Mashina va mexanizmlar xavfsizligi fanidan


xavfli ishlab chiqarish obyektining sanoat xavfsizligi



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə11/26
tarix08.02.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#123175
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
Mashina va mexanizmlar xavfsizligi fanidan (1)

xavfli ishlab chiqarish obyektining sanoat xavfsizligi — shaxs va jamiyat hayotiy muhim manfaatlarining xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariyalar hamda hodisalardan va ularning oqibatlaridan himoyalanganlik holati;
sanoat xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi (keyingi o‘rinlarda vakolatli organ deb ataladi) — qonun hujjatlariga muvofiq sanoat xavfsizligi sohasini tartibga solish vakolati berilgan davlat boshqaruvi organi;
texnik diagnostika — xavfli ishlab chiqarish obyektidagi texnik qurilmalar, binolar va inshootlar parametrlari rad etilishi mumkinligini prognoz qilish uchun ularning texnik holatini ifoda etuvchi belgilarni aniqlash va o‘rganish, shuningdek, normal ish rejimi buzilishining o‘z vaqtida oldini olish maqsadida ularning holatini eksperimental aniqlash uslublari hamda vositalarini ishlab chiqish;
xavfli ishlab chiqarish obyektida qo‘llaniladigan texnik qurilma (keyingi o‘rinlarda texnik qurilma deb ataladi) — xavfli ishlab chiqarish obyektida qo‘llaniladigan va ekspluatatsiya qilinishi xavfli ishlab chiqarish obyektida avariyaga yoki noxush hodisalarga olib kelishi mumkin bo‘lgan uskuna, qurilma va agregat;
sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert (keyingi o‘rinlarda ekspert deb ataladi) — ekspertizani amalga oshiruvchi attestatsiyadan o‘tkazilgan mutaxassis;
sanoat xavfsizligini ekspertizadan o‘tkazish (keyingi o‘rinlarda ekspertizadan o‘tkazish deb ataladi) — ekspertiza obyektining unga qo‘yiladigan sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholash;
ekspert tashkiloti — sanoat xavfsizligini ekspertizadan o‘tkazadigan va belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan tashkilot.
3. Ushbu Nizomga muvofiq quyidagilar ekspertizadan o‘tkaziladi:
a) xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlari;
b) xavfli ishlab chiqarish obyektida ushbu Nizomga 1-ilovaga* muvofiq ro‘yxat bo‘yicha qo‘llaniladigan texnik qurilmalar:
xizmat muddati tugaganligi bo‘yicha;
haqiqiy xizmat muddati yigirma yildan oshadigan bo‘lsa, texnik hujjatlarida bunday qurilmaning xizmat muddati haqida ma’lumotlar bo‘lmaganda;
konstruksiyani o‘zgartirish, bunday texnik qurilmaning ko‘tarib turuvchi elementlari materiallarini almashtirish bilan bog‘liq ishlar amalga oshirilgach yoki xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yoki noxush hodisa tufayli texnik qurilma shikastlanganda qayta tiklash bo‘yicha ta’mirlash ishlaridan so‘ng;
ekspertiza xulosalarida belgilangan ekspluatatsiya muddati tugaganligi bo‘yicha;
qonun hujjatlariga muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida alohida vakolatlarga ega vakolatli organ yoki davlatning boshqa organlarining mansabdor shaxsi tomonidan texnik qurilmaning xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuzaga kelishi xavfini keltirib chiqaradigan shikastlanishi yoki xususiyatlarining yo‘l qo‘yiladigan normalardan chetga chiqishi aniqlangan va bu boradagi ko‘rsatmalar belgilangan tartibda rasmiylashtirishgan holatda;
buyurtmachining tashabbusi bilan;
v) xavfli ishlab chiqarish obyektida texnologik jarayonlarni amalga oshirish, “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi 1-bandida nazarda tutilgan xavfli moddalarni saqlash uchun mo‘ljallangan binolar va inshootlar;
loyiha hujjati mavjud bo‘lmaganda yoki loyiha hujjatida binolar va inshootlardan foydalanish muddati haqida ma’lumotlar bo‘lmasa;
xavfli ishlab chiqarish obyektidagi binolar va inshootlarning ko‘tarib turuvchi konstruksiyalariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan avariya yoki tabiiy hodisalardan so‘ng;
qonun hujjatlariga muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida alohida vakolatlarga ega vakolatli organ yoki davlatning boshqa organlarining mansabdor shaxsi tomonidan texnik qurilmaning xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuzaga kelishi xavfini keltirib chiqaradigan shikastlanishi yoki xususiyatlarining yo‘l qo‘yiladigan normalardan chetga chiqishi aniqlangan va bu boradagi ko‘rsatmalar belgilangan tartibda rasmiylashtirishgan holatda;
buyurtmachining tashabbusi bilan;
g) xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi deklaratsiyalari.
4. Xavfli ishlab chiqarish obyektlari ekspertiza doirasida qurilishi tugallangan obyekt foydalanishga qabul qilingandan so‘ng identifikatsiyalanadi.
5. Ekspertiza ekspert tashkilotlari tomonidan mazkur Nizom talablari, shuningdek, boshqa qonun hujjatlari va normativ texnik hujjatlarga muvofiq o‘tkaziladi.
6. Turli ekspertiza obyektlarini ekspertizadan o‘tkazishda inobatga olinishi kerak bo‘lgan talablar ekspertiza obyektlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qarori bilan tasdiqlangan Sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
7. Ekspertizani o‘tkazish sifati va natijalarining haqqoniyligi, shuningdek, ekspertiza natijalarini saqlash uchun javobgarlik ekspertizani o‘tkazgan ekspert tashkiloti zimmasiga yuklatiladi.
8. Ekspertiza ekspert tashkiloti va buyurtmachi o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida o‘tkaziladi.
9. Ekspertiza ilm-fan va texnikaning zamonaviy yutuqlaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan tadqiqotlarning mustaqilligi, xolisligi, puxtaligi va to‘liqligi prinsiplariga asoslanadi.
10. Ekspertning mehnat munosabatlari o‘rnatilmagan tashkilotga mulk huquqi yoki boshqa qonuniy asoslarda tegishli bo‘lgan xavfli ishlab chiqarish obyektlarida o‘tkaziladigan ekspertizadan ishtirok etishi man etiladi.
Ushbu Nizomning 9-bandida belgilangan, ekspertizani o‘tkazishga jalb etilishiga to‘sqinlik qiladigan yoki uni o‘tkazish prinsiplariga rioya etish imkonini bermaydigan holatlardan xabardor bo‘lgan ekspert ekspertizani o‘tkazishda ishtirok eta olmaydi.
11. Ekspertizani o‘tkazish muddati ekspertiza obyektining murakkabligiga qarab belgilanadi, ammo bu muddat sanoat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlari va normativ texnik hujjatlarga muvofiq zarur bo‘lgan materiallar va hujjatlar to‘plami olingan hamda ekspertizani o‘tkazish bo‘yicha boshqa barcha shartlar bajarilgan kundan boshlab uch oydan oshmasligi kerak.
12. Ushbu Nizomga 2-ilovaga* muvofiq sxema bo‘yicha ekspertiza o‘tkaziladi va ekspertiza xulosasi beriladi.
13. Ekspertiza xulosasi ekspertiza xulosasini avval rasmiylashtirgan ekspert tashkiloti, ushbu tashkilot faoliyat ko‘rsatmagan hollarda esa mazkur Nizomning 2-bobida nazarda tutilgan tartibda boshqa ekspert tashkilotlari tomonidan qayta rasmiylashtiriladi hamda uning dublikati beriladi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin