Mamayusupov Shoxruxning Yashil Iqtisodiyot fanidan taqdimoti Mavzu: “O’zbekistonda “Yashil iqtisodiyot”ni shakllantirish va rivojlantirish bosqichlari.”



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə4/5
tarix24.11.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#133915
1   2   3   4   5
Mamayusupov Shoxrux

O‘zbekistonda "yashil" iqtisodiyotga o‘tish Strategiyasini amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari etib iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida energiya samaradorligini oshirish, energiya resurslari iste’molini diversifikatsiyalash va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish, iqlim o‘zgarishi oqibatlariga moslashish va ularni yumshatish, tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish va tabiiy ekotizimlarni asrash, "yashil" iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy va nomoliyaviy mexanizmlarini ishlab chiqishlar belgilangan.

O‘zbekistonda "yashil" iqtisodiyotga o‘tish Strategiyasini amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari etib iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida energiya samaradorligini oshirish, energiya resurslari iste’molini diversifikatsiyalash va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish, iqlim o‘zgarishi oqibatlariga moslashish va ularni yumshatish, tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish va tabiiy ekotizimlarni asrash, "yashil" iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy va nomoliyaviy mexanizmlarini ishlab chiqishlar belgilangan.


O‘zbekistonda transport vositalarining ekologik xavfsizligini oshirish masalasi ham iqtisodiyotni innovatsion modernizatsiya qilishning muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi. Ushbu yo‘nalishda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar qatoriga transport vositalari tomonidan ishlatiladigan yoqilg‘ining energetik samarasini oshirish, yoqilg‘ining “yashil” alternativ turlaridan foydalanish, “yashil” elektrodvigitellardan foydalanishni kiritishimiz mumkin. Quyosh batareyalari orqali harakatlanuvchi transport vositalarining keng joriy qilinishi atrof muhitga chiqarilayotgan turli xildagi chiqindilar hajmining kamayishi, shaharlar ekotizimining yaxshilanishiga olib keladi.
3. Yashil iqtisodiyot- Yashil taraqqiyot
    • “Yashil taraqqiyot”ga erishish uchun “yashil iqtisodiyot”ga o‘tishimiz va uni rivojlantirishimiz lozim bo‘lmoqda. Shu tufayli mamlakatimizda bunday iqtisodiyotni shakllantirish uchun yashil iqtisodiyotni rivojlantirish lozim. 

Yashil iqtisodiyot iqtisodiyot fanlarining bir yo‘nalish sifatida o‘tgan asrning oxirida paydo bo‘ldi. Mazkur iqtisodiyot tabiiy muhitning tarkibiy qismi bo‘lib, uning bir yo‘nalishi hisoblanadi. Yashil iqtisodiyot tushunchasi iqtisodiy fanlar va falsafaning ko‘plab boshqa sohalaridagi g‘oyalarni o‘z ichiga oladigan tabiat va jamiyat bilan bog‘liq ekologik iqtisodiyot, atrof-muhit iqtisodiyoti, resurslarga asoslangan iqtisodiyot, aholining rivojlanishi, feminizm iqtisodiyoti kabi yashil siyosat bilan bog‘liq iqtisodiyotni o‘z ichiga oladi.
Yashil iqtisodiyot bu iqtisodiy tizim bo‘lib, uning asosiy maqsadi sayyoramizning ekologiyasi va uni saqlab qolish bilan birga iqtisodiyotning barcha sohalarini rivojlantirishga qaratilgan. Shunday qilib yashil iqtisodiyot deganda, inson hayoti va sog‘lig‘i uchun zarur bo‘lgan resurslarni, atrof-muhit va ekologiyani bir butun holda saqlab qolib ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari bilan bog‘liq iqtisodiyotni yanada rivojlantirishni amalga oshirishga asoslangan iqtisodiy faoliyatning yangi yo‘nalishi tushuniladi. Bunda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim bo‘ladi. Birinchidan, aholining ehtiyojlarini qondirib, ularning farovonligi, yashash darajasi va sifatini oshirish uchun moddiy ne’matlarni yaratishni barqaror ravishda ekologiya va atrof-muhitga zarar yetkazmasdan ko‘paytirib borish lozim. Ikkinchidan, ishlab chiqarish va iqtisodiyotni rivojlantirish uchun energiya resurslari kerak bo‘ladi, bularni qayta tiklanadigan energiya manbalari hisobidan ko‘paytirish, jamoat transportini ham elektr quvvati bilan yuradiganlariga almashtirish, energiyani tejaydigan binolarni barpo qilish kabi yo‘nalishlarda ishlarni olib borish.
O‘zbekistonda yoqilg‘i-energetika resurslarining hozirgi hajmda iste’mol qilinishi davom etsa, ular mamlakatning yoqilg‘i-energetikaga bo‘lgan ehtiyojini 20-30 yil davomida ta’minlab berishi bashorat qilingan. Shu sababli ham iqtisodiyotni yashillashtirish jarayonini ushbu sohaga keng targ‘ib etish, O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi, alternativ energiya manbalaridan foydalanish darajasini oshirish muhim masalalardan biri hisoblanadi. SHuningdek, BMT “Atrof muhit muhofazasi va taraqqiyot xalqaro komissiyasi” ning hisobotida “Kelajak rivojlanishi, ravnaqi shunday energiyalardan foydalanish formasi, ya’ni, atrof muhit holatiga zarar etkazmaydigan, xavfsiz, tiklanadigan, kafolatlangan, doimiy o‘sib, tiklanib boruvchi va foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lgan energiyalarga bog‘liq bo‘lib qoladi”, deya qayd etilganligini e’tirof etish joiz. O‘zbekistonning quyosh energiyasi bo‘yicha yalpi salohiyati 50973 mln. tonna neft ekvivalentiga (mln.t.n.e.) teng bo‘lsa, shamol energiyasining yalpi salohiyati 2,2 mln.t.n.e. deb baholanadi. Bu sohada yurtimizda bir qancha islohotlar amalga oshirilgan .

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin