Noma'lum qo‘shiluvchini topish uchun yig„indidan ma’lum qo„shiluvchini ayirish kifoya. 1-sinf kitobida noma’lum qo„shiluvchi darcha orqali ko„rsatilgan:
Quyidagi ko„rinishdagi masalalar ustida ishlash bilan tushuntirish olib borish tavsiya qilinadi: “Hovuzda 4 ta o„rdak suzib yurgan edi. Yana bir necha o„rdak kelib qo„shilgandan keyin, hovuzdagi o„rdaklar 8 ta bo„ldi. Nechta o„rdak kelib qo„shilgan?” “Oziq-ovqat do„koniga 9 quti konfet va pecheniy keltirildi. Konfetlar 6 quti bo„lsa, necha quti pecheniy keltirilgan?” 7) Ayirishning hadlari. Noma'lum kamayuvchi va noma'lum ayriluvchini topish. Ayirishning to‘g‘riligini tekshirish Ayirishning hadlari
6 - 2 = 4 6 va 2 ning ayirmasi 4 ga teng. 6 - kamayuvchi 2 - ayriluvchi
□ 4 = 5 noma'lum kamayuvchini topish uchun ayirmaga ayriluvchini qo„shish kerak. 5 + 4 = 9. Kamayuvchi 9 ga teng ekan. 8 -□ = 3 noma'lum ayriluvchini topish uchun kamayuvchidan ayirmani ayirish kerak. 8 - 3 = 5. Ayriluvchi 5 ga teng ekan. Ayirishning to‘g‘riligi qo„shish amali bilan tekshiriladi. Ayirma va ayriluvchining yig„indisi kamayuvchiga teng bo„lsa, ayirish to„g„ri bajarilgan bo„ladi. Darslikda quyidagi misollar berilgan: - 3 = 5 9 - 5 = 4 7 - 3 = 4
5 + 3 = □ 4 + 5 = 0 □ + □=7 Quyidagi ko„rinishdagi masalalar ustida ishlash bilan tushuntirish olib borish tavsiya qilinadi: “Aerodromda bir nechta samolyot bor edi. 5 ta samolyot uchib ketgandan so„ng, aerodromda 2 ta samolyot qoldi. Aerodromda oldin nechta samolyot bo„lgan?” “Traktorning bakida ish boshlanganda 9 litr yonilg„i bor edi. Ish oxiriga kelib 2 litr yonilg„i qoldi. Necha litr yonilg„i ishlatilgan?”
7sondan 5, 6, 7, 8, 9 ni ayirishni tez o„rganishga olib keladi. Masalan, 8 - 5 ayirma javobi 3 bo„ladi, chunki 8 - bu 5 va 3 ning yig„indisidan iborat: 8 = 5 + 3, demak,
8 - 5 = 3. Bunga juda ko„plab mashqlar bajarish natijasida erishish mumkin.