Ma’ruza matni pedagogika instituti Tarix fakulteti talabalari uchun “Tarix o'qitish metodikasi” fanini o’rganishda yordamchi ma’ruza matni bo’lib, unda mazkur fanning dolzarb muammolari yoritilgan



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/43
tarix28.04.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#126014
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43
Asosiy tushunchalar 
Metod — 1) tabiiy va. ijtimoiy hayot hodisalarini tatbiq qilish, bilish usuli; 2) harakat qilish 
usuli, tarzi. 
Metodika - biror ishni tashkil qilishda maqsadga muvofiq qo’llanadigan metodlar to’plami. 
Moddiy madaniyat buyumlariga — bizgacha saqlanib kelayotgan yoki ilmiy asosda qayta 
tiklangan burungi mehnat qurollari, qurol-yarog’lar, zeb-ziynat buyumlari, uy-ro’zror anjomlari, 
2
Sa'diеv A. Maktabda tarix o’qitish mеtodikasi.T., 1999, 192-bеt. 


turar joylar, qo’rg’onlar, maqbaralar, qadimgi shahar xarobalari va boshqalar kiradi. O’quvchilar 
mehnat qurollari va boshqalarga qarab, odamlarning mashg’ulotlarini, hashamatli imoratlar va 
pastqam kulbalar mavjudligini, diniy marosimlarga va kishilarning dafn qilinishidagi rasm-
rusumlarga doir topilmalar asosida o’sha zamondagi diniy e'tiqodlarini bilib oladilar. 
Tasviriy san'at asarlariga — moddiy voqelikni, odamlar va ularning bir-biriga munosabatini 
hamda ularning tevarak-atrofidagi narsalarni — har xil buyumlarni, geografik muhitni bevosita 
tasvirlab beruvchi asarlar, odamlarning har xil xudolar, ruh-arvohlar, jinlar, alvastilar, afsonaviy 
qahramonlar, devlar va hokazolar haqidagi xayoliy tasavvurlarini aks ettiruvchi asarlar kiradi. 
Yozma manbalarga — qonunlar, buyruqlar, xo’jalik ishlariga doir yozuvlar, shartnomalar, 
xizmat vazifasiga oid yozishmalar, sud hukmlari, yilnomalar, xronikalar, memuarlar, shahar va 
mamlakatlar tasvirlab yozilgan asarlar, xatlar va yozuvlar. 
Takrorlash uchun savollar 
 
1. O’quv metodik komplekslarga nimalar kiradi? 
2. O’qitishning texnik vositalaridan foydalanishning ahamiyatini tushuntiring. 
3. Zamonaviy texnik vositalardan foydalanish usullari haqida gapiring. 
4. Darslik matni bilan ishlashning qanday usullaridan foydalaniladi? 
5. Darslik matni bilan ishlashning ahamiyati nimada deb o’ylaysiz? 

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin