Ma’ruza mavzulari yuzasidan nazariy materiallar 1-mavzu. Oliy ta’lim tizimini isloh etish va pedagogika faninning zamonaviy kontseptsiyalari. Mashg’ulot rejasi


Oliy ta’lim tizimining tashkiliy tuzilishi



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə16/22
tarix24.10.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#118560
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
1-2-MA~1

Oliy ta’lim tizimining tashkiliy tuzilishi. Oliy ta’lim tizimi quyidagilardan iborat:
- davlatga qarashli va davlatga aloqadorsiz oliy ta’lim muassasalari, bular davlat ta’lim standartlariga muvofiq ta’lim- kasb dasturini amalga oshiradi;
- ilmiy-pedagogik muassasalar, bular oliy ta’limni rivojlantirish uchun zarur bo’lgan tadqiqot ishlarini olib boradi;
- ta’limni boshqaruvchi davlat idoralari, shuningdek, ular tasarrufidagi korxona, muassasa va tashkilotlar.
1993 yildan respublikaning barcha oliy o’quv yurtlariga test sinovlari orqali abiturientlar qabul etilmoqda. Talabalar oliy o’quv yurtlarida ikki bosqichli ta’lim asosida bakalavr va magistr darajalarini egallashlari mumkin.
Bakalavriat – ixtisosliklar yo’nalishi bo’yicha o’qish muddati to’rt yildan kam bo’lmagan nazariy va amaliy bilim beruvchi tayanch oliy ta’lim.
Magistratura – bakalavriat asosida o’quv muddati ikki yildan kam bo’lmagan, muayyan ixtisoslik bo’yicha oliy ta’lim.
O’zbekistonda oliy ta’lim tizimining rivojlanishi. Kadrlar tayyorlash tizimini iqtisodiyot, fan, madaniyat va texnologiyalarni rivojlantirish asosida takomillashtirish jahonda aksariyat mamlakatlar rivojlanishining eng muhim omili sifatida e’tirof etilgan.
1991 yildan O’zbekistonda demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo’li tanlandi va izchil amalga oshirilmoqda. Uzluksiz ta’lim tizimida oliy ta’lim alohida o’rin egallaydi. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negizidagi oliy ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining mustaqil turi hisoblanadi va O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga muvofiq amalga oshirilmoqda. Ta’lim respublika iqtisodiy salohiyatining o’sishi bilan bevosita bog’liq. O’zbekiston Prezidenti bu haqda gapirar ekan, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish muammolarini yechish, bu sohaga yoshlarni, kollejlar va oliy o’quv yurtlari bitiruvchilarini keng jalb qilish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratish “Barkamol avlod yili” Davlat dasturida alohida o’rin egallashini ta’kidladi.
O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy rivojlanishning globallashuvi sharoitida davlatning raqobatbardoshligi uning mavjud ilmiy-ma’rifiy va ilmiy-texnikaviy salohiyatdan to’laqonli foydalanish, innovatsiyalarni iqtisodiyotgagina emas, balki ta’lim sohasiga ham samarali joriy etish imkoniyatlari bilan bevosita bog’liq. An’anaviy kasblar tarkibida, xodimlarning iqtisodiy xulq-atvorida, kasb tanlashda qadriyatlar va mo’ljallar tizimi hamda mehnatni tatbiq etish sohalarida jiddiy o’zgarishlar yuz berdi. Bularning barchasi xodimning yangicha tipi- innovatsion fikrlash uslubiga ega bo’lgan xodim paydo bo’lganini tasdiqlaydi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin