Ma’ruza mavzulari yuzasidan nazariy materiallar 1-mavzu. Oliy ta’lim tizimini isloh etish va pedagogika faninning zamonaviy kontseptsiyalari. Mashg’ulot rejasi


Ta’lim jarayonini boshqarishning asosiy tamoyillari



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə17/22
tarix24.10.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#118560
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
1-2-MA~1

Ta’lim jarayonini boshqarishning asosiy tamoyillari. Oliy maktabga qo’yiladigan talablar kuchayib borayotgan sharoitda ishni tashkil etish ancha murakkablashdi va professional boshqaruvni talab etadi. Bilimlar va intellektual kapitalni ulardan yanada samaraliroq foydalanish maqsadida boshqarish muammolari so’nggi yillarda birinchi darajali ahamiyat kasb etmoqda. Bilimlar boshqaruv ob’ekti sifatida qaralishi lozimligi keng miqyosda e’tirof etilmoqda. Korxonalarning raqobatbardoshlik darajasiga ularning bilimlarni jamlash, tahlil qilish va rivojlantirish qobiliyati va oxir-oqibatda raqobat sohasidagi barqaror ustunliklar tobora kuchliroq ta’sir ko’rsatmoqda.
Etakchi xorijiy kompaniyalar (General Motors, Philip Morris, Rank Xerox va b.) bilimlar menejmentiga o’z daromadlarining 3,5-10% ni yo’naltirmoqdalar, firmalar tarkibiga bilimlar transferti bo’yicha vitse-prezident, bilim ayirboshlash bo’yicha menedjer, intellektual mulkni boshqarish bo’yicha direktor kabi muhim lavozimlar kiritilmoqda.
Hozirgi tez o’zgarayotgan texnologik dunyoda raqobat sohasidagi ustunliklar mehnat resurslarining sifati, inson kapitaliga investitsiyalar (ular ta’lim berish yo’li bilan amalga oshiriladi) va har bir inson o’z kasbiy darajasini uzluksiz oshirib borishiga ko’p jihatdan bog’liq. So’nggi o’n yilliklar mobaynida o’qimishlilik, bilimlardan iqtisodiy ustunlik sifatida foydalana olish turli iqtisodiy tizimlar raqobatbardoshligining muhim omiliga aylandi.
Yuqorida qayd etib o’tilganidek, jamiyatdagi iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy islohotlar ishlab chiqarish, ijtimoiy va boshqa xil faoliyatni, shu jumladan ta’lim sohasidagi faoliyatni amalga oshirish sharoitlari o’zgarishiga olib keldi. CHunonchi, iqtisodiy islohotlar mazmuni kengaydi, rivojlanish yo’nalishlarini belgilashda inson bosh omilga aylandi.
Jahon amaliyotida ta’lim jarayonining rivojlanishiga ko’maklashuvchi va ta’lim muassasasi sifat jihatidan yangi darajaga ko’tarilishiga yordam beruvchi boshqaruvni amalga oshirish masalasi kun tartibiga qo’yilgan. Yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda pedagogik jarayon, ta’lim oluvchi, o’qituvchining kasbiy va shaxsiy fazilatlari va boshqaruv faoliyati mazmunining rivojlanishini ta’minlovchi boshqaruv zarur.
“Boshqaruv” tushunchasi odatda tizimni bir holatdan yanada sifatliroq boshqa holatga o’tkazish, ya’ni muttasil rivojlanish sifatida tavsiflanadi. Ta’lim sohasida normativ hujjatlarda o’z aksini topgan muayyan siyosatsiz rivojlanishga erishish mumkin emas.
Rivojlantiruvchi boshqaruv zamirida sub’ekt-sub’ekt munosabatlari yotadi. Ilmiy-pedagogik adabiyotlarda boshqaruvning mazkur usuli “pedagogik boshqaruv” deb ataladi. Mazkur atama Yu.V.Vasilьev tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan.
Pedagogik boshqaruvni ba’zan demokratik boshqaruv deb ataydilar. Bunda demokratiya omilini xodimlarga e’tibor sifatida tushunadilar. Ayrim ilmiy asarlarda partisipativ boshqaruvni o’zlashtirish zarurligi isbotlanadi. Bu boshqaruvning kollektiv usullarini nazarda tutadi. Ba’zi bir asarlarda “innovatsion boshqaruv” atamasi qo’llaniladi.
I.K.SHalaev “motivatsion boshqaruv” atamasini taklif qiladi. Bunda u rahbar jamoa a’zolariga buyruqlar va sanktsiyalar vositasida emas, balki faoliyat andozasi sanalgan me’yor vositasida izchil ta’sir ko’rsatishini tushunadi.
Pedagogik hodisalar va jarayonlarni boshqarish pedagogiklashtirilishi lozim, chunki bu yerda gap “inson – inson” munosabatlari haqida boradi. Ta’lim muassasasini pedagogik tizim sifatida boshqarish borasidagi kasbiy faoliyatning mazmuni shu bilan belgilanadiki, uni rahbar va uning o’rinbosarlarigina emas, balki har bir pedagog va o’quvchilar pedagogik jarayon sub’ektlari sifatida amalga oshiradilar.
Pedagogik boshqaruv natijaga qarab mo’ljal olish bilangina kifoyalanmaydi, u pedagogik hodisaga jarayon sifatida yondashadi. Boshqaruv - yangi g’oyalar uchun ochiq faoliyat. U o’z mohiyatiga ko’ra innovatsiondir. Har bir rahbar yoki pedagog pedagogik boshqaruv san’atida muttasil takomillashuvi mumkin. Hech kimni samarali rahbar bo’lishga o’rgatish mumkin emas. Buning uchun ta’lim oluvchining shaxsiy ishtiroki, uning jiddiy nazariy ishga tayyorligi talab etiladi.
Vazifalarning ko’pligi va murakkabligi o’z vaqtida sifatli qarorlar qabul qilish uchun menejerlarning javobgarligini kuchaytiradi. Mamlakat oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish vazifasi inson omili muammolariga alohida e’tibor berish zaruriyatini belgilaydi.
“Inson omili” - keng, kompleks, umumiy tushuncha. Unga turli fanlar - boshqaruv, iqtisod, psixologiya, demografiya va hokazolar nuqtai nazaridan yondashish o’rinli bo’ladi. Hozirgi davrda inson omili sohasida jiddiy o’zgarishlar yuz berdi va yuz bermoqda. CHunonchi, odamlarning ma’lumot, madaniyat va kasbiy darajasi, ularning huquqiy va shaxsiy ongi, xabardorlik darajasi o’sdi, hayotning moddiy sharoitlari o’zgardi, boshqaruvda demokratik asoslar yanada chuqurlashdi. Rahbar o’z amaliy faoliyatida bu omillarning har birini hisobga olishi lozim.
Rahbarning zamonaviy fikrlashi nuqtai nazaridan eng muhimi har tomonlama o’ylash va harakat qilishdir. Xususiy boshqaruv tizimi zarur. SHu ma’noda amaliy pedagoglarning o’z boshqaruv texnologiyasini ishlab chiqish va amalga joriy etish borasidagi ishi ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin