada kuchayadi. Lekin bu mulohaza mexanik esda olib qolish mutlaqo yaroqsiz о‘quv faoliyati yoki umuminsoniy faoliyatning tarkibiy qismi degan xulosaga olib kelmasligi zarur. Chunki ishlab chiqarishda, turmush jabhalarida, ta’limda ta’riflar, ifodalangan sanalar, shartli belgilar, matematik va kimyoviy alomatlar, xorijiy atamalardan foydalanish mexanik esda olib qolish jarayoni orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun bu holatni esda olib qolish va esga tushirish kо‘rsatmalaridan (ustanovkalaridan) kelib chiqqan holda talqin qilish adolat tantanasi deb tushunish kerak. Mexanik esda olib qolish bilan bog‘liq axborotlar majmui inson bilish faoliyatining tarkibiy qismi ekanligini tushuntirish oqilona yondashish namunasi bо‘lib hisoblanadi. Bu omil jahon psixologlari tajribasida kо‘p marta tadqiq qilingan va tо‘plangan materiallar о‘z dolzarbligini hali ham yо‘qotgani yо‘q, bunga respublikamizda yig‘ilgan natijalar yaqqol misoldir.
Esda olib qolish jarayoni deganda, sezgi, idrok, tafakkur va ichki kechinmalarni xotirada saqlanish xususiyati tushuniladi. Kundalik hayotimizda kitob, jurnal, gazeta о‘qiganimizda, materialni esda olib qolish uchun shu materiallarning ma’nosiga tushunib olishga harakat qilamiz. Jamiki narsa insonga yetarli darajada tushunarli bо‘lmasa, u taqdirda ularni esda olib qolish jarayoni juda qiyin kechadi. О‘rganilayotgan materialning mazmuni va ma’nosiga tushunib olish uchun odam uni tahlil qilishga, umumlashtirishga harakat qiladi. A.A.Smirnov ta’kidlaganidek, materialni tushunib olish xuddi shu jarayonga yaqqol misoldir. Muallifning shaxsiy fikriga qaraganda, о‘zlashtirilayotgan materiallarni esda olib qolish qiyinligi ularni tushuna olmaslikdir. Tushunib olishning esda olib qolishdagi ahamiyati xuddi shu bilan tavsiflanadi.
Jahon psixologiyasi fani tо‘plagan ma’lumotlarga qaraganda, о‘zlashtirilayotgan materialni mexanik tarzda egallashga nisbatan uning ma’nosini tushunib о‘zlashtirish bir necha marta mahsuldordir.
Esda olib qolish jarayonida о‘zlashtirilayotgan materialning ma’noga ega bо‘lishligi yoki bо‘lmasligi muhimdir. Assotsiativ psixologiya maktabining vakili, taniqli ruhshunos G. Ebbingauz jahon psixologiyasida birinchi bо‘lib, 1885 yilda oliy ruhiy jarayon bо‘lgan xotirani (1888 yilda intellektni) ilmiy tajriba metodi negizida tekshirdi va keng kо‘lamda turmushga tatbiq etdi. U xotira jarayonini tajribada tekshirishning asosiy yо‘nalishini ishlab chiqdi. Xotirani "sof" kо‘rinishda о‘rganishga harakat qilib, ma’no kasb etmaydigan bо‘g‘inlardan foydalanadi. Uning bu tadqiqoti kishining mantiqiy xotirasini emas, balki mexanik xotirasiga nisbatan qо‘llanishga xos tо‘g‘ri yо‘nalishdir.
G.Ebbingauzning bu tadqiqoti psixologiyada introspektiv (о‘z-о‘zini kuzatish yoki ichki kuzatish) metodga qarama-qarshi qо‘yilgan ilmiy tajribaviy metod yutug‘i sifatida ilmiy-amaliy ahamiyatga egadir. U xotira jarayonini tekshirishda о‘z oldiga 38 ta ma’no anglatmaydigan bо‘g‘inlardan tuzilgan materialni esda olib qolishni maqsad qilib qо‘ygan. Bu materialni о‘zlashtirish о‘rtacha 55 marta takrorlashni talab qiladi. Esda olib qolish uchun 38-40 sо‘zdan, 11 ta bog‘liq bо‘lmagan sо‘zlardan foydalangan. Bu materialni о‘zlashtirish 6-7 marotaba takrorlashni talab etgan, umumiy hisob esa 9:1 nisbatga tо‘g‘ri kelgan.
D.Layon ham xuddi shu muammo bilan shug‘ullangan (1914 yili). Uning tajribalarida 200 ta mazmunga ega bо‘lmagan, ma’no kasb etmaydigan sо‘zlar 98 minutdan keyin esda olib qolingan. Prozaik (sodda til bilan yozilgan, badiiy bо‘yoqqa bо‘yalgan) matndan olingan 200 ta sо‘z 24 minutdan sо‘ng, she’riy uslubda yozilgan matndan olingan 200 ta sо‘z 10 minutdan keyin esda olib qolingan. Bu yerda ham ma’lum ma’no kasb etuvchi materialni esda olib qolish ma’nosiz materialni esda olib qolishga nisbatan 9:1 hosil qiladi. Esda olib qolishning mustahkamligi о‘zlashtirilayotgan materialni ma’noga ega yoki ega emasligiga bog‘liqdir.
G.Ebbingauz unutishning vaqtga bog‘liqligini tajriba orqali aniqlagan. Tо‘plangan natijalarning kо‘rsatishicha, material yod olingandan sо‘ng unutish sur’ati tez, keyinchalik u birmuncha sekinlashadi. Bu qonuniyat ma’nosiz ayrim bо‘g‘inlarni unutish ustida olib borgan ishlarida tasdiqlangan. Tajribalarning kо‘rsatishicha, о‘rganilgan narsalar bir soatdan keyin unutiladi. Materialni о‘zlashtirish jarayoni mobaynida, xotirlash natijasida unutish sekinlashib boradi. Muvaqqat asab bog‘lanishlari susayishi natijasida qachonlardir sodir bо‘lgan narsa va hodisalarning о‘zaro aloqalari xotirada asta-sekin yо‘qolib boradi. Vaqtning о‘tishi bilan birmuncha unutilib borilayotgan yoki unutilib ketilayotgan vaqtli bog‘lanishlarni, ya’ni assotsiatsiyalarni qaytadan tiklash jarayoni kuch-quvvat, xatti-harakatlarni talab qiladi.
G.Ebbingauz izdoshlari va shogirdlari tomonidan о‘tkazilgan juda kо‘p tadqiqotlarning kо‘rsatishicha, unutish sur’ati materialning ma’noli yoki ma’nosizligiga, uning qanchalik anglashilganligiga bog‘liqdir. Material qanchalik mazmundor, anglashilgan, tushunib olingan bо‘lsa, u holda unutish ham shunchalik sekin kechadi. Lekin ma’noli materialga nisbatan ham unutish avval tez sur’atda, keyinchalik esa bu sekinlashadi. Biron-bir materialni о‘zlashtirish yoki esda olib qolish - insonning ehtiyojlari, qiziqishi, faoliyatning maqsadi bilan bog‘liq bо‘lsa, bu material sekin unutiladi.
Unutishning tezligi esda olib qolingan materialning mustahkamligiga teskari proporsional xususiyat kasb etadi. Demak, esda olib qolishning mustahkamligi о‘zlashtirilayotgan materialning ma’noga ega yoki ega emasligiga bog‘liqlikdan tashqari, yana bir nechta omillar о‘z ta’sirini kо‘rsatadi (qiziqish, xohish, shaxsiy ahamiyatga ega ekanligi) va uning faoliyat mazmuniga aylanishiga ham bog‘liq. Shuningdek, ular kishining shaxsiy, yakkahol xususiyatlariga ham bevosita aloqador.
Yuqoridagi fikr va mulohazalarning isboti uchun G.Ebbingauzning hayotiy tajribasidagi misolni keltirib о‘tamiz. U Don Juan Bayronning tо‘rtligini 24 soatda о‘zlashtirib oladi. Bu tо‘rtlik G.Ebbingauz uchun shaxsiy ahamiyat kasb etgan, shu bilan birga, uning qiziqish istaklariga mos tushgan. Bunda о‘zlashtirish jarayoni quyidagicha ketadi: ikkinchi marta takrorlash 50 foiz vaqtni tejagan, keyin vaqt о‘tishi bilan bu tо‘rtlikni takrorlash 34 foiz vaqtni tashkil qilgan. Oradan 22 yil о‘tgandan sо‘ng ham bu tо‘rtlik hanuzgacha uning kо‘z о‘ngidan ketmagan. Xuddi shu g‘azalning boshqa bir tо‘rtligini yod olishga harakat qilib kо‘rilganda, buning uchun birmuncha kо‘p vaqt talab qilgan hamda 7 foiz vaqt ketgan. Bu g‘azalning qolgan qismlari yod olinmagan. Demak, bundan shunday xulosaga kelishimiz mumkinki, odam uchun katta hayotiy ahamiyatga ega bо‘lgan narsalarning kо‘pchilik qismi mutlaqo esdan chiqib ketmaydi.
1926 yili P.Vilyamson bir bо‘g‘inli sо‘zlar asosida tuzilgan materialdan foydalanib, A. Datse va G. Djons (1931 yili) kasr usulidagi matndan olingan materialni bir marta о‘qib chiqilgandan sо‘ng, olingan materiallarga kо‘ra, unutish jarayoni Ebbingauzning ma’nosiz bо‘g‘inlar yordamida tuzilgan materiallar asosida о‘tkazilgan tajribasidan farqli ravishda, quyidagicha natija bergan: Ebbingauz tajribalarida bir soat ichida 35 foizga keskin pasaygan bо‘lsa, Datse- Djonslarning tajribalarida unutish 72 foizga, P.Vilyamsonnikida esa unutish 75 foizga pastlashgan holda egri chiziq hosil qiladi.
Sobiq shо‘ro ruhshunoslari tadqiqotlarining natijalari ma’noga ega bо‘lgan materiallarni о‘zlashtirishda esda olib qolish uchun turli xil yо‘nalish, kо‘rsatma berish muhim ahamiyat kasb etadi, degan fikrni tasdiqlaydi. A.N.Leontyev, S.L.Rubinshteyn, P.A.Ribnikov va boshqalar bolalarning xotira faoliyatini о‘rganganlar, shuningdek, ular о‘qish faoliyatiga asoslangan holda maktab о‘quvchilarida tekshirish ishlarini olib borganlar.
P.I.Zinchenko, M.N.Shardakov, A.I. Lipkinalarning tadqiqot ishlarining aksariyati shunga bag‘ishlangan bо‘lib, turli materialni esda olib qolishda tushunishning ahamiyati muhimligini tasdiqlashga intilgan. Bu materialni esda olib qolishga tо‘g‘ri yо‘nalish berilishining natijasida material mazmunini tushunib olgan hamda esda olib qolish tezligi, aniqligi, mustahkamligi va tо‘liqligi ta’minlanadi.
A. A. Smirnovning ta’kidlashicha, shu davrgacha hech kim, hech bir ilmiy adabiyotlarda bolalarga va quyi sinf о‘quvchilariga ahamiyatli bо‘lgan materialni mexanik tarzda olib qolishlari kо‘rsatilmagan.
Nemis ruhshunosi Vilyam Shtern (1871-1938) fikricha, bolalarda ham, katta yoshdagi odamlarda ham ma’nosiga tushunib о‘zlashtirishga nisbatan mexanik egallash kam mahsuldir. Bu mulohaza haqiqatan ham tо‘g‘ri bо‘lib, u Meymon fikriga kо‘ra, yosh ulg‘ayishi bilan ma’nosiz materialni esda olib qolish kamayib boradi va kam samara beradi, lekin ma’noga ega bо‘lgan bilimlarni esda olib qolish esa sezilarli darajada rivojlanib boradi. Shunga о‘xshash omillar boshqa psixologlar tomonidan ham tо‘plangan bо‘lib, bu haqda boy materiallar umumiy psixologiya xrestomatiyalarida о‘z ifodasini topgan.
A. A. Smirnov ma’no anglatmaydigan bо‘g‘inlardan va ma’no kasb etuvchi sо‘zlardan tuzilgan material asosida tekshirish о‘tkazgan. Katta va kichik yoshdagilarda ixtiyoriy va ixtiyorsiz esda olib qolishni alohida tekshirish, har ikkala yosh davrida mazmundor va mazmunsiz materialni esda olib qolishning munosabatini tekshirish maqsad qilib qо‘yilgan.
Ma’no kasb etgan materialni esda olib qolish yosh bolaga nisbatan kattalarda ustunligi, lekin ma’nosiz materialni esda olib qolish kichik yoshdagi bolalarga qaraganda kam samara bermasligi aniqlangan. Ma’nosiz bо‘g‘inlar nafaqat kichik yoshdagi bolalarda, balki katta yoshdagilarda ham yaxshi о‘zlashtiriladi.
A.N.Leontyev tadqiqot ishlarida katta yoshdagilarning ma’nosiz bо‘g‘inlardan tuzilgan materialni yaxshi, puxta esda saqlab qolishligi ta’kidlangan. Katta yoshdagilar ma’nosiz bо‘g‘inlarni qandaydir mazmun bilan tez va oson bog‘lay oladilar. Shuning uchun ularda bolalarga nisbatan ham kuchliroq ma’no kasb etadi, shuningdek, ma’no anglatmaydigan materialni о‘zlashtirish jarayoni tez kо‘chadi, mahsuldorroq bо‘ladi. Ma’nosiz materiallarni egallash uchun iroda kuchi, irodaviy sifatlar muhim ahamiyatga egadir.
Esda olib qolishga hech qanday yо‘nalish berilmay materialni yaxshi olib qolinishi kishining jadal faoliyati bilan bog‘liqdir. Faol faoliyat odamlarning xotira yо‘nalishi о‘rnini bosib, esda olib qolish uchun berilgan yо‘nalishlar va ularning funksiyalarini bajara oladi. Ixtiyorsiz esda olib qolish faol, irodaviy kuch sarflash hisobiga amalga oshadi. A.A.Smirnov ma’noli materialni esda olib qolishning bolalar uchun yengil kо‘chishi - ularning yosh xususiyatlarga bog‘liq narsa emasligini ta’kidlab о‘tadi. Chunki bolalar hali tushunib olmagan materialni gо‘yo ma’nosi yashirinib yotgandek qabul qiladilar. Matn ma’nosining noma’lumligi unga nisbatan qiziqish, bilishga intilish, mazmunini izlashga talabchanlik uyg‘otadi. Odatda, ma’nosiz sо‘zlarni laboratoriya sharoitiga qaraganda, kundalik turmushda puxtaroq eslab qolinadi. Masalan, rо‘zg‘or yoki bog‘cha uchun sotib olinishi zarur bо‘lgan narsalar va boshqalar. О‘zlashtirilayotgan material faol faoliyat mazmuniga predmetiga aylanganda mustahkam esda olib qolinadi, mahsuldorligi birmuncha yuqori bо‘ladi. Ular kо‘p narsalarni mexanik esda olib qoladilar, muayyan ma’noga ega bо‘lgan material mazmunini, mohiyatini hamma vaqt ham tushunib olavermaydilar. Bolalar о‘z sо‘zlari bilan tahlil qilishlariga esa ularda sо‘z boyligi yetishmaydi. Bir fikrni ikkinchisi bilan izchil bog‘lay olmaydilar. Kichik maktab yoshidagi bolalar bо‘lsa, materialni tushunib olishlari qiyin bо‘lgandagina ularning, ma’nosini tushungan holda yod oladilar. Shuning uchun navbatdagi materialni о‘zlashtirayotganda ham xuddi shu yо‘sinda yod olish ular uchun muvaffaqiyatliroq kо‘chadi. Shunday qilib, ular mexanik tarzda esda olib qoladilar, buning asosiy sababi esa materialni tushunishning qiyinligi hisoblanadi.
qator olimlarning mulohazalariga binoan: 1) materialni esda olib qolish darajasi shaxsning xususiyatiga ega emas, balki uning yakkahol xususiyatlariga bog‘liqdir; 2) mexanik esda olib qolishning odat tusiga kirib qolishi ham yosh davrlarning xususiyati emasdir; 3) chet el psixologi G. Uippl (1919 yilda) ushbu masalani tadqiq qilishga kо‘ra, sо‘zma-sо‘z esda olib qolish mexanik esda olib qolishning biron-bir kо‘rinishidir.
Tajriba vaqtida о‘zlashtirilayotgan materialni "о‘z sо‘zi" bilan bayon qilib berishlari sо‘ralganda, natija kо‘ngildagidek bо‘lmagan, bunga asosan sabab sо‘z qashshoqligidir. Chunki о‘zlashtirilgan material mantiqiy izchil emas, balki sо‘zma-sо‘z о‘zlashtiriladi. Sо‘zlarning birin-ketin izchilikda bayon qilinishi biroz bо‘lsa-da, materialning asliyatiga yaqinlashadi.
Material va xabarlarni sо‘zma-sо‘z olib qolish imkoniyatining sabablari quyidagilardan iborat:
a) materialning ta’sirchanlik darajasi;
b) shaxsning о‘zlashtirishga munosabati;
v) о‘zlashtiruvchining imkoniyati va qobiliyati.
Agar о‘zlashtirilayotgan material ta’sir kuchini kо‘rsatishda yosh davrlarining xususiyatlari, subyektning о‘ziga xosligi, betakrorligi hisobga olinib, ularni egallashga nisbatan tо‘g‘ri kо‘rsatma berilsa, u holda uning ta’sirchanligi ortadi. Materialni о‘zlashtirishga nisbatan munosabatda katta yoshdagi odamlar uchun materialni ma’nosiga tushunib esda olib qolishning ahamiyati, bolalar va maktab о‘quvchilarida esa tasavvur obrazlari va obrazli xotira muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalarda о‘zlashtirilayotgan materialning aniqligi, о‘ziga xosligi, betakrorligi, aksariyat xususiyatlariga ega ekanligi kabi sifatlarning ahamiyati muhimdir.
Insonning о‘z ustida mustaqil ishlashi, о‘z-о‘zini takomillashtirish, о‘z-о‘zini boshqarish imkoniyati, uzluksiz mashq qilishi, zarur kо‘nikma va malakalarning egallashi, ichki imkoniyatlardan unumli foydalanishi esda olib qolish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin