Xulosa: Milliy ishlab chiqarishdan global tizim sari.
Bunday harakatlarni ilgari surish, ishlab chiqish Britaniya oliy ta’limini kelajagini aytib bera olmaydi. Biroq uning aniq xulosasi talim muassasasi va sohalar rivojlanishida iqtisodiyot va jamiyat muhim rol o’ynaydigan, talablarini qondiradigan, hamda muammolarni hal etadigan harakatlar tizimi uchun kelajak muvafaqqiyati hisoblanadi. O’ylaymizki Buyuk Britaniyaning iqtisodiyoti kelajagi va jamiyatning muvafaqiyatlarida oliy ta’lim muassasalari muhim ahamiyatlar kasb etadi. Oliy ta’lim iqtisodiyotning muvafaqiyatli va ildam o’sishiga yordam beruvchi bilim, ko’nikma, malaka va yangiliklarni ta’minlaydi. Universitetlar ham jamiyatni (global darajadagi) bilim, ko’nikma, qadriyatlar bilan ta’minlaydi.
“Kontseptsiya” yoki “kontsept” lotincha so’zdan olingan bo’lib, “tushunish”, “tizim” ma’nolarini anglatib, biror-bir narsa-buyum, hodisa yoki jarayonni tushunishning ma’lum bir usulini o’zida ifoda etadi.
Kontseptsiya – 1) tabiat va jamiyatdagi jarayonlar va narsa-hodisalarga doir qarashlar tizimi; 2) islohot, dastur, loyiha, rejalarni amalga oshirishga doir harakatlar strategiyasi; 3) faoliyat xilma-xil turlarining konstruktiv tamoyili.
Pedagogika fanida kontseptsiya deganda ta’lim, tarbiya, rivojlanish jarayonlari mohiyatini yaxlit hodisa sifatida tushunish asosida uni amalga oshirish vositalar tizimini tashkil etish usuli nazarda tutiladi. Kontseptsiyada asosiy e’tibor pedagogik faoliyat strategiyasini ishlab chiqishning asosiy yo’nalishlari va tamoyillariga qaratiladi.
Ta’lim kontseptsiyasi pedagogik hodisalarni tushunish, uning yetakchi g’oyalarini tashkil etishga imkon beruvchi tizimlashtirilgan nazariya.
Kontseptsiya (pedagogik) – pedagogik ob’ekt mohiyati, tamoyil va metodlari mohiyatini ochib beruvchi yetakchi g’oyalar tizimi.
O’qitish (ta’lim) kontseptsiyasi – o’quv jarayonining mohiyati, mazmuni, metodikasini tushunishga doir qarashlar tizimi yoki umumlashgan g’oyalar yig’indisi.
Jamiyatning ko’p asrlik taraqqiyoti jarayonida shakllanib, doimo rivojlanib kelayotgan har bir fanning o’ziga xos predmeti mavjud. Har bir mustaqil fan o’zining predmeti va medologik asoslariga ega. Pedagogika fan sifatida shakllanishi yosh avlodni hayotga tayyorlash, ular tarbiyasini samarali amalga oshirish ehtiyojidan kelib chiqadi.
Avvalo pedagogikaning ilk bosqichlari falsafa negizida paydo bo’ldi. Falsafa qadim zamonlardan boshlab davr, hayot mazmuni, insonning jamiyatdagi o’rni va hayotda belgilangan vazifasi nimalardan iborat degan savollarga javob izlash bilan shug’ullangan.
Tarbiya jamiyat vazifasi bo’lib, u turli tarixiy davrlarda aniq shaklga ega bo’ladi. Insonni dunyoga kelishi, faqat tug’ilishdan iborat tabiiy-biologik hodisa emas, balki tug’ilgandan keyin o’z zamonasining taraqqiyoti darajasiga ko’tarilishi, mavjud ijtimoiy-tarixiy tajribani egallashi, jamiyatda o’z o’rnini belgilab olishi, tarixiy jarayonning faol ishtiroqchisiga aylanishi ya’ni tarbiya olishi kerak. Bu jarayonda katta avlod o’zining yashash va mehnat tajribasini, bilim va malakasini kichik avlodga bera boshlaydi. Bu jarayon tarbiya orqali amalga oshirilgan.
Ko’p vaqtlar pedagogika ilmiy fan sifatida faqat o’sib kelayotgan yosh avlodning tarbiyasini o’rganadi, deb qaralgan. Ammo hayot amaliyoti tarbiyaning umumiy printsiplari faqat yoshlar tarbiyasiga emas, balki kattalar tarbiyasiga ham taaluqli ekanligini ko’rsatdi. SHuning uchun ham keyingi paytlarda pedagogikani yosh avlodni va katta yoshdagi odamlarni tarbiyalash va o’qitish, ularga ma’lumot berish qonuniyatlarini o’rganuvchi fan, deb belgilash odatga aylandi.
Kishilik jamiyatining qadimgi ibtidoiy, boshlang’ich davrida odamlar tayyor mahsulotdan foydalanishgan. Ov, turli hunarmandchilikning rivojlanishi odamlar mehnat tajribasining oshishiga olib keldi. Mehnat odamning tarbiyasiga ta’sir ko’rsatib, tarbiyani hayotiy zarurat qilib quydi. Odamlarning mehnat ko’nikmalari yosh avlodga meros bo’lib qola boshladi. Oldiniga bola tarbiyasi kattalar tomonidan bevosita mehnat faoliyatida amalga oshirilgan bo’lsa, jamiyat rivojlana borgan sari bunday yo’l talabga javob bermay quydi. Endi tarbiya bilan bilimdon, tajribasi yetarli odamlar shug’ullana boshladi.
SHunday qilib, ibtidoiy jamiyatning o’zidayoq bilimlarni tabaqalashtirish an’anasi paydo bo’ldi. Quldorlik davriga kelib, bu an’ana ko’zga yaqqol tashlanadi. Feodalizm davrida tarbiya asosan din ta’sirida bo’lgan. SHuning uchun ham ta’lim nazariyasining asosiy g’oyalari diniy ilm orqali ifodalangan.
Jamiyat rivojlangan sari yetuk, barkamol shaxslarni yetishtirish ehtiyoji ham ortib borgan hamda o’zgarib, yangilanib jamiyatga xizmat qilgan. Insoniyat jamiyatining turli bosqichlarida ta’lim-tarbiya muassasalarini yaratish, yosh avlodlarini o’qitish va tarbiyalash sohasidagi tajribalarni umumlashtirish jarayonida pedagogika fani paydo bo’la boshladi.
Zamonaviy pedagogika ta’lim-tarbiyaning maqsadi va vazifalari, davlat ta’lim standartlari, ta’lim-tarbiyaning usullari, tashkil etish shakllari, qonuniyatlari haqida ma’lumot beradigan fan.
Qadimdan inson tarbiyasiga oid bo’lgan fikrlar xalq maqollarida, afsonalarda, dostonlarda o’z ifodasini topgan. Bu jarayonda ajdodlarimiz tarbiyaviy ta’sirining samarali usullar va manbalarini qidirib topib hayotga tatbiq qila boshlaganlar. Buning natijasida tarbiya haqidagi g’oyalar paydo bo’la boshladi. Bu jarayonda sharq mutafakkirlarining jahon pedagogikasi tarixiga qo’shgan xissalari cheksizdir. Tarixga nazar tashlar ekanmiz, tarbiya haqidagi g’oyalar eramizdan oldin VI asrda shakllanganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Keyingi davrlarda pedagogik g’oyalarning shakllanishida Zardushtiylik ta’limoti, uning muqaddas kitobi “Avesto”da qimmatli fikrlar talqin etilgan. Islom ta’limotning haqidagi g’oyalarning ahamiyati kattadir. Qur’oni karim va xadisi shariflarda, musulmon ahlining dunyo qarashi, falsafasi, ma’naviyati, axloqi, e’tiqodi. Har tomonlama barkamolligi kabi insoniy sifatlarni shakllantirish yo’llari bayon qilingan.
Tarbiya haqidagi g’oyalarning shakllanishida Imom al-Buxoriy, Abu Nasr Forobiy, Axmad Yassaviy, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy va ko’p boshqa allomalarimiz xizmatlari kattadir. Allomalarning pedagogika nazariyasiga oid fikrlaridan fanda unumli foydalanilmoqda va shu barobarida pedagogika fani yangi g’oyalar evaziga boyimoqda.
Tariximiz oydinlashgani sari ota-bobolarimiz insonning ma’naviy olamini, ichki dunyosini bilish, tushunish bobida hozirgi avlodlarga nisbatan nechog’li oldinda ekanligi, biz esa usha boylikdan tamomila bebahra qolganimiz ma’lum bo’lyapti. Endigi vazifa-dunyoviy bilimlarga,yuksak ma’naviyatga ega bo’lgan komil insonni tarbiyalash bo’lar ekan, ma’naviy qadriyatlarimizni bugungi avlod mulkiga aylantirish, ajdodlarimizning an’ana va tajribalarini o’rganish juda muhim.
Talabalarning qobiliyatlarini va mahoratlarini rivojlantirish, mustaqil fikr yuritishni kengaytirish, insonparvarlik, mehr-muruvvat hislarini tarbiyalash, diyonatni asrash, mehr-oqibatni mustahkamlash, nutq madaniyatini, taraqqiyotini o’stirish, ahloqiy-estetik kamolotga yetkazish, mehnat va tabiatga muhabbat ruhini singdirishda pedagogika fanining roli benihoya kattadir.