Ma’ruza mavzulari yuzasidan nazariy materiallar 1-mavzu. Oliy ta’lim tizimini isloh etish va pedagogika faninning zamonaviy kontseptsiyalari. Mashg’ulot rejasi


Pedagogik jarayonning asosiy funktsiyalari (ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi)



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə18/22
tarix24.10.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#118560
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
1-2-MA~1

Pedagogik jarayonning asosiy funktsiyalari (ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi). Maqsad asosida ta’lim va tarbiyaning mazmuni belgilanadi. O’qituvchi o’quvchi-talabaning bilish faoliyatlarini tashkil qilish maqsadida o’quv ishlarini olib borar ekan, avvalo ta’lim jarayoni orqali uch vazifani hal qilishi unutmasligi kerak.
 Ta’limiy maqsad-o’quv materiallarining mazmunini bilish, ya’ni ushbu fanga tegishli ilmiy bilimlarni o’zlashtirish va amaliyotga tadbiq qila olishdir.
 Tarbiyaviy maqsad-fan asoslarini o’zlashtirish orqali uning mazmunida yotgan g’oyalar, dunyoqarashlar ta’sirida o’zining shaxsiy sifatlarini shakllantirishdir.
 Rivojlantiruvchi maqsad-ta’lim jarayonini ta’sirida shaxsning aqliy kamolotini bilish qobiliyatini, o’qishga, mehnatga bo’lgan munosabatini rivojlantirishdan iborat.
Har qanday didaktik jarayonda motiv hosil qilish muhim ahamiyatga ega. Motivlargina o’quvchilarni ta’lim jarayoniga qiziqtiradi, uning shaxsiy qiziqishlarini ichki ehtiyojga aylantiradi. Albatta motivlarni hosil qilish va unga o’quvchi qiziqishini kam yoki ko’p bo’lishi o’qituvchining mahoratiga bog’liq. Ta’lim turli bosqichlarda amalga oshadi. Birinchi bosqich-o’quv materiallarini idrok qilishdan iborat. Bunda talaba ta’limning mazmuni bilan tanishib, o’zining bilish vazifalari nimalardan iborat ekanini tushunib oladi. Bunda sezgi, idrok, tasavvur kabi jarayonlar faol ishtirok etadi. Ikkinchi bosqich-ular o’quv materiallarini tushunib oladilar, uning mohiyatini anglaydilar va umumlashtiradilar. Natijada ularda yangi bilimlar paydo bo’ladi. Buning uchun ular analiz, sintez, taqqoslash, xulosa chiqarishdan foydalanadilar. Uchinchi bosqich-yangi bilimlar, mashqlar, mustaqil ishlar, o’qituvchining qo’shimcha izohlari orqali mustahkamlanadi. Turtinchi bosqichda-ular o’zlashtirib olgan bilimlarini imkoniyatga qarab amaliyotga tadbiq qiladilar.
Ta’limda faqat qiziqishga tayanib qolish ham motivatsiyaning asosli samarasi bo’la olmaydi. Bunda eng muhim samarali usul motivatsion-muammoli vaziyatlarni quyish yoki o’rganilayotgan predmetning ijtimoiy mohiyatini aks ettiradigan maxsus bilishga oid vazifalarning qo’yilishidir.
Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun o’qituvchida o’z kasbiga layoqat bo’lishi lozim. Layoqatlilik pedagogik mehnatni muvaffaqiyatli bajarishga qodir bo’lishdir. Bu avvalo, pedagogik kasbning ijtimoiy roli va zaruriyatini yaqqol tasavvur qila olishida ko’rinadi. Bundan tashqari o’qituvchi, o’quvchiga o’z faoliyatining ob’ekti sifatida qiziqib qarashi, uning ehtiyoj va xususiyatlarini tushuna bilishi lozim.
Quyidagilar mutaxassisning pedagogik tayyorlanganligining zarur va yetarli darajasini ta’minlaydigan asosiy talablar hisoblanadi:
1.Dars berish mahorati.
2.Tarbiyalash mahorati
3. O’quv-tarbiya jarayonida gumanitar omilni ta’minlaydigan shaxsiy sifatlari;
4. Ta’lim oluvchilarning bilimlarini xolisona nazorat qilish va baholash mahorati
DARS BERISH MAHORATI:
Kasbiy layoqt va eruditsiya;
Psixologik-pedagogik tayyorgarlik;
Ta’lim oluvchilarni mustaqil fikrlash va yangi bilimlar olishga o’rgatish mahorati;
O’quv adabiyotlari shakllari va turlarini bilish;
Yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini egallanganlik, internetning global tarmog’i bilan ishlash bo’yicha amaliy ko’nikmalar;
Pedagog kadrlar malakasini oshirishning asosiy shakllarini bilish;
Ilmiy-pedagogik ijodiyot metodologiyasini bilish;
Pedagogika fani va sohasini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarini bilish;
Fanlararo aloqalardan foydalanish mahorati;
Ritorika va notiqlik san’ati asoslarini bilish;
Tarbiyalash mahorati-o’qitish va tarbiyalash jarayonining bog’liqligi, uyg’un rivojlangan shaxsni shakllantirishga, ularda yuksak madaniy va ma’naviy saviyasi qaror toptirishga, pedagogning yuksak shaxsiy sifatlariga. Uning vatanparvarlik, obro’ va burchni his etishga, keng gumanitar va gumanistik tayyorligiga, shuningdek o’quvchilar o’rtasida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning amaliy ko’nikmalariga asoslanadi. Pedagogning o’quv-tarbiyaviy jarayondagi gumanitar omilni belgilaydigan shaxsiy sifatlariga quyidagilar kiradi: talabchanlik, haqqoniylik, halollik, mehribonlik, xushmomalalik. Ushbu sifatlar pedagogning ta’lim oluvchilar uchun ahamiyatini belgilashi kerak. SHaxsiy sifatlar o’qitish va tarbiyalash mahoratiga ta’sir ko’rsatadi.
Ta’lim oluvchilarning bilimlarini xolisona nazorat qilish va baholash mahorati-psixologik pedagogik jihatdan o’qitish va tarbiyalash mahorati bilan uzviy bog’liqdir. Pedagog ta’lim oluvchilarning bilimlari va mahoratlarini xolisona baholash printsiplari, metodlari va mexanizmlarini bilishi, standartlashtirilgan testlarni ishlab chiqish, ta’lim oluvchilarning o’zlashtirishini nazorat qilishning turli shakllarini samarali qo’llash mahoratiga ega bo’lishi kerak.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin