Tarbiya jarayoni o‘qituvchi va ta’lim oluvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi) 1ar o‘rtasida tashkil etiluvchi bamda aniq maqsadga yo’naltirilgan hamkorlik jarayonidir.
Tarbiya jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
maqsadga yo‘naltirilganligi;
ko‘p qirrali jarayon;
uzoq muddat davom etishi;
uzluksizligi;
yaxlitligi;
variativligi;
natijalaming oldindan aniqlanmasligi; biroq kafolatlanishi zarurligi;
ikki tomonlamaiilik;
Tarbiya qonuniyatlari - bu bir tomondan, ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyaning xususiyatlari, ikkinchi tomondan, shaxsning rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan barqaror aloqalar yig‘indisi
Tarbiya jarayonining quyidagi qonuniyatlari mavjud:
Tarbiya tamoyillari - bu tarbiyaviy ishning yo‘nalishiga, mazmuniga, metodlari va tashkil etilishiga, tarbiya jarayonining ishtirokchilari orasidagi munosabatlarga qo‘yiladigan asosiy talablar ifodalanadigan dastlabki qoidalardir.
Tarbiya metodlari
Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» - yo‘l) tarbiya maqsadiga erishishning yo‘li. Tarbiya amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar - bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir.
Tarbiya usullari - umumiy metodning bir qismi, alohida harakati, yanada aniqlashuvi. Obrazli aytganda, usullar - bu qo‘yilgan maqsadga tezroq erishish uchun tarbiyachi o‘zining tarbiyalanuvchilari bilan yo‘l ochadigan o'rganilmagan so‘qmoq. Agar uni boshqa tarbiyachilar ham foydalana boshlasa, u holda asta- sekin usullar keng ustunli yo‘llar - metodlarga aylanishi mumkin.