Asosiy tushunchalar
Dars - o’quv va tarbiyaviy ishning asosiy tashkiliy shakli.
Tarix kursining ta'lim-tarbiya vazifalari - mavzularning ta'lim-tarbiya vazifalari bilan bog’lab
rejalashtirish.
Ta'lim turlari - suqrotcha suhbat metodi, an'anaviy ta'lim, izoxdi-namunali (illyustrativ) ta'lim,
bilimlarni mustaqil egallash, programmalashtirilgan ta'lim, ta'limni algoritmlash jarayoni,
tabaqalashtirilgan, yakkama-yakka ta'lim va boshqalar.
Tarbiya - 1) shaxsning ma'naviy va jismoniy holatiga muntazam va maqsadga muvofiq ta'sir
etish; 2) pedagogik jarayonda ta'lim maqsadlarini amalga oshirish uchun pedagog va
tarbiyalanuvchilarning maxsus tashkil etilgan faoliyati.
Takrorlash uchun savollar
1. O’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix kursi oldiga qo’yilgan ta'lim-tarbiya
vazifalarini ayting.
2. Tarix o’qitishda ta'lim bilan tarbiyani uyg’unlashtirib borishga yordam beradigan metod va
vositalar nimalardan iborat?
3. Tarix darslarini turlarini ayting?
4. Tarix darslarining klassifikatsiyasini keltiring
5. Metodist P.S.Leybengrub ta'limning asosiy tashkiliy formasi bo’lgan dars tuzilishi va tarix
o’qitish oldiga qo’ygan vazifalarini ayting.
Mavzu: Tarix o’qitishning metodlari va ularning klassifikatsiyasi
Reja:
1. Tarix o’qitish metodlari va usullari.
2. Tarix o’qitish metodlari klassifikatsiyasi.
3. Ko’rgazmali metodlar.
Tayanch iboralar
Ta’lim tizimida qo’llaniladigan metodlar, tarix o’qitish metodlarining metodistlar
tomonidan klassifikatsiyalanishi, ko’rgazmali metodlardan foydalanishning ahamiyati.
O’qitish metodi deganda ta'lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning ma'lum
maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyat usullari tushuniladi. Boshqacha qilib
aytganda, o’qitish metodlari har ikkala faoliyatning, ya'ni o’qituvchi tomonidan o’quvchilarni
bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish, ahloqiy jihatdan tarbiyalash, ularda ilmiy
dunyoqarashni shakllantirish hamda o’quvchilar tomonidan o’sha nazarda tutilgan ilmiy bilim,
ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish faoliyatida ko’llaniladigan usullarni o’z ichiga oladi.
O’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimini isloh qilishning asosiy yo’nalishlarida ta'lim
mazmunini takomillashtirish, uning tarbiyaviy yo’nalishini kuchaytirish bilan birga, o’qitish
metodlarini ham aktivlashtirish asosiy vazifa qilib qo’yildi.
Endilikda, ta'lim mazmuni insoniyat to’plagan tayyor bilimlar, ko’nikma va malakalarni
puxta egallash bilan birga, o’quvchilarning mustaqil fikr yuritish, ijodiy ishlash qobiliyatlarining
o’sishini ta'minlay oladigan ijodiy faoliyatni ham o’zida birlashtirmog’i lozim. Ta'limning
rivojlanish printsiplariga ko’ra, o’quvchilarni mustaqil fikrlash va ijodiy ishlay bilishga o’rgatish
va ularda zarur ko’nikma, malakalarni yuzaga keltirishda ta'lim mazmuni bilan birga o’qitish
metodlari ham muhim rol o’ynaydi.
O’qitish metodlari murakkab muammo bo’lib, o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim
tizimida oldiga qo’yilgan mas'uliyatli vazifalarning hal etilishi ko’p jihatdan uning to’g’ri hal
qilinishiga bog’liqdir. Biroq, hozircha o’qitish metodikasining bu muhim problemasi, xususan
tarix o’qitish metodlari sistemasi yetarli darajada ishlab chiqilmagan. Metodik adabiyotda
metodistlar tomonidan «Metod», «Metodik usullar» tushunchasi turlicha talqin etiladi va
klassifikatsiya qilinadi.
O’qitish metodikasida tarix ta'limi metodlari tizimining yetarli darajada ishlab
chiqilmaganligi va bu sohada yagona fikr bo’lmaganligi o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim
tizimida tarix o’qitish amaliyotida jiddiy kamchiliklarga olib keldi. Ko’p hollarda o’qituvchilar
o’qitish metodlari va usullarini tanlashda dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarda o’quvchilarga
faqat tayyor bilim berish, ya'ni ularni o’qitish (ta'limning bir tomonini)ni ko’zda tutib,
o’quvchilarning o’rganishi (ta'limning ikkinchi muhim tomonini)ni uyushtirish, unga rahbarlik
qilish, bilish, malaka va qobiliyatlarini sistemali ravishda o’stirib borish kabi muhim
momentlarni e'tibordan chetda qoldiradilar. Shuningdek, o’qitishning metod va usullarini
tanlashda o’quv materialining mazmunidagi o’ziga xosliklarni, uning ta'lim-tarbiya vazifalarini,
o’quvchilarning bilimi va malakalarini e'tiborga ola bilmaslik hollari ham shunday jiddiy
kamchiliklar jumlasidan edi. Bu hol ma'lum darajada o’quvchilarning tarix predmetiga
qiziqishlari pasayishiga, umumiy ta'lim-tarbiya ishlarining natijasiga salbiy ta'sir ko’rsatdi.
Shu bilan birga, o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida amaliyotida, ayniqsa keyingi
yillarda o’quvchilarni tarix predmeti vositasida tarbiyalashda, uni o’qitishni ilmiy asosda olib
borish, ta'lim-tarbiya ishlari samaradorligini oshirish sohasida ko’pgina ilg’or tajribalar to’plandi
va umumlashtirildi.
Belgilab bergan muhim vazifa — tarixiy bilimlarning samaradorligi va sifatini
oshirishning muhim sharti va vositalaridan biri bo’lgan bu ishlar tarix o’qitish metodlari
sistemasini va metodik usullarini ham ilmiy asosda ishlab chiqish va amalda ulardan
muvaffaqiyatli foydalanish imkoniyatini beradi.
O’qitish metodlarini ilmiy asosda klassifikatsiyalash masalasi pedagogika fanida
o’qitishning turli bosqichlarida turlicha hal qilib kelindi. O’qitish metodlari klassifikatsiyasiga
ba'zan analiz va sintez, deduktsiya va induktsiya kabi mantiqiy operatsiyalar asos qilib olinib,
o’qitish metodlari induktiv, analitik va boshqa mantiqiy usullar sifatida xarakterlanadi. O’qitish
metodiga bu xil qarash, A.Vagin ta'kidlaganidek, tarix o’qitish metodikasida tan olinmadi. O’rta
ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix o’qitish tajribasi shuni isbotladiki, yuqoridagi
mantiqiy operatsiyalar o’qitish va o’rganishning barcha bosqichlarida turli xarakterdagi xilma-xil
didaktik va metodik vazifalarni hal qilishda ishtirok etsada, mustaqil o’qitish metodlari bo’lib
xizmat qila olmaydi. Taniqli metodist A.I.Strajev aytganidek: «Tarix o’qitish metodi tarixiy
material bo’yicha qilinadigan ana shu mantiqiy operatsiyalardan tashkil topadi».
O’qitish metodlarini ba'zan o’quvchilarning bilish faoliyati, faollik darajasiga qarab
klassifikatsiyalash tavsiya qilinadi.
Bu tarzda ajratish o’qitish metodlaridan ko’ra, ko’proq o’qitishning umumiy xarakteriga
taalluqlidir.
60- yillarda tarix o’qitish metodlari va ularni klassifikatsiyalash turlicha hal qilindi.
Metodist A.I.Strajev «Tarix o’qitishning tashkil etilishi, metodlari va vositalari tarix fanining
ma'lum ta'lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi»— deydi. Biroq, u ham
o’qitishning asosiy metodlarini tarixiy jarayonning o’zini o’rganish metodidan iborat qilib
qo’yib, masalada noaniqlikka yo’l qo’yadi. A.I.Strajev quyidagi o’qitish metodlarini tavsiya
qiladi:
1) tarixiy faktlarni o’rganish metodlari;
2) xronologiyani o’rganish metodlari;
3) mahalliy tarixiy voqealarni o’rganish metodlari;
4) asosiy tarixiy tushunchalarni shakllantirish metodlari;
5) sabab-natija aloqalarni o’rganish metodlari;
6) tarixiy jarayonning qonuniyatlarini ochib berish metodlari.
Ma'lumki, tarix o’qitish — o’qitish va o’rganishni tashkil etish jarayonidan iborat.
Metodist A.Strajevning klassifikatsiyasidan ham ko’rinib turibdiki, u faqat o’qituvchining
o’quvchilarni o’qitishini ko’zda tutadi, o’quvchilarning o’rganishini tashkil etish va ularning
o’rganishiga o’qituvchining rahbarlik qilishini e'tiborga olmaydi.
Ko’zga ko’ringan metodist V.G.Kartsev bu masalada boshqacha yo’l tutadi. U metodlar
sistemasiga o’quv harakteriga ega bo’lgan belgilar («Bayon qilish metodi», «so’rash metodi») va
umumiy didaktiv vazifalar («materialni o’rganish metodi», «mustahkamlash metodi», «bilimni
tekshirish metodi» va boshqalar) ni emas, balki o’quvchilarning tarixiy voqealarni bilish
qonuniyatlarini asos qilib oladi. Metodlar haqidagi nazariyaning metodologii asosini, ya'ni jonli
mushohadadan abstrakt tafakkurga va undan amaliyotga o’tish tashkil etadi. Binobarin,— deb
hisoblaydi V.G.Kartsev,— o’quvchilarda tarixiy tasavvur va tarixiy tushunchalarni shakllantirish
metodlari haqidagi masala metodikaning markaziy masalasi bo’lishi keraq Shu asosda u,
o’quvchilarda tarixiy tasavvur va tushunchalarni shakllantirishning 4 guruhi borligini aytadi:
1) tarixiy tasavvurlar va tushunchalarni shakllantirkii metodlari; 2) umumiy
tushunchalarni shakllantirish metodlari; 3) vaqt va fazoda tarixiy rivojlanish dialektikasini ochib
berish metodlari; 4) tarixni zamonaviy voqealar bilan borlash metodlari; 5) tarixiy bilimlarning
hayot va praktikada qo’llanilishi.
60-yillar pedagogikasida o’rganilayotgan fanni bilish manbalari (o’qituvchining jonli
so’zi, ko’rsatmalilik va tekstlar) ni o’qitish metodlariga asos qilib olishga katta o’rin berildi.
O’qitish metodlarini bilish manbalari bo’yicha klassifikatsiyalash masalasi Leningrad
olimlarining 1966 yilda nashr qilingan asarlarida aniq ta'riflab berildi.
50-yillarning oxirlariga kelib tarix o’qitish metodikasida ham o’qitish metodlari
klassifikatsiyasiga o’quvchilarning bilish manbalari asos o’qilib olina boshladi. Metodist
P.S.Leybengrub ta'lim manbalari, ya'ni bilish manbalari asosida o’rta ta'lim va o’rta maxsus
ta'lim tizimida da tarix o’qitishning quyidagi metodlarini ko’rsatadi.
1) hikoya metodi va o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida lektsiyasi:
2) suhbat metodi;
3) ko’rsatmali metod;
4) darslik bilan ishlash metodi;
5) tarixiy hujjatlar bilan ishlash metodi;
6) badiiy adabiyotlardan foydalanish metodi.
P.S.Leybengrub nimagadir, og’zaki bayon qilish metodlarining hammasini hikoya va
lektsiyadan iborat qilib qo’yadi. A.Vagin o’zining tarix o’qitish metodikasiga bag’ishlangan
kitobida ana shu kamchilikni to’ldiradi. A.Vagin tarix o’qitish metodlari klassifikatsiyasiga bilim
olish manbalari bilan birga, bilim olish usulini ham asos qilib olgan. U o’qitish metodlarini
quyidagi uch gruppaga bo’ladi:
1) jonli so’z: hikoya, tavsiflash, harakteristika, problemali bayon;
2) ko’rsatmali metodlar: rasmlar va boshqa ko’rsatmali qurollar, doskaga chiziladigan
grafik yozuvlar, texnika vositalari va boshqalar;
3) tekstlar bilan ishlash metodlari.
A.Vagin o’qitish metodlari klassifikatsiyasiga bilim manbalari va bilish usullarini asos
qilib olish bilan birga, bilish manbalari didaktik vazifalarga muvofiq o’qitish protsessining
asosiy bosqichlarida qay tarifa konkret amalga oshirilishini jadval shaklida beradi. Bu jadval har
bir darsda o’tiladigan materialning mazmuniga qarab o’qitishning turli xil metod va usullaridan
foydalanish zarurligini aniq ko’rsatadi. Keyingi yillardagi o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim
tizimida da tarix o’qitish tajribasi A. Vagin tavsiya etgan o’qitish metodlarining juda real
ekanligini ko’rsatdi.
Prof. P.V.Gora o’zining «Ta'lim metodlari va metodik usullari sistemasiga doir masala»
nomli maqolasida pedagogikasi nazariyasi va praktikasidasida erishilgan yutuqlarga suyanib,
o’qituvchining o’qitishi va o’quvchilarning o’rganishi (bilish faoliyati) bilan o’zaro organik
bog’langan metod va metodik usullarni tavsiya qiladi. O’qitish metodlarining shu taxlilda
klassifikatsiya qilinishi o’qitishuvchilarni puxta bilim va zarur malakalar bilan qurollantirish
imkoniyatini beradi. Shuningdeq o’qituvchini o’quv materialining mazmuni, o’quvchilarning
bilimi, malakalari va qobiliyatlarini ham hisobga olish va rahbarlik qilishiga yordam beradi.
P.V.Gora o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida da tarix o’qitish tajribasiga
asoslanib, tarix o’qitish metodlarini klassifikatsiya qilishda masalaga faqat didaktik nuqtai
nazardan qaramasdan, tarixiy-metodik nazardan ham yondashish, o’quv tarixiy materialning
ta'lim-tarbiyaviy vazifalarini hamda uning mazmunidagi o’ziga xos xususiyatlarni ham yetarli
ravishda e'tiborga olish zarur ekanligini ko’rsatadi. P.V.Gora xuddi shu printsipga asoslanadi,
unda o’qitishning metod va usullarini tanlashda o’quv materialining mazmunini, uni
o’rganishning maqsadini asos qilib olish, masalaga tarixiy-metodik mezon bilan yondoshish va
hal etish zarurligi ko’rsatiladi.
O’qitishning metod va usullarini tanlashda shuni nazarda tutmoq kerakki, o’quvchilar
esda saqlab qolishi zarur bo’lgan bilimlarni shunchaki bayon qilib qo’ya qolish bilan maqsadga
erishib bo’lmaydi. O’qitish jarayonida o’quvchilarning bilish faoliyatini aktivlashtirish, ularni
amaliy faoliyatga tayyorlash, o’rgatish ham lozim. Ularda mustaqil ijodiy izlanish, yangilikka
intilishni kuchaytirish, hali jamiyatga ma'lum bo’lmagan bilish usullarini qidirib topish va amaliy
faoliyatga joriy eta bilish qobiliyatini ham rivojlantirish keraq
I.Ya.Lerner o’qitish metodlarini 5 guruhga bo’ladi.
1. Bayon — illyustratsiya metodi,
2. Reproduktiv metod,
3. Ilmiy-tadqiqot metodi,
4. Qisman izlanish yoki evristik metod,
5. Muammoli ta'lim yoki muammoli o’qitish.
O’qitishning birinchi va ikkinchi usulida o’quvchilar o’rganiladigan materialni puxta
esda saqlab qolishlari va uni qayta so’zlab berishlari mumkin. O’qituvchi tushuntirib beradigan
tayyor bilimlarni tushunib olish qiyin emas, ularni faqat esda saqlab qola bilish keraq xolos. Bu
usulni muhim tomoni shundaki, u nisbatan qisqa vaqt ichida katta ko’lamdagi tarixiy bilimlarni
o’rganish va o’quvchilar dikdatining rivojlanishiga yordam beradi. Ammo bu usul o’quvchilarda,
ayniqsa yuqori sinf o’quvchilarida tarixni o’rganishga qiziqish uyg’ota olmaydi, ularning
tafakkuri, bilish, malaka va qobiliyatlari rivojlanishini ta'minlay olmaydi.
Muammoli ta'lim yoki muammoli o’qitish usuli birinchi usuldan ko’ra samaralirokdir.
O’qituvchi o’quv materialini bayon qila turib, o’quvchilar oldiga muammoli savollar qo’yadi,
o’quvchilar bilan birga uni hal qilish yo’llarini topadi, boshqacha qilib aytganda, o’qituvchi
o’quvchilarga tarixiy bilimlarni tushuntirish bilan birga, ularni shu bilimlar ustida o’ylashga
majbur etadi, ularning fikrlash faoliyatini faollashtiradi, qiziqishlari ortadi. O’quvchilar
o’qituvchi rahbarligida muammoli va mantiqiy vazifalarni bajarish jarayonida mustaqil
mulohaza qilish va mustaqil fikrlashga o’rganadi. Bularning hammasi o’quvchilarning tarixiy
fikrlashiga, tadqiqot ishlarining dastlabki oddiy malakalarini egallab olishlariga yordam beradi.
O’quv-tekshirish ishlari ham turli usullar yordamida amalga oshiriladi.
O’qitish metodlariga ta'rif berganda birinchi navbatda u o’qituvchining o’qitishi va
o’quvchilarning o’rganishi yoki bilish faoliyati usullaridan iborat ekanligini nazarda tutishi keraq
Haqiqatan
ham,
o’qituvchi
ko’rsatmali
vositalar
yordamida so’zlab berish yoki qandaydir amaliy harakatlarni ko’rsatish, ularni tushuntirib borish
jarayonida o’zi faol fikrlash bilan birga, o’quvchilarning ham fikrlash faoliyatini qo’zg’atadi va
o’quv materialining o’zlashtirilishiga rahbarlik qiladi, ularning bilim va malakalarni o’zlashtirib
olishlariga yordam ko’rsatadi. Binobarin, o’qitish metodlariga o’qitish va o’rganish usullari va
unga bog’lab o’qituvchi va o’quvchilarning tafakkur qilish faoliyati asos qilib olinadigan bo’lsa,
uni quyidagicha ta'riflash mumkin.
O’qitish metodlari — o’qituvchilarning aktiv fikrlash asosida o’quvchilarni o’qitishga,
o’qituvchi rahbarligida o’quvchilarning ilmiy bilimlarni o’zlashtirishi va amalda qo’llana
bilishlariga, dunyoqarash va e'tiqod hosil qilishlariga, aqliy va jismoniy mehnat, ko’nikma va
malakalarini egallashlariga, bilish va ijodiy qobiliyatlari o’sishiga yordam berishni ta'minlovchi
usullaridan iboratdir.
O’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida ta'limi metodlari sistemasidan turli
foydalanilgan taqdirdagina ta'lim-tarbiya ishlari sohasida yaxshi natijalarga erishish mumkin.
O’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida ta'limi metodlari sistemasi deb eng muhim umumiy
belgilari bilan o’zaro bog’langan, bir-biriga ta'sir ko’rsatadigan metodlar gruppasiga aytiladi. Bu
metodlarning umumiy muhim belgilari o’qitish va o’rganish usullari hamda o’qituvchi va
o’quvchilarning tafakkur faoliyatidan iboratdir.
Bir-biri bilan bog’langan o’qitish metodlarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 1)
og’zaki o’qitish metodi, bu metod o’z navbatida ikki turga bo’linadi:
a) og’zaki ta'lim metodi; b) bosma tekstlar yordamida o’qitish metodi;
2) ko’rsatmali ta'lim metodi;
3) ta'limning amaliy metodi.
O’qitish usullari va o’quvchilar tafakkur faoliyatining turli formalari o’rtasidagi o’zaro
aloqa va ularning bir-biriga ko’rsatadigan ta'siri asosida bir tizimdagi metodlarning o’zaro
bog’liqligi yuzaga keladi. O’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimi tajribasida ko’rsatmali o’qi-
tish deyarli hech qachon o’qituvchining bayonisiz qo’llanilmaydi, o’qituvchining bayoni ham
doim ko’rsatmali vositalarga suyanadi. O’quvchilarning texnika vositalari, tekstlar va boshqalar
ustidagi amaliy faoliyati ta'limning ko’rsatmali va og’zaki usullari bilan chambarchas borliq
bo’ladi.
Mazkur metodlar tizimi o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimidagi barcha o’quv
predmetlarini o’qitishda qo’llanilishi mumkin. Ammo ularning har qaysisi har bir o’quv predmeti,
xususan tarix predmetining mazmunidagi o’ziga xos xususiyatlar, uning ta'lim-tarbiyaviy
vazifalariga mos ravishda turli metodik usullarda foydalaniladi.
O’qitish usullari va o’quvchilarning o’rganish (bilish faoliyati) usullari turli ko’rinishlarda
bir-biri bilan qo’shilib o’qituvchi va o’quvchilar faol ishtirok etadigan o’quv-tarbiyaviy
jarayonning yagona metodikani tashkil qiladi. Bu usullar guruhidan birortasini ham e'tibordan
chetda qoldirib bo’lmaydi, aks holda ta'lim-tarbiya jarayonida, o’qitish metodlarini belgilashda
yaxshi natijaga erishib bo’lmaydi.
O’qitish va o’rganish usullari ta'lim metodlarining tarkibiy qismi bo’lishi bilan birga,
o’qituvchi va o’quvchilarning faol tafakkur qilish faoliyati va xarakteriga mos bo’lgan xuddi
shunday usullarni ham o’z ichiga oladi.
Ammo o’qitish usullari umumiy belgilar hamda muhim o’ziga xos xususiyatlarga ega
bo’lgan holda ta'lim metodlari bilan bog’liq bo’ladi. Shu jihatdan o’qitish usullari barcha o’quv
predmetlari uchun umumiy bo’lgan didaktik metodlardan farq qiladi. Metodik usullar o’qitish
predmeti tarix kursining mazmuni bilan bog’liq va unga faol ta'sir ko’rsatadi.
Shunday qilib, o’qituvchi darsga tayyorlanishida o’quv materialining mazmuniga muvofiq
va bu materialning ta'lim-tarbiyaviy vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam
beradigan metodik usullarni (o’qitish va o’rganish usullarini) to’g’ri tanlab olishi kerak.
Ma'lumki, har bir darsga va darsdan tashqari mashg’ulotga tayyorlanish dars va
mashg’ulot maqsadini, ularning ta'lim-tarbiya vazifalarini belgilashdan boshlanadi. O’quv
materialining mazmuniga muvofiq uning ta'lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirishga yordam
beradigan metodik usullarni to’g’ri va ilmiy asosda tanlab olish o’qituvchining bu boradagi
nazariy bilim darajasi va metodik usullar sistemasini qanchalik o’zlashtirib olganligiga bog’liqdir.
Ma'lumki, o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix kursining mazmunini ayrim
aniq va tipik voqealardan iborat faktlar tashkil etadi. Bu faktlar o’quvchilarga ijtimoiy hayotning
barcha tomonlari, bu tomonlarning rivojlanishini va ular o’rtasidagi o’zaro aloqalar haqida bilim
beradi, ularning aqli, o’yi, hayoli, sezgi va irodasiga ta'sir ko’rsatadi. Tarixiy faktlarning xarakterli
xususiyati shundaki, ularni bevosita hissiy tasavvurlar asosida o’rganib bo’lmaydi. Shuning uchun
o’tmishga doir eng muhim faktlarni obrazli tasavvur etishning ahamiyati g’oyat kattadir. Obrazli
tasavvurlar o’quvchilarning tarixiy voqealar haqidagi faktlarni jonli idrok etishlariga yordam
beradi.
Shunday qilib, o’tmishning hayotiy voqealari haqidagi obrazli tasavvurlar o’quvchilar
olgan tarixiy bilimlarining birinchi eng muhim tafakkur komponenti bo’lib xizmat qiladi. Ana shu
asosda o’quvchilarda obrazli-tarixiy tasavvurlarni shakllantirishning metodik usullarini
guruhlarga ajratish mumkin: o’qituvchining voqeani suratlab tavsiflashi, syujetli hikoya, badiiy-
tarixiy matnlarni o’qib berishi va o’qitishning boshqa usullaridan foydalanishi, shuningdek uning
obrazli bayoni va suratlar asosida o’quvchilarning ham hikoya qilib berishi, insho yozishi kabi
o’rganish usullari bir guruhni hosil qiladi.
O’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix kursida ta'lim-tarbiyaviy jihatdan juda
muhim bo’lgan, keng va obrazli qilib yoritilgan faktlardan tashqari, ular o’rtasidagi
bog’lanishlarni aniqlashga yordam beradigan boshqa faktlar, voqeaning sodir bo’lgan yili,
joyining nomi va statistik ma'lumotlar ham beriladi. Ular juda qisqa, ba'zan ma'lumotnoma
shaklida bo’lsada, tarixiy jarayonni bir butun yaxlit tasavvur etish, tushunchalar tizimini va
ijtimoiy rivojlanishning qonuniyatlarini to’liq o’zlashtirishga yordam beradi.
Shunday qilib, o’quvchilar xotirasida saqlab qolinishi kerak bo’lgan tarixiy materiallar
tarixiy bilimning ikkinchi muhim tarkibiy qismini tashkil etadi.
Tarix o’qitish amaliyotida tarixiy materiallarni puxta va mustahkam o’zlashtirishga
yordam beradigan ko’pgina samarali usullar bor. Materialni bayon qilib borishda o’qituvchi va
o’quvchilarning o’quv materiali yuzasidan og’zaki va yozma reja, voqealar taqvimi va xronologik
jadvallar tuzishlari, raqamlarni yozish, grafika yozuvlarini olib borishlari, diagrammalar chizish
va aplikatsiyalardan foydalanishlari, yozuvsiz xarita va daftarda yozuv-chizuv ishlarini olib
borishlari shular jumlasidandir.
O’quv materialini o’quvchilarning xotirasida mustahkam o’rnashishiga yordam beradigan
bu va shunga o’xshash boshqa usullarni birinchi gruppaga kirgan usullar bilan o’zviy bog’langan
ikkinchi gruppaga kiritish mumkin.
Shuni aytish kerakki, obrazli-tarixiy tasavvurlarni shakllantirish, tarixiy faktlar,
xronologiya va boshqalarni xotirada mustahkam saqlab qolish tarixni o’rganishning birinchi
bosqichini tashkil etadi, xolos. Uning eng muhim ikkinchi bosqichi — tarixiy tushunchalarni
shakllantirishdir.
Tushuncha o’quvchilarga konkret tarixiy faktlar va qonuniyatlarni, ularning muhim
belgilari va xususiyatlarini umumlashtirib tushuntirish va ularni o’quvchilarning puxta tushunib
olishi bilan yuzaga keladi.
Tushunchani shakllantirish juda murakkab va serqirra jarayondir. O’qituvchi va
o’quvchilar o’quv materiali ustida chuqur va faol fikr yuritib, uni tahlil qilishlari va
umumlashtirishlari lozim. Tarixiy tushuncha o’quvchilardagi tarixiy bilimlarining uchinchi eng
muhim tarkibiy qismini tashkil qiladi.
Tarixiy tushunchalarni o’zlashtirish juda katta ta'limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Tushunchalar o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga yordam beradi, ularning
tafakkur faoliyatini, bilish malakalari va qobiliyatlarini o’stiradi.
Keyingi yillarda, o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida amaliyotida o’quvchilarning
fikrlash faoliyatini faollashtirish, tarixiy tushunchalarni, jumladan ijtimoiy rivojlanish
qonuniyatlari haqidagi tushunchalarni chuqur o’zlashtirishni ta'minlaydigan o’qitish va
o’rganishning samarali usullari ishlab chiqildi.
Tafakkur qilishning psixik jarayoniga suyanadigan bu usullar har kaysi tarix o’qitish
metodiga metodik usullarni uchinchi guruhi bo’lib kirishi mumkin, ular birinchi navbatda
o’qituvchining tushuntirib berishi, muammoli bayoni, o’qituvchi rahbarligida o’quvchilarning
tarixiy hujjatlarni tahlil qilishi, mantiqiy vazifalarni yechishi va evristik suhbatdan iboratdir.
Shunday qilib, mazmunning o’ziga xos xususiyatlari, ta'lim-tarbiya vazifalari, o’quv
materialining mantiqiy tuzilishiga muvofiq ruhiy jarayonlarning, idrok qilish, xotirada
saqlashning, tafakkur va tasavvur qilishning bir-biriga ta'sir ko’rsatishini e'tiborga olib, o’rta
ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix ta'limining bir-biri bilan uzviy bog’langan quyidagi
metodik usullar tizimini belgilash mumkin:
1. O’quvchilarda tarixiy faktlar haqida obrazli tasavvurlarni shakllantirish usullari.
2. O’quvchilar xotirasida tarixiy faktlar, xronologiya, mahalliy va statistik ma'lumotlarni
mustahkamlash usullari.
3. Tarixiy materialni o’zlashtirish va o’quvchilarda tarixiy tushunchalarni shakllantirish usullari.
Ta'lim-tarbiya jarayonida bu usullarning barchasi va bilimlarning barcha tarkibiy qismlari
bir-biri bilan o’zaro bog’langan holda ishtirok etadi Metodik usullarni tanlash o’quv materialining
xarakteri bilan bog’liqligini, u yoki bu tarixiy materialni o’rganishga qanday usullardan
foydalanish kerakligini bilish bilan birga ularni o’quvchilarning bilimi va bilish malakalariga
muvofiq tarzda qo’llash mahoratini ham egallash kerak
Hozirgi kunda o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimlari amaliyotida qo’llanib
kelinayotgan, amaldagi o’qish metodlarini asosan uch guruhga bo’lib ko’rsatish mumkin: 1.
Og’zaki bayon qilish metodi. 2. Ko’rgazmalilik metodi. 3. Amaliy metod.
|