Ma’ruza mavzulari yuzasidan nazariy materiallar 1-mavzu. Oliy ta’lim tizimini isloh etish va pedagogika faninning zamonaviy kontseptsiyalari. Mashg’ulot rejasi



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə14/22
tarix24.10.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#118560
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
1-2-MA~1

Tamoyillari:
1) yaxlitlik; 2) tabaqalashtirilgan yondashuv; 3) tabiat bilan uyg’unlik; 4) madaniyat bilan uyg’unlik; 5) insonparvarlik; 6) muhitli yondashuv; 7)qadriyatli-mazmunli; 8) faoliyatli yondashuv.
Qoidalari:
1) talabaning faol nuqtai nazariga, uning mustaqilligi va tashabbuskorligiga tayanish;
2) talaba bilan muloqotda unga hurmat bilan munosabatda bo’lish ustun bo’lmog’i kerak;
3) pedagog talabalarning muvafaqqiyatlariga qiziqish bilan qarashi lozim;
4) pedagog muhim muammolarni hal etishda talabaga yordam berishi kerak;
5) tarbiyaviy vazifalarni bosqichma-bosqich hal etishda pedagog ularni amalga oshirishda har bir talabaga yuqori darajada foyda keltiradigan variantlarini izlab topishi kerak;
6) guruhda va talabalarning boshqa birlashmalarida pedagog insonparvarlik munosabatini shakllantirishi, talabalarning kamsitilishi, ruhini tushirishga yo’l qo’ymaslik zarur.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” pedagogik kontseptsiyaning asosini tashkil qiladi. Prezident Islom Karimovning “O’rta asrlar SHarq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy tsivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferentsiyaning ochilish marosimidagi o’z nutqida “Jahon intellektual mulk tashkiloti va yetakchi xalqaro biznes-maktablardan biri “INSEAD” tomonidan 2012 yilda inson kapitalining taraqqiyot darajasi bo’yicha o’tkazilgan tadqiqot natijalariga ko’ra O’zbekiston 141 mamlakat orasida 53-o’rinni, ta’lim tizimini rivojlantirish darajasi, jumladan, ta’lim maqsadlari uchun ajratiladigan mablag’lar bo’yicha esa dunyoda beshinchi o’rinni egallagani bejiz emas, albatta. Xolis insonlar bizning ta’lim-tarbiya sohasidagi keng ko’lamli ishlarimiz haqida xolisona xulosa chiqargani uchun minnatdormiz. Bunday markazlar faoliyati juda foydali deb o’ylayman va biz ana shunday yuksak e’tirofdan ruhlanib, yanada yuqori o’rinlarga ko’tarilish uchun yanada qattiq bel bog’lab harakat qilamiz.
Birinchi o’ringa da’vogarlik qilishdan cho’chib turgan bo’lsak-da, biz shunga intilib yashashga haqlimiz”, deb ta’kidlagan edi.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning taklif etilgan Kontseptsiyasi O’zbekistonni isloh etish va modernizatsiya qilish borasida biz qariyb 20 yil oldin boshlagan jarayonni davom ettirish bo’yicha Oliy Majlis tomonidan uzoq muddatli aniq harakat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun asos bo’ladi,
Innovatsion ta’lim kontseptsiyasi quyidagi g’oyalardan iborat:
- Rag’batlar va dispozitsiyalar asosida ikkala sub’ekt tomonidan kasbiy faoliyatni ongli ravishda tahlil qilish;
- Me’yor va standartlarga tanqidiy munosabat;
- Ma’nolar tizimini tuzish va uni tansiflash;
- Kasbiy madaniyat, muhit va yangiliklarga ochiqlik;
- Har qanday faoliyatga ijodiy yondoshish; ko’rsatilgan me’yorlardan chetga chiqish, tashabbuskorlik;
- Ikkala sub’ektning o’z-o’zini realizatsiya qilishiga intilishi;
- Ta’lim mazmuni elementlarini takomillashtirish.



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin