3 + 1 = 4 va 1 ning yig„indisi 4 ga teng. 3 - qo„shiluvchi 1 - qo„shiluvchi
4 - yig„indi
3+1 - yig„indi
Qo‘shiluvchilarning o‘rinlarini almashtirish Bolalar qo„shiluvchilarning o„rin almashtirish xossasi mohiyati bilan tanishganlaridan so„ng bu xulosaning amaliy qo„llanishini ko„rsatish foydalidir. Buning uchun kichik songa katta sonni qo„shishning oldin predmetli misollar asosida ularga tanish bo„lgan bo‘laklab qo‘shish usulidan, so„ngra qo‘shiluvchilarning o‘rin almashtirish usulidan foydalanish kerak. Masalan, o„qituvchi mana bu rasmga qarab, o„quvchilar bilan suhbatlashadi: Rasmga qarang. Ruchkalar nechta? Kitoblar nechta? Ruchka va kitoblarning hammasi nechta? Qanday misolni yechdik? Qanday misolni yechish kerak? Ikkiga besh sonini qanday qo„shish kerak? Biz bo„laklab qo„shishni bilamiz. Sizningcha, dastlab nechani qo„shish mumkin? (Aytaylik, 2 ni ) Keyin-chi? (3) Qo„shamiz (O„qituvchi doskaga yozadi): 2 + 5 = 2 + 2 + 3 = 4 + 3 = 7 “Har ikkala holda ham 7 soni hosil bo„ladi. Bu rasmlar nimasi bilan bir- biridan farq qiladi? Rasmlar ostidagi yozuvlarni taqqoslang. Nima uchun bir xil javob chiqdi? (O„sha sonlarning faqat o„rinlarini almashtirib qo„shdik)”. Doskaga quyidagicha yozuvni yozish mumkin: 5 + 2 = 7 2 + 5 = 2 +2 + 3 = 4 + 3 = 7 Bolalar bilan birgalikda qo„shishning qaysi usuli oson ekani aniqlanadi. (Chap tomondagi misolni yechishda) “Nima uchun?”(Chunki ikkitalab qo„shishni bilamiz) “Javob nima uchun bir xil?” (Chunki o„sha ruchkalar va kitoblarning o„zi, faqat ularning o„rinlari almashtirilgan). Shundan so„ng bolalarni ushbu xulosaga olib kelish kerak: “Agar kichik songa katta son qo„shilayotgan bo„lsa, bu sonlarningo„rinlarini almashtirib hisoblash osondir”. Bolalar bir nechta ana shunday mashqlarni bajarganlaridan so„ng 10 ichida bir xonali sonlarni qo„shish jadvalidagi istalgan misolni yechishga tayyor bo„ladilar.