Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi


qisqa muddatli uzoq muddatli va operativ xotira



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə60/82
tarix08.09.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#128864
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   82
Rasulova Nozigul ZTPTMOJ

qisqa muddatli uzoq muddatli va operativ xotira.
Sо‘nggi paytlarda sobiq shо‘ro va chet el psixologiyasida xotira tadqiqotchilarining e’tiborini esda olib qolishning dastlabki, boshlang‘ich daqiqalarida vujudga keladigan holatlar, jumladan, tashqi taassurot izlarining mustahkamlashigacha bо‘lgan jarayonlar, holatla,r mexanizmlar, shuningdek, ularning mustahkamlanish muddatlari о‘ziga jalb qilib kelmoqda. Masalan, biror material (shakli, mohiyatidan qat’iy) xotirada mustahkam joy olish uchun bu subyekt tomonidan tegishli ravishda qayta ishlab chiqishi, zarur materiallarini bunday ishlab chiqish uchun ma’lum darajada muddat talab etishi tabiiydir. Ana shu vaqt, muddat oralig‘ida xotirada qayta tiklanayotgan izlarni konsolidatsiyalash-mustahkamlash deb qabul qilingan. Mazkur jarayon inson tomonidan yaqinginada bо‘lib о‘tgan hodisalarni aks sadosidan kechinma sifatida kechiriladi va takomillashadi. Inson muayyan daqiqalarda, lahzalarda dolzarb paytda bevosita idrok qilinayotgan narsalarni gо‘yo kо‘rishda, eshitishda davom etayotgandek tuyuladi. Ushbu jarayon kelib chiqishi jihatidan beqaror, hatto о‘zgaruvchan, lekin ular shu qadar maxsus tajriba orttirish mexanizmlarning faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi, shu boisdan ularning roli shu qadar ahamiyatliki, bu jarayonlarga esda olib qolish, esda saqlash, axborotlar, ma’lumotlar, xabarlarni qayta esga tushirishning alohida turi sifatida qaraladi. Ushbu jarayon odatda psixologiya fanida qisqa muddatli xotira deb ataladi.
Juda kо‘p qaytarishlar va qayta tiklashlar natijasida materialni uzoq muddatli xotiradan farq qilgan holda qisqa muddatli xotira bir marta hamda juda qisqa vaqt oralig‘ida idrok qilish va shu ongdayoq qayta tiklashdan sо‘ng qisqa muddatli esda olib qolish bilan xarakterlanadi.
Hozirgi zamon ilmiy adabiyotlarida qisqa muddatli xotiraning quyidagi atamalari mavjud: "bir lahzalik", "zudlik", dastlabki, qisqa muddatli va boshqalar.
Operativ xotira. Inson tomonidan bevosita amalga oshirilayotgan faol, tezkor harakatlar, usullar uchun xizmat qiluvchi jarayonni anglatuvchi mnemik holat operativ xotira deb ataladi. Hozirgi zamon psixologiyasida ushbu holatni namoyish qilish uchun ushbu misol keltiriladi: matematik amalni bajarishga kirishar ekanmiz, biz uni muayyan bо‘laklarga ajratib hal etishni maqsad qilib qо‘yamiz. Shu boisdan, oraliq natijalarini yodda saqlashga intilamiz, nihoyasiga (oxiriga, yakunlanishiga) yaqinlashgan sari ayrim materiallar esdan chiqa boshlaydi.
Mazkur holat matnni talaba yoki о‘quvchi tomonidan о‘qishda, uni kо‘chirib yozishda, ijodiy fikr yuritishda, aqliy faoliyati amalga oshirishdan yaqqol kо‘zga tashlanadi.
Mazkur faoliyatda xotiraning birliklari deb nomlanadigan qismlar (bо‘laklar parchalar) hajmi, kо‘lami u yoki bu faoliyatning muvaffaqiyatli yakunlanishiga ta’sir kо‘rsatadi. Xotirada omilkor, tezkor birliklarni tarkib topishida ana shu qismlarning aniqlovchilik ahamiyati kattadir. qismning hajmi, kо‘lami, aniqligi, labilligi, taktik va strategik xususiyatga ega ekanligi muhim ahamiyatga ega (misol uchun: pochta qutisi). Ramziy ma’noda yuqorida qisqacha mulohaza yuritilgan xotira turlari quyidagicha uzviy bog‘liqlikka egadir: operativ-qisqa muddatli- va uzoq muddatli.

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin